Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

Atom energetikasi
. Tabiiy resurslarning qisqarib borishi tufayli dunyo 
hamjamiyati energetika istiqbolini quyosh, shamol va boshqa muqobil 
energiya manbalaridan foydalanishda ko‘rmoqda. Ular orasida atom 
energetikasi g‘oyat muhimdir. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida 
atom elektr stansiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu iqtisodiyotga katta 
foyda keltirishi barobarida tabiiy resurslar tejalishiga ham xizmat qiladi. 
Agar mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 milliard 
kilovatt/soatni tashkil etsa, bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va ko‘mir 
yoqish orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. 
Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub/metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut 
va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga 
kelib elektr energiyasiga bo‘lgan talab 11 milliard kilovatt/soatga yetadi
32

Buning uchun esa yangi quvvatlarni tashkil qilish kerak bo‘ladi. 
2018 yil o‘rtasidagi holatni qaraydigan bo‘lsak, mamlakatimizda yalpi 
ishlab chiqarish hajmining 19 foizi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 33,5 foizi 
esa ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni, ishlab chiqarish 
hajmi agrar sohaga nisbatan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil etgan. Oxirgi 10 
yilda bu ko‘rsatkich 2,5 barobar oshdi. Yangi ishlab chiqarish tarmoqlari, 
korxonalar tashkil qilinayapti. Ularning bir me’yorda doimiy ishlashi uchun 
energiya resurslari kerak bo‘ladi. Lekin oxirgi 10 yillikda mamlakatimizda 
biror-bir energiya manbasi ishga tushirilmadi. 
O‘zbekiston Respublikasini Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi 
“O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda ekologik toza elektr 
energiyasi ishlab chiqarish bilan birga elektr energiyasiga bo‘lgan talabni 
qondirish, shuningdek, tabiiy foydali qazilmalarni tejab ishlatish, ulardan 
oqilona foydalanish borasida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. 
2017 yili Tojikistondan 1,5 milliard kilovatt/soat, Qirg‘izistondan 1,2 
32
http://uza.uz/oz/society/atom-energetikasi-bar-aror-tara-iyet-kafolati-08-10-2018
(мурожаат 
21.10.2018 й.) 


132 
milliard kilovatt/soat energiya sotib olindi. Agar o‘zimizda atom elektr 
stansiyasi ishga tushirilsa, boshqa davlatlarga ham energiya sotish imkoniyati 
paydo bo‘ladi. 
O‘zbekiston dunyoda uran zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rinda, uni ishlab 
chiqarish bo‘yicha esa 7-o‘rinda turadi. Xalqaro atom energiyasi 
agentligining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoning 31 mamlakatida 
451 energiya blokka ega bo‘lgan 191 atom elektr stansiyasi ishlamoqda. 
Yadro reaktorlari bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Fransiya 58 yadro 
reaktoriga ega. Shuningdek, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlari ham 
yetakchilar qatorida. 
Atom elektr stansiyasining afzalligi, bu – avvalo, uning ekologik 
tozaligi, xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi, pirovardida, davlatimizning har 
tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishidadir. Atom elektr stansiyasining 
ekologik tozaligi haqida gap ketganda quyidagi misollarni keltirish o‘rinli. 
Masalan, issiqlik elektr stansiyalaridan atrof-muhitga ajralib chiqadigan 
radiaktiv moddalar miqdori atom elektr stansiyasidan 11 barobar ko‘p. Bugun 
dunyo bo‘yicha ishlab turgan barcha atom elektr stansiyalarini to‘xtatib 
qo‘yib, ular beradigan energiyani issiqlik elektr stansiyalaridan oladigan 
bo‘lsak, bir yilda atmosferaga 380 million tonna karbonat angidrid gazi 
ajralib chiqadi. Atom elektr stansiyalari esa umuman karbonat angidrid 
ajratmaydi. Shuningdek, kislorodni tejashga ham erishiladi. 
Shu bois atom elektr stansiyalari "yashil energetika" deyiladi. Issiqlik 
elektr stansiyalaridan olinadigan energiya tannarxining 60-70 foizi yoqilg‘i 
miqdori narxiga to‘g‘ri keladi. Atom elektr stansiyalarida esa bu 4-5 foizni 
tashkil qiladi. Bu degani bir necha 10 yillar davomida uran miqdori narxiga 
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. 
O‘zbekistonda 2 energiya blokdan tashkil topgan atom elektr stansiyasi 
qurish rejalashtirilgan. Uning hajmi 2 ming 44 megavattni tashkil qiladi. Bu 
hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 20-
30 foizini tashkil qiladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish