2. Inflatsion targetlashning ahamiyati va zaruriyati
Glenn Rudebush va Karl Uolsh bergan ta’rifga ko‘ra, inflatsiyani targetlash – bu ommaga e’lon qilingan inflatsiya maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish borasida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul – kredit siyosati doirasida qaror qabul qilish uchun lozim bo‘lgan modeldir. Bu Markaziy bank tomonidan inflatsiya maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish uchun qabul qilinadigan, pul – kredit organlari uni nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan operastsion instrumentdir.
Inflatsiyani targetlash siyosatini qo‘llagan mamlakatlarning maqsadi bir bo‘lishiga qaramasdan amaliyotda ularni qo‘llashga majbur qilgan sabablar birbiridan keskin farq qilishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Germaniyada inflatsiyani targetlash siyosatiga o‘tishning sababi bo‘lib, qat’iy belgilangan valyuta kursidan voz kechish siyosati hizmat qilgan bo‘lsa, Kanada uchun esa ushbu holat pul massasini targetlash siyosatini qo‘llashdagi omadsizliklar tufayli inflatsiyani targetlash siyosatini qo‘llash joriy qilingan. Buyuk Britaniyaning inflatsiyani targetlash siyosatiga o‘tishiga turtki bo‘lgan asosiy sabablardan biri bu pul massasini targetlashdagi omadsizliklar, hamda “evro zonasi”dagi ishtiroki majbur qilgan. Inflatsiyani targetlash siyosatini qo‘llaganda, inflatsiya darajasining eng maqbul darajasi sifatida 3% va undan kam bo‘lgan sur’atlar ko‘rsatiladi. Lekin, shunday bo‘lsada bu ko‘rsatkich nol darajaga tushmasligi kerak. Chunki, inflatsiyani nol darajada ushlab turilishi mamlakatda deflyatsiya olatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavfni kuchaytiradi.
Inflatsiyani maqsadli yo‘nalishlarini tanlashda nazariy jihatdan olib qaraganda inflatsiyaning nol darajasi bilan mos tushuvchi “narxlar barqarorligi” kategoriyasini aniqlash muammosi vujudga keladi. Amaliyotda iste’mol narxlari doimo oz bo‘lsada (masalan, 2% ga) ko‘tarilib turadi. Maqsadli yo‘nalish doirasida iste’mol narxlari pasaytirish (masalan, 1% ga) hech anday ahamiyatli imkoniyatlarni bermaydi, faqatgina unga ilingan xarajatlar ajmi ko‘payadi. Targetlashning muhim omili inflatsiyaning maqsadli yo‘nalishlarining tebranish chegaralarining mavjudligidir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan guvohlik beradiki, maqsadli yo‘nalishlarning eng maqbul chegaralari inflatsiya darajasini mamlakatda 1 %dan oshmasligidir. Inflatsiya sur’atlarini bunday darajada ushlab turilishiga maqbul holat ekanligiga sabab, ularda qisqa muddatli tebranishlarga dosh bera olish qobiliyatining yuqoriligidir. Inflatsiya darajalari maqsadli yo‘nalishlari chegaralarining kengayib borishi esa bozor ishtirokchilari tomonidan inflatsiyani barqarorlashtirish siyosatini olib borishda ishonchning yetishmasligi kabi salbiy holatlar bilan kuzatiladi. Inflatsiyani targetlash vaqtinchalik chegaralari mamlakatdagi inflatsiya sur’atlariga bog‘liq bo‘ladi. Avvaliga, (Yangi Zelandiya va Kanada) inflatsiya darajalari maqsadli yo‘nalishlariga erishish muddati 18 oy deb belgilangan edi. Keyinchalik, bu muddat 12-18 oyga, keyinroq inflatsiyani targetlashning o‘rta muddatli holatiga to‘g‘ri keluvchi 5 yillik muddatga o‘zgartirilgan edi. Bugungi kunga kelib deyarli 28 ta mamlakat o‘zlarining pul – kredit siyosatlarida inflatsiyani targetlash siyosatidan foydalanib kelmoqdalar. Ulardan 8 tasi rivojlangan, qolganlari esa rivojlanayotgan hamda o‘tish davridagi davlatlardir. Inflatsiyani targetlash siyosatini olib borishda o‘tgan yillardagi mamlakatning iqtisodiy holati haqidagi axborotlar va ularning tahlili juda muhim hisoblanadi. Chunki, ular iqtisodiy matematik modellarni qo‘llagan holda muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aniq bog‘lilikni ko‘rsatib berishga hizmat qiladi. Ko‘rsatkichlarni talil qilish doirasi, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini qanchalar keng qamrovliligiga, hamda mavsumiy tebranishlarni hisobga olmagan holda quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Real YaIM;
2. YaIM deflyatori;
3. Iste’mol narxlar indeksi;
4. Sanoat ishlab chiqarishning hajmi;
5. Ishsizlik darajasi; ulgurji narxlar;
6. Keng qamrovli pul massasi (M2-M4);
7. Pul massasi (cheklangan doirada) (M0-M1);
8. Markaziy bank hisob (bazaviy) stavkasi;
9. Qisa va uzoq muddatli foiz stavkalari;
10.Hukumat qimmatli qog‘ozlari kursi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga a’zo mamlakatlarning targetlash siyosatigacha va targetlash siyosatidan keyinki inflatsiya darajasining o‘rtacha sur’atlari hisoblab chiqilgan, quyidagi jadvalda targetlash siyosatidan keyinki ijobiy holatlarni ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |