Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

Konsentratsiyalashtirish 
- bu bir xil, o‘xshash mahsulot ishlab 
chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir.
34
Ixtisoslashtirish 
esa - bu alohida ishlab chiqarish sexlari, korxonalar, 
tarmoqlarni 
konstruktiv va 
texnologik 
jihatdan o‘xshash 
bo‘lgan 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishga 
yoki 
jarayonlarni 
bajarishga 
mujassamlashtirishdir. 
Kooperativlashtirish 
– muayyan turdagi mahsulotni hamkor-likda 
tayyorlash bo‘yicha korxona (firma)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishidir. 
Kombinatsiyalashtirish
- turli tarmoqlarga mansub bo‘lgan mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
yoki 
jarayonlarni 
bir 
korxona 
miqyosida 
mujassamlashtirishdir. 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida, Prezident asarlarida ishlab chiqarishni ijtimoiy 
tashkil etish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Natijada ular oqilona 
ravishda, sanoat siyosatining barcha talablariga javob beradigan yo‘sinda 
rivojlanib bormoqda. Bu jarayonlarning zarurligi va ularni takomillashtirish 
masalalari milliy iqtisodiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
 
8.2.
 
Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari 
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish – bu mahsulot tayyorlash, 
ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishni eng yirik korxonalarda to‘plash 
jarayonidir. Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologik, 
tashkiliy xo‘jalik va korxona (firma)larni yiriklashtirish shakllarida 
ifodalanadi. 
Sanoatni konsentratsiyalashtirish agregat, texnologik, tashkiliy-xo‘jalik 
va zavodlarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi. 
Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish - 
dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini 
yuqori darajaga hamda muayyan turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning 
umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‘ini ko‘paytirishdir. Bu 
jarayon sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, kimyo, 
yoqilg‘i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli. 
Konsentratsiyalashtirishga 
texnologik 
jihatdan 
o‘xshash ishlab 
chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, 
metallurgiyada - cho‘yan, po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, 
to‘qimachilikda – yigirish, to‘qish, bo‘yash, mashinasozlikda - quyuv, 
mexanik ishlov berish, yig‘uv jarayonlarining mujassamlashishi. 
34
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.105. 


146 
Korxonalarni 
va 
ularning 
tarkibidagi 
sex 
va 
uchastkalarni 
yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko‘paytiradi, 
mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bunga yirik 
korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, 
kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo‘li bilan erishiladi. 
Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, ularning 
tarkibidagi yirik, o‘rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog‘i 
bo‘yicha ifodalanadi. 
Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsulotlarga 
ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodiy 
natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi. 
Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o‘rta va kichik 
turlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati, 
xodimlarning soni bilan farqlanadi. 
Yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qurish zarurati O‘zbekiston 
Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining 
ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniqlanadi. 
Har bir sanoat korxonasi o‘z afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha bir 
biridan farqlanadi. 
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
-yuqori unumli texnika va ilg‘or texnologiyani qo‘llash va undan 
foydalanish imkoniyatlarining ko‘pligi; 
-ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish; 
-xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi; 
-sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fan-
texnika 
yutuqlarini, 
o‘zlashtirishga 
ta’sir 
ko‘rsatadigan 
quvvatli 
konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, byurolarini 
tashkil etish imkoniyatlari; 
-shartli-doimiy xarajatlarning kamligi; 
-mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat 
ko‘rsatish xarajatlarining pastligi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik korxonalarning o‘rni va 
roli juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mustaqillik yillarida o‘rta va 
kichik korxonalarning rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Natijada ularning 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50 foizdan oshmoqda. 
Yirik, o‘rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantirilgandagina 
ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish mumkin. Bu 
vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentrsiyalashtirishga bevosita 
bog‘liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak 
bo‘ladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish