Infocom. Uz



Download 30,5 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi30,5 Kb.
#45744
Bog'liq
infoCOM ilk multimedia

infoCOM.UZ | O'zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari

O`ZB


РУС

Bosh sahifa

Jurnal haqida

Tahririyat bilan bog'lanish

Jurnal tahririyati

Reklama


Aloqa va telekommunikatsiyalar

Internet


Intervyu

Kompyuter o‘yinlari

Mobil aloqa

Qiziqarli fAKTlar

Sharh va fikr-mulohazalar

Tadbirlar

Tanlovga yuborilgan maqolalar

Texnologiya

Yangiliklar

Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar

Multimedia texnologiyalarining asosiy xususiyatlari

26.03.2017

Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.

Muallif: Jurnal tahririyati.

Keyingi davrlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, shuningdek, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimining muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Multimedia jadal rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnolo­giyasidir. Multemedia texnologiyalarining izchil rivojlanishi natijasida turli ko‘rinishdagi diskret-uzluksiz axborotni saqlash, ishlov berish, murojaat va taqdim etish imkoniyatlari ham kengaya bordi, 2012-yilga kelib, 83 foizni tashkil etdi. Diskret-uzluksiz tizimi ta­biatan turli ko‘plab elementlar (matn, ovoz, audio, videolavha va boshqalar)dan iborat, xususan, holati uzluksiz jarayonlar bilan ifodalanuvchi, cheklangan muddatli va elementli tizimning tahlili uchun hodisa ta’sir vaqtining muhim bo‘lmagan holatlarini diskret jarayonlar bilan ifodalovchi parallel va tarmoqlangan dinamik ti­zim bo‘lib hisoblanadi.

Uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, be­zaklar va boshqalar);

original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda in­tegratsiyalaydi.

Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:

muayyan vaqtdagi ish;

o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ra­vishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum orali­g‘ida ko‘rib chiqiladi;

video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi;

«inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi va bu holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi hayotimizga o‘tgan asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tu­shunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha tahlil qilinmoqda. Multimedia — bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib be­rishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maq­buli deb hisoblaymiz.

Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Statistika ma’lumotlaridan ma’lumki, multimedia vositalarining o‘tgan asr 80-yillarining dastlabki yili boshidagi yalpi oboroti jahon bo‘yicha 4 miliard AQSH dollarini tashkil qilgan, 1994-yilga kelib, 16 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Kompyuterlarning o‘tgan asr 70-yillarida ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lidagi urinishlar zoye ketganligi, avvalambor, ular unum­dorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish samarasi an’anaviy usulga nisbatan ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xo­tirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saq­lash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jara­yonida yana bir bor ishonch hosil qildik.

Ma’lumki, kadrlarni qayta tayyorlash masalasida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egalar. Bunga ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Shuni ta’kidlash lozimki, avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv muam­molar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari­da multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‘llashni talab etadi.

Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘z­garishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasa­larilari va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi.

Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi:

berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z­lashtirish imkoniyati mavjudligi;

o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi;

ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi;

olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida ama­liyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va bosh­qalar.

Mualliflar: Saida Beknazarova, t.f.d, TATU, Islombek Abdullayev, TATU qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi

Orphus system

O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.

Qidiruv

Ruknlar


Aloqa va telekommunikatsiyalar (113)

Internet (513)

Intervyu (134)

Kompyuter o‘yinlari (113)

Mobil aloqa (2 038)

Qiziqarli fAKTlar (70)

Sharh va fikr-mulohazalar (973)

Tadbirlar (988)

Tanlovga yuborilgan maqolalar (62)

Texnologiya (649)

Yangiliklar (3 138)

Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar (261)

Bosmadan chiqdi № 12

InfoCom


№ 12, 2018 y.

Jurnal arxivlari

infoCOM.UZ arxivlari PDFda

«Kompas» jurnali

Statistika

HotLog


Teglar

Huawei


© 2002 — 2019. infoCOM.UZ

16+


Barcha huquqlar himoyalangan. Internet-OAV 0626-raqamli O‘zAАA litsenziyasi. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.

Hamjamiyatlar

Telegramda kanal

Biz Facebookda

Biz Twitterda

RSSga obuna bo'lish



Forumda muhokama qilish

WordPressda ishlaydi
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish