Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana18.02.2023
Hajmi1,69 Mb.
#912600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv (1)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
“INFORMATIKA, AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV” 
KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va 
boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini 
olish uchun 
 
 
AZEOTROP ARALASHMALARNI AJRATISH JARAYONINI 
KOMPYUTER MODELLARI ORQALI TAHLIL QILISH 
 
MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHINING 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
“Informatika, avtomatlashtirish va
boshqaruv” kafedrasi mudiri: Norqobilov A.T. 
Malakaviy bitiruv ishining raxbari: Kasimov B.A. 
Malakaviy bitiruv ishini bajardi: Yunusova F.A.
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2018 



KIRISH 
Mamlakatimiz rivoji uchun 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish 
harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va 
sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va 
liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda xavfsizlik, millatlararo 
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va 
amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish tamoillari reja qilib qo‘yildi. Davlatimiz 
rivoji uchun mazkur tamoillar ichida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalasiga 
aloxida e’tibor qaratish lozim. Iqtisodning rivoji esa bevosita ishlab chiqarishni 
rivojlantirish evaziga amalga oshiriladi. Bu ustuvor yo’nalishda qishloq xo’jaligini 
moderinzatsiya qilish bo’limiga alohida to’xtalib o’tish kerak, paxta va boshoqli 
ekinlarni kamaytirish va o’rniga intinsiv bog’lar tashkil etish rejalshtirilgan 
Hozirgi kunda jarayonlarni komputerda modellashtirish uchun mo'ljallangan 
dasturlar mavjud bo'lib, shulardan biri Aspen ONE paketidir. Aspen ONE paketi 
tarkibida Aspen Custom Modeler, Aspen Dynamics, Aspen Polymer, Aspen 
Properties, Aspen Hysys, Aspen Plus va shu kabi bir qancha modellashtirish 
dasturlarini oladi. 
Aspen Plus dasturi texnologik jarayonlarni oson modellashtirish va ular 
haqida yetarlicha tushunchalarni hosil qilish uchun mo'ljallangan dasturlardan 
biridir.
Jarayonlarni komputerda modellashtirish bizga boshlang'ich muhandislik 
bilimlariga ko'ra jarayonning umumiy xususiyatlarini oldindan tahmin qilishni, 
shuningdek massa va energiya balansi, faza va kimyoviy muvozanat hisoblarini 
aniqlash imkonini beradi. Berilgan termodinamik ma'lumotlar, jarayonning haqiqiy 
borish sharoitlari, qurilmalarning mukammal modeli asosida ishlab chiqarish 
jarayonlarining tegishli modelini yaratishimiz mumkin. Jarayonlarni komputerda 



modellashtirish bizga ko'plab "Agar ushbu parametr berilsa" kabi tahlillarni amalga 
oshirishni hamda sezgirlik hisoblashlari va optimal vaziyatni aniqlash 
imkoniyatlarni beradi. Modellashtirish yordamida mavjud ishlab chiqarish 
jarayonining optimal sharoitlarini tahlil qilib, uning umumdorligi oshirishimiz 
mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda qiyin sanoatda keng uchraydigan qiyin 
ajraluvchi aralashmalar, ya'ni azeotrop aralashmalarni ajratish jarayonini kompyuter 
modellari orqali urganilib tahlil qilib chiqildi. Azeotrop aralashma sifatida etil spirti 
va suv aralashmasi olindi. 
Avtomatika — fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik 
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimda 
qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi

Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi harakatlanuvchan 
moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida XVIII-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni 
ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina
qurilmalarining paydo bo‘lish davrida ishlatila boshlandi. Texnika tarixida birinchi 
ma’lum bo‘lgan avtomatik qurilma Polzunov bug‘ mashinasi (1765-y.) hisoblanadi.
Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam 
ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplari ingliz 
olimi F. Maksvel tomonidan 1868-yilda ishlab chiqilgan. 
Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mehnatidan bo‘shashiga 
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va 
murakkablashib bordi. Ayrim hollarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz 
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. 
Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligi va uni rivojlantirish kerakligini 
isbotladi. 
Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini, qabul qiluvchi, 
uzatuvchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan 



solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta’sir 
ko‘rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar, 
kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar,stabilizatorlar,ijro 
mexanizmlari va boshqalar.
Bunday texnik vositalar avtomatika o‘zgartgichlari deb ham yuritiladi. 
Avtomatikaning 
asosiy 
tushunchalari 
quydagilar: 
avtomatik 
nazorat, 
avtomatlashtirish, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlas 
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik 
ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni 
ta’minlaydi 
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik 
rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu 
holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat 
qiladi. 
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining 
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv Obyektiga nisbatan bo‘ladigan 
ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat 
Avtomatlashtirish – texnalogik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik 
vositalarni joriy etish demakdir, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok 
etmagan sanoatni yangi bosqichi bo’lib, bunda texnalogik va ishlab chiqarish 
jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. 
Ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
mamlakatimizdagi 
sanoat 
korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, 
moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo‘nalish 
hisoblanadi. 
Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llash mehnat unumdorligini 
oshirib, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu 



bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Zamonaviy 
texnika hamda o‘lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan. Har 
qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir necha texnologik parametr ishtirok 
etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o‘zgarishida asosiy o‘rin 
egallaydi. 
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlash-tirish faqat ishlab 
chiqarish texnikasini takomillashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina 
emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan 
moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash bilan bog‘liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda 
asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini 
orttirish omillari juda ko‘p. Xozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligiga xizmat kursatuvchi xodimlar sonini kamaytirish xisobigagina 
erishishga ko‘p hollarda imkon bulmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, sexlar, 
bo‘linmalar, uchastkalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat 
kursatiladi.
Avtomatikaning bizning mamlakatimizda xam o’rni juda katta va bu xozirgi shiddat 
bilan rivojlanib borayotgan zamonda ayniqsa oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida
sanoat va avtomatika ancha rivojlandi, yani mamlakatimiz agrar davlatdan 
sanoatlashgan davlatga aylanib bormoqda, bu albatta avtomatikaning xayotimizga 
ta’siri qanchalik oshib borayotganini kursatadi. 




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish