7.4.Innovatsion faoliyat va uni investitsiyalash masalasi
Bozor
iqtisodiyotida
innovatsion
investitsiyalashtirish
jarayoni
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga asoslangan ishlab chiqarish jarayoniga
nisbatan intensiv darajada olib borilishi bilan iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab
olishi kerak. Buning asosiy sababi quyidagilarda ifodalanadi:
erkin raqobat sharoitida turli mulkchilik shakllariga asoslangan
korxonalarning rivojlanishini turli darajada bo‘lishi oqibatida, o‘zlarining
iqtisodiy mavqeini saqlab qolishlari ilm-fan va texnika yutuqlaridan
foydalanish darajasiga bog‘liq;
innovatsion investitsiyalashtirish natijasida ishlab chiqarish jarayonida fan
va texnika yutuqlaridan foydalanish, korxonalarga mahsulot hajmi,
mehnat unumdorligi va mahsulot sifatining oshib borishi, yuqori darajada
foyda olishni ta’minlaydi.
Innovatsion investitsiyalashtirish iqtisodiy munosabatlar daraja-sida,
ma’lum qiymatga ega bo‘lgan yangilik yoki yangi ishlab chiqarilgan tovar
138
qiymatida innovatsion faoliyatda qatnashayotgan subyektlar o‘rtasidagi
munosabatlarni ifodalaydi.
Innovatsion munosabatlar investitsiya munosabatlarinish maxsus ilmiy
va amaliy yangiliklarni yaratishga yoki takomillashtirishga yo‘naltirilgan
munosabatlari bo‘lsada, u ham o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonida
mulkchilik munosabatlarimi ifoda etadi. Yaratila-yotgan ilmiy va amaliy
yangilik tovar sifatida ijtimoiy mehnat harajatlarining mahsuli, tovar bo‘lib,
ishlab chiqarish munosabatlarini ifoda etadi. Demak, innovatsion tovarlarni
ishlab chiqarishda tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar qatorida, innovatsion
faoliyat olib boruvchilar-kapital, mulk va tovar egalari ham subyektlar
sifatida ishtirok etadilar.
Innovatsion
investitsiyalashtirish
munosabatlarida
innovatsion
tadbirkorlik subyektlari yoki ishlab chiqarish subyektlari ixtiyorida ilmiy
yangiliklarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi maxsus ishchi guruhlarni tashkil
etish, yangliklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy va moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash orqaligina innovatsion ishlab chiqarish
munosabatlarini talab darajasida shakllantirish mumkin.
Innovatsion investitsiyalashtirishda bir necha subyektlar qatnash-gan
holda har bir subyekt ma’lum bir yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishi bilan,
ma’lum bir yangiliklarni yaratishga va undan keladigan foyda qismini
o‘zlashtirishga
bo‘lgan
intilishlari
innovatsiya
munosabatlarini
rivojlantirishga olib keladi. Bu, albatta, xavf-xatarlar bilan ham bog‘liq. Ular
ko‘zlagan natijaga ham erishmasligi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion investorlar innovatsiya
ishlarini olib boruvchi subyektlar bilan innovatsiya ishlarini olib borish
munosabatlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlik asosida tashkil etishlari
kerak. Shuningdek ishlab chiqarish natijalarining samaradorligini oshirish
uchun ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, institutlar yoki maxsus texnologik yoki
konstruktorlik
bo‘limlari,
yirik
korporatsiya,
konsern,
aksionerlik
birlashmalari huzurida yangiliklarni izlovchi bo‘limlar shaklida tashkil etish
zarur.
Innovatsiya
munosabatlari
samaradorligini
oshirish
uchun
quyidagilarga e’tibor berish zarur:
innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanish jarayoni
darajalaridan kelib chiqqan holda subyektlar o‘rtasida innovatsion
munosabatlarni tashkil etish darajasiga;
innovatsion ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan axborotlar bilan innovatsion subyektlarni ta’minlashga va yuqori
intellektual darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etishga;
innovatsion ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish
resurslari bilan ta’minlashga;
139
innovatsiya ishlarini olib boruvchilar faoliyatlarining samarali bo‘lishini
ta’minlash uchun ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishga.
Innovatsion samaradorlik investitsiyalashtirishda innovatsion muhitni
shakllantirish, innovatsion munosabatlarni tashkil etish va uning natijalarini
ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq.
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarish
jarayonini takomillashtirish yoki yangi yo‘nalishda tashkil etish bilan bog‘liq
bo‘lib, uning yo‘nalishini aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur:
tashkil etilayotgan ishning yangilik darajasiga;
yangi ishlab chiqarish yunalishidagi tovar ishlab chiqarishning yo‘qligiga,
uning iste’mol bozorining mavjudligiga;
shu yo‘nalish bo‘yicha yangi innovatsion mahsulotlarni yoki xizmat
turlarini investitsiyalashtirishning zarurligiga;
innovatsion investitsiyalashtirish munosabatlarini shakllantirish uchun
zarur bo‘lgan muhitning mavjudligiga;
innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatini olib borish uchun zarur
bulgan malakali xodimlar va mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasiga.
Innovatsiya loyihalari vazirliklar, konsernlar, assotsiatsiyalar, mahalliy
xokimliklar va boshqa ishlanmalar natijalarining iste’molchilari tomonidan
xissadorlik asosida moliyalashtirilgan.
Hozirgi zamon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari yashashi va undan
foydalanish davrining qisqaligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham
mahsulotlarni ishlab chiqarishni yangilash davri 3 yilni tashkil etadi. Ammo
barcha ishlab chiqarish subyektlari ana shu qisqa vaqt ichida mahsulot ishlab
chiqarishni yangilashga qodir emaslar. Demak, innovatsiya faoliyati bilan
shug‘ullanish zarurmi degan masalaga emas, balki uning samaradorligini
oshirishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Innovatsion faoliyatnnng samaradorligi uning boshqaruvi bilan
bog‘liqdir. Respublikada innovatsion loyihalar doirasida energiya va resurslar
tejamkor texnologiyalarini o‘zlashtirish va fan sig‘imi yuqori bo‘lgan
mahsulot turlarini ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan
loyhalarga e’tibor berish alohida ahamiyatga egadir.
Innovatsiya
mexanizmining
birinchi
bosqichida
yaratilgan
texnologiyalarning ishlab chiqarish sharoitiga mosligini o‘rganish, texnologik
reglamentlarini moslashtirish, ishlab chiqarish bazasini takomillashtirish
bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilgan. Ikkinchi bosqichida, innovatsion yangi
texnologiyalarii to‘la o‘zlashtirish asosida ilmni ko‘p talab etadigan
mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mamlakatning
jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan uning texnologik
140
rivojlanish darajasi, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari nechog‘lik
muvofiqligi, o‘zining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga ishonchli ilmiy asos
yaratilganligi bilan belgilanadi.
Innovatsiya sohasini tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish
mumkin:
bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion investitsiyalashtirish muhitini
yaratishdan maqsad iqtisodiyot tarmoqlarining samarali rivojlanishi va
bozor talablarini qondira oladigan darajada iste’mol mahsulotlarini ishlab
chiqarish, yokilgi, energetika va moddiy resurslardan tejamkorlik asosida
foydalanishni ta’minlash;
davlatning innovatsion investitsiyalashtirishni moliyaviy asosda qo‘llab-
quvvatlab
turishi,
davlat
budjetidan
ajratiladigan
innovatsiya
mablag‘larining asosiy qismi yuqori texnologik ishlab chiqarish
ishlamalarini yaratishga yo‘naltirilishi;
ishlab chiqarish subyektlari bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida innovatsion
loyihalarni bajarishda xamkorlikka asoslangan guruhlarni tashkil etish
hisobiga ishlab chiqarish texnologiyalarini takoomillashtirish yoki
yangilashga erishish;
xorijiy davlatlar, xususiy subyektlarning investitsiya miblag‘larini
innovatsion faoliyatga jalb etish uchun qulay investitsion muhitni yaratish
kerak.
Shuning uchun hozirgi sharoitda innovatsiya islohotlarini amalga
oshirish uchun ishlab chiqarish subyektlarini yetarli darajada shrur bo‘lgan
investitsiya mablag‘lari bilan ta’minlanishini e’tiborga olgan holda, davlat
tomonidan innovatsion tadbirlarnn amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
mablag‘larni imtiyozli ravishda olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va
ularga yordam berish zarur.
Bu, birinchidan, respublika mintaqalarida mavjud bo‘lgan, ammo
investitsiya mablag‘lari bo‘lmaganligi sababli o‘z faoliyatlarini innovatsion
ishlab chiqarishlarini talab darajasida tashkil eta olmayotgan korxonalarning
ishlab chiqarishni amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lsa; ikkinchidan, mavjud
ishlab chiqarish asosida innovatsion jarayonni rivojlantirish orqali ishlab
chiqarish hajmini oshirish va bozor iste’mol talablarini qondirishga erishishni
ta’minlaydi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil innovatsion faoliyatni
amalga oshirish, ularning xuquqiy subyekt sifatida javobgarligini va
manfaatdorligini oshirish orqali innovatsion munosabatlarning samarali
rivojlanishini ta’minlash mumkin.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga
olgan holda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks
holda soha va tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
141
miqdorda foydani olishga erishish qiyin muammo bo‘lishi bilan birga ishlab
chiqarish jarayonini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib
borishga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda
ma’lum darajada tashkiliy iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud, bular
quyidagilardan iborat:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq
foydalanmasliklari oqibatida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun
zarur bo‘lgan xususiy mablag‘larning yetishmasligi;
korxonalarda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus
bo‘limlarning yo‘qligi;
innovatsiya faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy
jihatdan .boy bo‘lgan tajribalarga ega bo‘lgan malakali kadrlarning
yetishmasligi;
innovatsiya faoliyatini olib borish uchun maxsus laboratoriya, ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bulgan jixozlarning yetishmasligi;
xorijiy mamlakatlardan innovatsion mahsulotlarning kirib kelishi
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi.
Innovatsion yangiliklarni yaratish uchun ajratilgan mablag‘lardan
foydalanishni nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini
takomillashtirish, innovatsiya ishlarini olib boruvchi subyektlar o‘rtasidagi
munosabatlarni takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi
bilan bog‘liq.
Yuqorida qayd etib o‘tganimizdagidek, innovatsion faoliyat ularning
yetarli darajada investitsiya mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq.
Bu muammoni hal etish, respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
uchun imtiyozli innovatsion kredit mablag‘larini beruvchi innovatsion bank
tizimini tashkil etish hozirgi davr talabiga javob beradi.
Davlat tomonidan iktisodiyotni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish siyosati
innovatsion ishlarni olib borishni rivojlantirish strategiyasiga asoslanishi
kerak.
Innovatsiya mablag‘laridan foydalanish xavf-xatar bilan ham bog‘liq.
Uning oldini olish uchun innovatsion investitsiya mablag‘lari sifatida xizmat
qiluvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish zarur. Bu qimmatli qog‘ozlar
investor subyektlari uchun ma’lum miqdorda dividend keltirishi bilan xavf-
xatar darajasini kamaytirish yoki to‘liq undan himoya qilishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, innovatsion muhit va faoliyat, innovatsion
munosabatlarning
samarali
bo‘lishini
ta’minlash
uchun
investor
subyektlarning ham innovatsiya biznesida qatnashishlari zarur deb
hisoblaymiz.
142
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish munosabatlarini rivojlan-tirishda
uni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini kerakli
darajada xom-ashyolar bilan ta’minlash ham katta ahamiyatga ega.
Davlat tomonidan innovatsion investitsiyalashtirish munosabat-larini
takomillashtirish
strategiyasiga
asoslanib
ishlab
chiqarishda
qulay
innovatsiya muhitini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur
33
:
innovatsion investitsiyalashtirish davlatning moliya-kredit, soliq va
amortizatsiya siyosati tomonidan belgilangan maqsadga;
innovatsiya subyektlari uchun zarur bo‘lgan investitsiya mablag‘lari olish
uchun berilgan imtiyozlarga;
innovatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilinishiga e’tibor
berish zarur.
Innovatsion investitsiyalashtirish va uning samaradorligini tahlili
asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:
innovatsion investitsiyalashtirish ko‘p qirrali bo‘lib, u iqtisodiyot
tarmoqlarinn
keng
ko‘lamda
qamrab
olgan
holda
innovatsion
munosabatlarni rivojlantiradi;
innovatsion faoliyatni olib borishni davlat tomonidan iqtisodiyotni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish siyosatidan kelib chiqqan holda uni
rivojlantirish strategiyasiga asoslanish kerak;
innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatlarini olib borish uchun zarur
bo‘lgan kasb-hunar xodimlari va mutaxassislar bilan ta’minlanish
darajasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |