Industrialno-organizasionnaya psixologiya



Download 68,92 Kb.
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi68,92 Kb.
#199304
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ижт.пс. Я.Н

Demak, faoliyat - kashining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.

Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bolishi uchun kishi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari - uning motivlari, bajarilish usullari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bolishi ham, anglanilmagan bolishi ham mumkin. Ular shuningdek, chala-yarim tarzda anglanilgan va hatto notogri anglanilgan bolishi ham mumkin.

Masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uni oynashga majbur qiladigan ehtiyojni kamdan-kam tarzda anglab yetgani kabi kichiq yoshdagi maktab oquvchisi oz oqish faoliyatining motivlarini anglamagan holda ish koradi. Intizomsiz osmir oz xatti-harakatlarining haqiqiy motivlarini chala-yarim va kopnncha notogri anglaydi. Hatto katta yoshdagi odamlar ham ozlarining notogri va nomunosib xatti-harakatlari va qiliqlarini oqlash uchun ularga ikkinchi darajali, «niqoblangan» motivlarni togri deb da'vo qilishadi.

Faqat motivlar emas, balki faoliyatning u yoki bu rejalarini tanlashga olib kelgan kopgina fikrlash jarayonlari ham kishi tomonidan tola-tokis anglanilgan bolavermaydi. Faoliyatni amalga oshirishning usullariga kelganda shuni aytish kerakki, ularning kopchiligi odatda ongdan tashqari holda yonaltiriladi. Bunga odatlanib qolingan har qanday harakat: yurish, sozlash, xat yozish, avtomobilni boshqarish, musiqa asbobida kuy chalish va shu kabilar misol bolishi mumkin.

Faoliyatning ana shu barcha jihatlari ongda aks etish darajasi va tolaqonliligi tegishli faoliyatning anglanilganligi darajasini belgilaydi.

Faoliyatning anglanganligi darajasi qanday bolishidan kat'i nazar, maqsadni anglash xamisha uning muqarrar belgisi bolib qolaveradi. Ushbu belgi bolmagan hollarda kishi tushunchasidagi faoliyat ham bolmaydi, balki impulsiv (beixtiyor) xatti harakat yuz beradi. Faoliyatdan farqli olaroq, impulsiv xatti-harakat bevosita ehtiyojlar va hissiyot bilan idora qilinadi. U individning qattiq xayajonga tushishi (affekti) ni va maylinigina ifoda etadi va shuning uchun ham kopincha egoistik va jamiyatga zid xarakterga ega boladi. Jumladan, gazabnok yoki toxtatib bolmaydigan darajada ehtirosga berilgan kishi impulsiv harakat qiladi.

Xatti-harakatning impulsivligi uning anglanilmaganligi degan ma'noni bildirmaydi. Lekin bu holatda kishi shaxsiy motivining maqsadda ifodalangan ijtimoiy mazmuni emas, balki faqat uning shaxsiy motivi anglanilgan boladi, osha motiv uning xatti-harakatini yonaltiradi.
Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Xar qanday predmetli ish – xarakat bir qancha harakatlardan tashkil topadi.

Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va xolatlarni tozatish qobiliyatidan maxrum bolgan kasallar xatto eng oddiy ish-xarakatni ham muvoffakiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, ogizga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar.

Nazorat qanday yol bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari /korish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar/ orqali amalga oshiriladi. CHunki xar bir ish – xarakatni bajarayotganimizda barcha xarakatlarimizni kozimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz.

Albatta, xarakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol oynaydi. Xar qanday xarakat ozining oxirida oladigan natijasining maqsadiga qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan xaraktning natijalari uning maqsadi nuktai nazaridan baxolanadi va tozatiladi. Xar qanday ish xarakatni bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor boladi, ana shu modelga karab u boshqariladi, olingan natija modelga karab baxolanadi.

Faoliyat bevosita psixik jarayonlar bilan bog’liqdir. Psixik jarayonlar aktivlashishi evaziga faoliyat roy beradi.

Faoliyat - voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam ortasida real boglanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta'sir korsatadi. Faoliyatda u oz ichki xususiyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub'ekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida gavdalanadi. Oz navbatida ularning javobiy ta'sirotini his qilgan holda, u shu yol bilan odamlarning, narsalarning, tabiat va jamiyatning haqiqiy, ob'ektiv, muhim xususiyatlarini bilib oladi. Uning qarshisida narsalar ob'ektlar sifatida, odamlar esa shaxs sifatida gavdalandi.

Toshning ogirligini bilish uchun uni kotarib kormoq, parashyutning chidamlilignni aniqlash uchun esa unda samolyotdan sakrab kormoq kerak. Kishi toshni kotarayotib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususiyatlarini bilib oladi. U ana shu real harakatlarni timsoliy harakatlar bilan almashtirishi, ya'ni «tosh ogir» deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va traektoriyasini tegishli formula boyicha hisoblab chiqishi mumkin. Lekin hamisha ham ish, amaliy faoliyat birinchi galda turadi. Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining ham oz xususiyatlari (u nima uchun toshni kotardi, parashyutdan foydalandi va hokazo) ham namoyon boladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligini, uning olamda nimani korayotgan va nimani kormayotganini, nimani tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va korsatadi. Boshqacha sozlar bilan aytgaada, u kishi psixikasining mazmunini va uning mexanizmlarini belgilab beradi va shu bilan barobar ularni namoyon qiladi.

Faoliyatga yollagan maqsad, odatda, yo koproq, yo ozroq darajada uzoqlashgan boladi. Shuning uchun ham unga erishish kishi ana shu maqsad yolida harakat qila borgan sari uning oldida paydo boladigan qator juz'iy vazifalarning kishi tomonidan izchilik bilan hal etila borishidan tarkib topadi.

Misol uchun, ishchining mehnat faoliyati, jumladan, umuman muayyan bir mahsulotni talab qilingan sifat darajasida ishlab chiqarishdan iborat yagona maqsadga va moljallangan mehnat unumdorligiga erishishga qaratilgan deylik. Bu maqsadni amalga oshirish uchun vaqtning har bir bolagi mobaynida ma'lum bir joriy vazifadarni bajarish, masalan, detalni yonish, zagotovka (tanavor)ni olchab chiqish, xom ashyoni apparatga solish va shu kabilarni muvaffaqiyatli hal etish zarur boladi.


Download 68,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish