Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

Elektronizatsiyalash
deganda 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarida 
elektronikadan keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan axborotni kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash 
tushuniladi. Elektronikaning makro va mikro turlari mavjud bo‘lib, ular 
sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, lahzali 
biznes borasida juda qo‘l keladi.
Mexanizatsiyalash
– bu qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan 
almashtirishdir. U ikki xil bo‘ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks 
mexanizatsiyalash. 

ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirishga 
zamin 
tayyorlaydi.
Avtomatlashtirish 
– bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat 
qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan 


133 
mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish 
jarayonida inson faqat operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab 
chiqarishini avtomatlashtirishdan maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, 
mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning barcha resurslaridan 
foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim 
ishlab chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la 
xillari mavjud. 
Bugungi 
kunda 
kompyuter 
va 
axborot 
texnologiyalari, 
telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarini, 
ma’lumotlar uzatishni, Internet 
xizmatlariga 
kirib 
borishni 
rivojlantirish 
va 
zamonaviylashtirish 
respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2002 yilning 30 mayida imzolangan 
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmon alohida ahamiyatga 
molikdir. Ushbu hujjatga muvofiq Respublikada kompyuterlashtirish va 
axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi 
vazifalarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilgan. Bu kengash zimmasiga 
mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalar va 
mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar, loyihalar, me’yoriy – 
huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini 
tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan, 
mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish 
kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Unda «… real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va 
ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, 
turli aholi qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng 
bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …» belgilab qo‘yilgan. 
O‘zining axborot–kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini 
shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. 
Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki 
axborot–kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga 
qaror qildilar. Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va 
xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb etadigan «yadro» 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot – kommunikatsiyalari 
bozorini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng 
miqyosda foydalanish iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini 
yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan 
kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda amalga oshirishga katta 
imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy 


134 
iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin. 
O‘zbekistonda axborot–kommunikatsiyalar bozori shakllanishi-ning 
barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib 
borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma 
korxonalar ochish uchun barcha shart – sharoitlar yetarli. Ana shu shart – 
sharoitlardan 
sanoat 
ishlab 
chiqarishida 
keng 
foydalanish 
uning 
samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish