133
mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish
jarayonida inson faqat operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab
chiqarishini avtomatlashtirishdan maqsad – mehnat unumdorligini oshirish,
mahsulotlar
sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning barcha resurslaridan
foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim
ishlab chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la
xillari mavjud.
Bugungi
kunda
kompyuter
va
axborot
texnologiyalari,
telekommunikatsiyalar
tarmoqlarini,
ma’lumotlar uzatishni, Internet
xizmatlariga
kirib
borishni
rivojlantirish
va
zamonaviylashtirish
respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yilning 30
mayida imzolangan
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmon alohida ahamiyatga
molikdir. Ushbu hujjatga muvofiq Respublikada kompyuterlashtirish va
axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi
vazifalarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilgan.
Bu kengash zimmasiga
mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalar va
mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi
ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar,
loyihalar, me’yoriy –
huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini
tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan,
mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish
kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Unda «… real iqtisodiyot tarmoqlarida,
boshqaruv, biznes, fan va
ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish,
turli aholi qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng
bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …» belgilab qo‘yilgan.
O‘zining axborot–kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini
shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin.
Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki
axborot–kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga
qaror qildilar. Chunki ular qo‘shimcha ish
joylarini tashkil etish va
xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb etadigan «yadro»
bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot – kommunikatsiyalari
bozorini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng
miqyosda foydalanish iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini
yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan
kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda
amalga oshirishga katta
imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy
134
iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda axborot–kommunikatsiyalar bozori shakllanishi-ning
barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib
borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma
korxonalar ochish uchun barcha shart – sharoitlar yetarli. Ana shu shart –
sharoitlardan
sanoat
ishlab
chiqarishida
keng
foydalanish
uning
samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: