Industrial iqtisodiyot


 Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

5.5. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
Davlatning iqtisodiy strategiyasida boshqaruv va uning eng muhim 
funksiyasi bo‘lgan rejalashtirishni takomillashtirish alohida o‘rin egallaydi. 
Chunki u rejalashtirishning barcha darajalari va sohalarida qonuniy jarayon 
hisoblanadi. Bu esa jamiyatda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish 
munosabatlarining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar bilan 
belgilanadi. 


113 
Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishni takomillashtirish sohasida eng 
avvalo, quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 

rejalashtirishning 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
tezlatishga, sanoatning ilg‘or tarkibini shakllantirishga, uni balansli va 
mutanosib rivojlantirishga, ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy hamda 
ilmiy va texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanishga ta’sirini 
kuchaytirish; 

fan-texnika taraqqiyotini jadal va uzluksiz amalga oshirishni oqilona 
bashorat qilishga erishish; 

bashorat qilish bilan istiqbolli va joriy rejalashtirish o‘rtasidagi 
aloqalarni mustahkamlash. Bu vazifalarni amalga oshirish texnologiyalaridan 
keng foydalanish; 

reja ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish, ularni pirovard natijalar 
sari yo‘naltirishni kuchaytirish hamda mehnat, moddiy, moliya resurslaridan 
foydalanish samaradorligini, mahsulotning sifati va uni yangilash 
miqyoslarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlardan keng foydalanish. 
Galdagi eng muhim vazifalardan biri rejalashtirishning ilmiy 
saviyasini, darajasini oshirishdir. Rejalar ilmiy tarzda tuzib chiqilishi, 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
jihatdan 
asoslab 
berilgan 
va 
to‘la-to‘kis 
balanslashtirilgan bo‘lishi kerak. Aniqroq qilib aytganda, milliy iqtisodiyot
jumladan, sanoat rejalarida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarishni o‘stirish, yalpi 
ichki mahsulotni ko‘paytirish sur’atlari va asosiy mutanosibliklar optimal 
bo‘lishi, ya’ni mavjud imkoniyatlardan yangi jamiyatning obyektiv iqtisodiy 
qonunlariga muvofiq ravishda eng yaxshi, eng samarali foydalanishni ta’min 
etish kerak. Hozirgi jadallashgan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida 
rejalashtirishning eng muhim vazifalaridan biri ilm va texnikaning so‘nggi 
yutuqlarini sanoat orqali tez sur’atlarda o‘zlashtirib olishni rejalarda, ayniqsa, 
istiqbolli rejalarda ko‘zda tutishdan iborat. Istiqbolli rejalarning rolini 
oshirish rejalashtirish uchun ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan normativlar 
sistemasini vujudga keltirishni talab etadi. Shundagina rejalashtirishda 
tavakkalchilik yuz berishining oldini olish hamda ishlab chiqarishning 
natijaliligini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish 
mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishni shunday rejalashtirish kerakki
natijada mahsulot ishlab chiqarish ko‘paya borsin, mehnat unumdorligi 
borgan sari ko‘tarilsin, mahsulotning tannarxi pasaysin, korxona foydasi 
oshib borsin. 
Xo‘sh, buning uchun nimalar qilish kerak? 
Buning uchun eng avvalo, investitsiyalardan, moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanmoq kerak. 


114 
Rejalashtirishni yanada takomillashtirish uchun bu jarayon bilan 
shug‘ullanadigan idoralarni iste’dodli va iqtidorli, bilimdon, obro‘li, o‘z 
ishining ko‘zini biladigan kadrlar bilan mustahkamlash kerak. Faqat shunday 
mutaxassislargina bu sohadagi o‘zboshimchaliklar va subyektivizmga 
batamom barham berishi mumkin bo‘ladi. 
Reja tuzish ishning bir qismigina xolos. Uning bajarilishi va oshirib 
bajarilishi har bir rahbar va xodimning aql zakovati, tashabbuskorligi va 
fidokorona mehnatiga bog‘liqdir. Agarda jamoa va uning har bir xodimi o‘z 
vazifalarini muntazam, bekami-ko‘st bajarib borsa belgilangan rejalar albatta, 
muvaffaqqiyatli bajariladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish