Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

Fan-texnika taraqqiyoti
– bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning 
eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik 
jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va 
yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi.
28
Ijtimoiy 
ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, 
mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-
texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, 
iqtisodiyot, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida 
ham hisobga olinishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: 

tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, 
yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash); 

ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
osonlashtirish, 
mehnatni 
yengillashtirish; 

mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish; 

ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada 
yuqori darajaga ko‘tarish. 
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifa ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin 
emas. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Vazirlar Mahkamasi 
qarorlarida, 
olimlarning 
ilmiy-amaliy 
tadqiqotlarida 
fan-texnika 
taraqqiyotining tavsiflovchi g‘oyat mukammal formulalari ta’riflab berilgan.
Mustaqillikni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni qurish, iqtisodiy 
o‘sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-
28
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.94. 


126 
fansiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma joyda, hamma 
vaqtda fan-texnika taraqqiyoti tomon olg‘a siljimoq kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonning fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari, 
mehnatkashlar jamoalari, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora-
tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo‘lib, bular fanni rivojlantirish uchun, 
uning yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda 
ana shu negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan 
og‘ishmay takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga 
qaratilgandir. Fan-texnika siyosatining mohiyati ana shundan iborat. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati 
sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, uning butun tarkibiy 
qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun 
faoliyati strategik maqsadga bo‘ysundirilgan. 
Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy 
siyosatining 
mushtarak 
(umumiy) 
vazifalari, 
shuningdek, 
bozor 
iqtisodiyotining u yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab 
beradi. Fan-texnika rivoji darajasini, bu borada hal etiladigan vazifalarni 
chuqur ilmiy umumlashtirish asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining 
asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni amalga oshirish uchun optimal 
shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqadi. 
Fan-texnikani 
rivojlantirishda 
doimo 
tashabbus 
ko‘rsatgan 
respublikamizning fan arboblari va muhandis-texnik xodimlarning faoliyati 
tufayli mustaqillik yillarida qudratli fan-texnika potensiali yaratildi. O‘nlab 
ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari, yuzlab loyiha-konstruktorlik 
tashkilotlari tadqiqotlar olib bormoqdalar, yangi texnika va texnologiyalarni 
yaratmoqdalar. Hozirgi ilmiy-tadqiqot institutlari eng mukammal texnika 
bilan jihozlangan va yuksak malakali ilmiy kadrlar qorishmasidan iboratdir. 
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari tadqiqotlar yoki 
amaliy tajribalar natijasida olingan va yangi materiallar, mahsulotlar, 
jarayonlar, qurilmalar, xizmatlar, tizimlar yoki usullarni yaratishga 
yo‘naltirilgan mavjud bilimlarga asoslangan tizimli ravishda amalga 
oshiriladigan ishlar kiradi. Ishlanmalar tarkibiga konstruktorlik, loyihaviy va 
texnologik ishlar kiradi. 
Ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlanmalari bilan shug‘ullanadigan 
tashkilotlar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 19 taga ko‘paydi va 437 tani 
tashkil etdi. Ular tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot tajriba 
konstruktorlik ishlari hajmi 2016 yilda 396 mlrd. so‘mga yetdi va 2000 yilga 
nisbatan 37 barobarga oshdi
29

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan band bo‘lgan 
tadqiqotchi mutaxasislar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 27,4 foizga 
29
https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2035-ilm-va-fan 


127 
oshdi va 31966 nafarni tashkil etdi
30

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish fan-
texnika taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan 
talab qiladi. Ayni chog‘da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab 
chiqarishda ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish hozirgi 
bosqichda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning hal qiluvchi omili 
ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi hisoblanadi. Ana shu 
mexanizmni takomillashtirish fan-texnika taraqqiyotini tashkil etish va 
boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, mablag‘ bilan ta’minlash va 
rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashishni 
an’anaga aylantirdi. Ushbu uchrashuvlarda hukumat a’zolari, vazirlik va 
idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar 
akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etadi. 
Majlislarda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning 
o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini 
oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar 
belgilangan.
Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun 
yangi 
zamonaviy 
tajriba-ishlab 
chiqarish, 
konstruktorlik-texnologik 
tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va 
litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-
innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol 
sezilmoqda. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va 
preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni 
sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud ilmiy 
salohiyat va mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va 
muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor 
tadqiqotlarga yo‘naltirish zarur.
Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va 
Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni 
zamonning o‘zi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi o‘quv 
va ilmiy muassasalarida ta’lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun 
mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag‘batlantirish 
choralarini ko‘rish kerak.
Ushbu uchrashuvlarda Prezident Sh.M.Mirziyoyev iqtisodiyoti-mizning 
barcha sohalari taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni, ahamiyati g‘oyat katta ekani, 
bu borada davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga 
30
O’sha joyda 


128 
suyanishini, fan va ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb 
ekanini alohida ta’kidladi.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish