Industrial iqtisodiyot


Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

7.2.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta 
asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
31
a) an’anaviy yo‘nalish; 
b) zamonaviy yo‘nalish; 
v) istiqbolli, ustuvor yo‘nalishlar. 
An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman 
avtomatlashtirish, Kimyolash kiradi. 
Zamonaviy 
yo‘nalishga 
elektronizatsiyalash, 
kompleks 
mexanizatsiyalash, 
kompleks 
avtomatlashtirish 
(robotlashtirish, 
kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi 
materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga 
javob 
beradigan 
texnologiyalarni 
qo‘llash, 
undan 
foydalanishda 
texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa 
butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi. 
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:

elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy 
informatikani 
ko‘paytirib, 
rivojlantirib, 
ishlab 
chiqarishni 
to‘la 
axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;

yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; 

texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, 
xomashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish; 

mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni 
modernizatsiyalash kiradi. 
Bozor iqtisodiyotiga
kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga 
juda ko‘p atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nou-
xau“, innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injiniring, tender va h.k. 
“Nou-xau“ – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va 
tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nou-xau“ 
tipidagi axborot raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y 
berishi mumkin. “Nou-xau“ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik 
bilimlarning yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini 
bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: 
har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), 
texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli 
belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. 
tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul 
31
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.95. 


129 
qilib oladi. 
Innovatsiya
– iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. Yangilikni joriy 
etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni 
ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, 
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo‘lgan yangi texnika va 
texnologiya. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik ixtiro va 
kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi. 
Lizing
– mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish 
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy 
va oddiy turi mavjud. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish