Industrialno-organizasionnaya psixologiya



Download 68,92 Kb.
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi68,92 Kb.
#199304
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ижт.пс. Я.Н

Faoliyatning yolgiz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yonaltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atashadi.
Biz yuqorida keltirgan mehnat harakatlari narsalar bilan amalga oshiriladigan ishlardan iborat. Tashqi olamdagi narsalarning holatini yoki xususiyatlarini ozgartirishga qaratilgan harakatlarni shunday deb atashadi. Narsalar bilan bajariladigan har qanday ish (harakat) makon va zamonda boglangan muayyan sa'i-harakatlardan tarkib topdi.

Masalan, «a» harfini yozish harakati ruchka (qalam) ga va bir-biriga nisbatan muayyan tarzda joylashgan bosh, korsatgich va orta barmoqlar bilan ruchka (qalam) ni bosishdan: songra ruchka (qalam) ni qogoz ustida ushlab turish va ma'lum bir joyda pero qogozga tekkunga qadar pastga tushirishdan; keyin esa peroni yuqoridan ongdan chap tomonga qarab va songra soat millariga qarshi yonalishda doira shaklida yurgizib, yuqorida yozuv boshlangan nuqtada toxtash, egilgan chiziq boylab pastga xuruj qildirish, doiraning quyi qismiga yetgan joyda ongga qarab burish va chapdan ongga qarab yoysimon shaklni chizish bilan tugallashdan tarkib topadi.

Kishining narsalar bilan qiladigan sa'i-harakatlari tahlili shuni korsatadiki, ularning barchasi ham, tashqi rang-barangligiga qaramasdan, qoida tariqasida gavdaning, oyoqlarning va boshning yordamchi sa'i-harakatlari bilan birga qoshilgan uchta oddiy qismdan - «olish», «kochirish», «qoyib yuborish»dan tarkib topadi. Sa'i-harakatlarning har xil turlarida bu qismlar oz traektoriyasi, qanchalik davom etishi, kuchi, tezligi, sur'ati (ma'lum bir vaqt mobaynida takrorlanish soni) bilan za ular tananing qaysi bir qismi bilan bajarilishiga qarab farqlanadi. Sifat nuqtai nazaridan sa'i-harakatlar aniqligi, nishonga tegishi, epchilligi va uygunlashganligi bilan belgilanadi.

Kishi faoliyatida narsalar bilan qilinadigan sa'i-harakatlardan tashqari tananing ozini totishini va qiyofaning saqlanishini (tik turish, otirish va shu kabilar), bir joydan ikkinchi joyga kochishini (yurish, yugurish va shu kabilar), aloqa boglashini ta'minlaydigan sa'i-harakatlar ham ishtirok etadi. Aloqa qilish vositalariga ifodali sa'i-harakatlar (imo-ishora va pantomimika), ma'noli ishoralar va, nihoyat, nutqiy sa'i-harakatlar kiradi. Sa'i-harakatlarning zikr etilgan turlarida qol va oyoqlardan tashqari tanadagi va yuzdagi mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari va boshqalar ishtirok etadi.

Shunday qilib, narsalar bilan bajariladigan (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning amalga oshirilishi muayyan sa'i-harakatlar sistemasining amalga oshirilishidan iboratdir. Bu harakatning maqsadiga, ushbu harakatga tortilgan narsaning xususiyatlariga va harakatning shart-sharoitlariga bogliq boladi.

Jumladan, stakanni olish uchun qalamni olishga qaraganda boshqacharoq tarzda sa'i-harakat qilinishi kerak. Changida yurish piyoda yurishga nisbatan boshqacha sa'i-harakat qilishni taqozo etadi. Ogir yukning bir joydan ikkinchi joyga kochirilishi mushaklarning yengilgina paketni bir joydan ikkinchi joyga olib qoyishdagiga qaraganda boshqacha tarzda ishlashini shart qilib koyadi. Katta mixning qoqilishi mayda mixning qoqilishiga qaraganda boshqacha tarzda roy beradi, mixni shiftga qoqish uni polga qoqishga qaraganda sa'i-harakatlarning boshqacha sistemasini talab qiladi.

Yuqorida keltirilgan misollarning barchasida harakatning maqsadi bitta, lekin uning ob'ektlari har xildir. Ob'ektning ayni ana shu har xilligi sa'i-harakatlarning va mushak faoliyatining turli xilda tuzilgan bolishini taqozo etadi. Fiziologlar P. K. Anoxin, N. A. Bernshteyn, E. A. Asratyanlarning tadqiqotlari mushaklarning ishi bevosita sa'i-harakat vazifalari bilangina emas, balki hamisha ushbu sa'i-harakat roy berayotgan shart-sharoitlar bilan ham boshqarilishini korsatadi. Mushaklar sa'i-harakatlarning moljaldagi yonalishini va tezligini ta'min etish uchun oz faolligini kotarilayotgan ogirlik hajmiga, surilayotgan buyumning qarshiligiga, bogimlarning pishanglaridagi orqaga urish kuchiga «moslaydi».
Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha .Tashqi real ish – xarakatdan ichki xolatga otishdagi bunday jarayon INTERIORIZATSIYA /ichki xolatga otish/ deyiladi. Xuddi shu kabi tashki predmetli faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi natijasi deb karashimiz mumkin.

Miya kelajakni qanday qilib «oldindan korishi» va hali bajarilmagan harakatlarning natijasi psixikasida qanday qilib aks etishi mumkin? Buning uchun atrofdagi olamning bitta printsipial xususiyati - uning qonuniyati tufayli imkoniyat tugiladi. Bundan undagi turli xil hodisalar muayyan doimiy boglanishlar va munosabatlar orqali boglangan, undagi narsalar esa ma'lum bir shart-sharoitlarda namoyon boladigan muayyan muqarrar xususiyatlarga va tuzilishga ega boladi (olov doimo kuydiradi; tundan song hamisha kunduz keladi; jismning tezligi ishlatilgan kuchga mutanosib boladi; qoshiluvchi sonlarning orni almashtirilgani bilan yigindisi ozgarmaydi va hokazo).

Ob'ektlar bilan hodisalar ortasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlar ob'ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb ataladi. Aynan ob'ektlar va hodisalarda muayyan muhim va barqaror xususiyatlar hamda qonuniyatlarning mavjudligi ma'lum bir sharoitlarda ularning «fe'li-atvorini», ya'ni u yoki bu ta'sirotlar ostida ularning bolgusi ozgarishlarini oldindan bilish va shu asosda harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda yonaltirib turish imkonini beradi. Tashqi, konkret faoliyat bu holda goyo ichki, timsoliy faoliyat tarzida his etiladi. Ob'ektlar ustida boladigan konkret harakatlar ushbu ob'ektlarning muhim xususiyatlari ustida olib boriladigan timsoliy (psixik) jarayonlar bilan almashtiriladi, ya'ni narsalar bilan bajariladigan jismoniy jarayonlar ularning mohiyatini tasavvur qilgan holda yuz beradigan xayoliy jarayon bilan almashtiriladi.

Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi otish jarayonini interiorizatsiya (tom ma'nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma'lum bir vaqt ichida uning nazari e'tiborida bolmagan narsalarning timsolida foydalanish qobiliyatiga ega boladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqariga chiqib, «xayolida» otmishga va kelajakka, vaqtga va boshliqqa erkin kochib otadi. Kishining harakati hayvonning butun xatti-harakatini belgilab beradigan yuqoridagidek tashqi vaziyatga xuddi qul kabi qaramlikdan qutuladi.

Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihatlariga qadar tola bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday ozgarishning muhim quroli bolib suz, ozgarish vositasi bolib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi, Soz buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va ozida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham sozlarni togri ishlatishga organish ayni chogda buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini ozlashtirishdan iboratdir. Kishi soz orqali butun insoniyatning, ya'ni ozidan oldingi onlab va yuzlab avlodlarning, shunnngdek ozidan yuzlab va minglab kilometr uzoqdagi kishilar va Jamoaning tajribasini ozlashtirib oladi.

Sozlarni va umuman narsalarning munosabatini bildiradigan real timsoldarni qollash narsalarning ozi bevosita bolmagan hollarda tegishli munosabatlar haqidagi axborotdan foydalannshga shuning uchun ham imkoniyat yaratadi, jamiyat amaliyotida shakllangan tajriba va bilimlar, timsollar va talablar yordamida kishi faoliyati va xulq-atvorini yonaltirib turishga komak beradi.

Shunday qilib, kishi faoliyati juda murakkab va oziga xos jarayondir. U shunchaki ehtiyojlarni qondirishdangina iborat bolib qolmasdan, balki koproq darajada jamiyatning maqsadlari va talablari bilan belgilanadi. Maqsadning anglanilganligi va unga erishish yuzasidan ijtimoiy harakatlar tajribasi bilan bogliq ekanligi kishi faoliyatining o`ziga xos belgisidir.
Kishi faolilyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bogliqdir. Tashqi jihat - odam tashqi olamga ta'sir korsatish uchun qiladigan sa'i-harakatlar -motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yonaltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini ozida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta ozgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andozalarning oxshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini korsatadigan tashqi jihat tomonidan yonaltirilib va nazorat qilinib turadi.

Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, konkret faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, konkret faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma'nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin.
3
Guruh – ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Sodda qilib aytadigan bo’lsak, guruh – ikki va undan ortiq odamlar o’zaro muomala qiladigan va bir-birlariga ta’sir qiladigan uyushmadir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.

Referent guruh tushunchasini fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan. Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Talaba uchun bunday guruh rolini oliygohdagi bir necha professor-o’qituvchilar, ota-onasi, yaqin do’sti yoki qarindoshlaridan kimdir o’ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo’lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a’zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi bo’lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo’lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo’lib, uning xulq-atvor uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan so’ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o’ynaganini bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.


Download 68,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish