Kimyolashtirish
– bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida Kimyo
fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha
jarayonlariga kimyoviy materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta
ishlashning kimyoviy usullarini joriy etishdan iboratdir. Kimyolashtirish
yordamida oldindan belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni
tayyorlash mumkin. Masalan, bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik
tola, plastmassalar va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu
yerda O‘zbekiston FA va 400dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasi tashkiloti
bo‘lib, ularda fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy
muammolari tadqiq qilinadi, xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning ilmiy-
texnika bazasini mustahkamlash borasida ilmiy va amaliy yordam
ko‘rsatiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy mamlakatlarning
fan va texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish
masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv
jarayoni kechayotgan bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib
bormoqda va hozirgi paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot
turlaridan biriga aylanmoqda.
7.3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va
ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va
texnologiyani joriy etish asosida iqtisodiyotda, jumladan, sanoat ishlab
chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-
tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda
takomillashgan turlari va konstruksiyalari;
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari;
texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;
mahsulotning kimyoviy va fizik xossalarini, parametr va
assortimentlarini yaxshilash;
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
135
jihozlarni modernizatsiyalash;
bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan
usullari;
ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish
sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish,
ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish
hisobiga bo‘lishi mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak.
Uni hisobga olmasdan, bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni
ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi
rasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha
Namunali metodika;
iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik
tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining
avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash
metodikasi;
boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini
aniqlash metodikasi;
mehnatni ilmiy tashkil etish (MIT) bo‘yicha chora-tadbirlarning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun
vaqtinchalik metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazirliklari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha
tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashi
mumkin.
Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga
oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika
samarali yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash
va baholash kerak.
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida,
ilmiy-tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni
avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida
aniqlanadi.
Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli
136
ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish
hamda ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy
samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
S
À
Ï
à
Ý
2
2
1
3
3
Bu yerda: 3
1
va 3
2
– mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot
birligini ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar);
a
– yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi
koeffitsiyent bo‘lib:
н
н
E
P
Q
E
P
Q
а
2
1
1
2
bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |