Informatika o’qitish metodikasi fan: Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Hamkorlikda, modulli oʻqitishni loyihalashtirish



Download 0,56 Mb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#724692
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya2.Boltayeva

Hamkorlikda, modulli oʻqitishni loyihalashtirish.
1.Informatika oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan, hamkorlikda, jamoada va muammoli oʻqitish texnologiyalari. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta`limning asosiy tamoyili ta`lim markazida talaba (oʻquvchi) qoʻyiladi. Ta`lim samaradorligini oshirishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta`lim muhim hisoblanib u quyidagilarga asoslanadi: - shaxsning xususiyatlariga; - uning oldingi tajribalariga; - aqliy xususiyatlariga; - ta`lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga. Hamkorlikda ta`lim olish metodi ta`lim samaradorligini oshirish usullaridan biri boʻlib, uning asosiy g’oyasi turli oʻquv holatlarida talaba (oʻquvchi)larning faol oʻquv faoliyatlari uchun sharoit yaratish ya`ni talabalar uchun ma`lumotlarning axborot banki, nazorat-sinov banki, masofadan turib ta`lim olish, mustaqil ishlarni toʻg’ri tashkillashtirish kabi muammolarning echilishida qoʻl keladi. Hamkorlikda oʻrganish modeli – oʻquvchilarning mustaqil huruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini koʻzda tutuvchi metod. Talabani mustaqil ishlashga oʻrgatish birinchi navbatda dars mashg’ulotlarida etakchi va tajribali oʻqituvchilarning ma`ruzalarini tinglash, konspektlar yozish va ularni toʻldirish, ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalarni oʻrganish, darslik va adabiyotlar bilan ishlashga, elektron manbalardan foydalanishga oʻrganishdan boshlanadi. Oʻquv materialining samarali oʻzlashtirilishi amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarida va talabalarning jamoa boʻlib ta`lim olishlarida davom ettiriladi. Muammoli ta`limning asosiy maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, oʻzlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta`limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta`limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta`limni qanday nomlashdan qat`iy nazar uning asosiy hususiyati – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, oʻzi uchun yangi bilim, koʻnikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yoʻli bilan egallanadigan bilim, koʻnikma va malakalar yig’indisiga muammoli ta`lim deyiladi. Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta`lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta`limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi. Muammoli ta`lim oʻzining maxsus tushunchalariga ega boʻlib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib boʻlmaydi. Muammoli ta`lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega: - Muammo - Muammoli savol - Muammoli vazifa - Muammoli topshiriq - Muammoli vaziyat Muammoli ta`limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni oʻqituvchi tamonidan berilishi yoki oʻquvchining mustaqil egallashini izohlikoʻrgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur boʻlganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish oʻrinlidir.
Muammoli ta`limning mohiyati oʻqituvchi tomonidan oʻquv mashg’ulotida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni bajartirish orqali yangi bilimlarni egallash boʻyicha ularning oʻquv faoliyatini boshqarib borilishidir. Muammoli oʻquv mashg’ulotlarini tashkil etishda oʻqituvchi hech qachon oʻquvchilarga tayyor javoblarni berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni egallashga yoʻl koʻrsatishi, ayrim voqea, axborot va hodisalar misolida mustaqil ravishda uning yechimi ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratishi lozim. Oʻqituvchining faoliyati oʻquv materiallarini bayon etishdan, oʻquvchilarni mavzuga qiziqtirish orqali mustaqil va ijodiy ishlashni tashkil qilish, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini ob`ektiv baholash va rag’batlantirib borishdan iborat boʻladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta`lim jarayonida oʻqituvchi, oʻquvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta`minlovchi, yoʻnaltiruvchi, maslahat beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning toʻg’ri yoʻllarini koʻrsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Bunga muammoli ta`lim orqali erishish eng ma`qul yoʻl hisoblanadi. Muammoli ta`lim mustaqil, ijodiy va faol oʻzlashtirishni ta`minlash bilan birga, keng qamrovli fikr yuritishga, avvaliga oʻzi uchun yangi bilimlarni kashf etishga va keyinchalik ilmni, fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi.
Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish