markazlashgan
rejalashtirishning
tubdan o‘zgarganligi va tarmoqlar, korxonalar katta
erkinlik olganliklari muammolari o‘z yechimini topishi kerak.
Bozor va rejalashtirish bir birini taqozo etadi va ularni bir biridan
ajratib bo‘lmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki, mustaqillikning birinchi
yillarida “Reja“ va “Rejalashtirish“ so‘zlaridan qo‘rqa boshlagan edik. Buni
anglagan Respublika Prezidenti 1995 yil yakunlari va 1996 yil vazifalariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida taajublanib shunday degan
edi: “Xorijiy mamlakatlarda, agar fermer foyda olishga ishonmasa, unda
umuman ishga qo‘l urmaydi. Bizda-chi? Hech kim iqtisodiy tahlil bilan
shug‘ullanmaydi, hech kim yil boshida hisob qilmaydi“. Bundan ko‘rinib
turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi.
Reja va rejalashtirish ma’lum ko‘rsatkichlar tizimi, ya’ni topshiriqlar
majmui tariqasida aks ettiriladi. Ular rejaning asosiy g‘oyasi, maqsadi va
vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko‘rsatkichlar
yordamida bir qator funksiyalarni baholash, hisob-kitob qilish va
topshiriqlarning mutanosibligini ta’minlash mumkin.
Reja tuzish jarayonida qo‘llaniladigan barcha ko‘rsatkichlarning
belgilanish tartibi, ishlab chiqarish xodimlarining xo‘jalik faoliyatida
qo‘llanish miqyosi va vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin.
Belgilanish tartibiga ko‘ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan
ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi
va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko‘rsatkichlar esa boshqarishning ma’lum
bo‘g‘ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Qo‘llanish
miqyosiga
binoan
ko‘rsatkichlar
umumiy
va
differensiyalashgan turlarga bo‘linadi. Umumiy ko‘rsatkichlar sanoat
tarmog‘ining barcha bo‘g‘inlariga taalluqli bo‘lib, ular iqtisodiyot va uning
tarmoqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashni ta’minlash
maqsadida belgilanadi. Differensiyalashgan ko‘rsatkichlar ham sanoatda
amalga oshiriladigan ko‘pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib,
ularni takomillashtirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning xo‘jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, reja
ko‘rsatkichlarini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor
ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo‘lgan
ehtiyojlardan iborat. Sifat ko‘rsatkichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan
foydalanish darajasini ifodalaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari o‘z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Sintetik ko‘rsatkichlar (masalan, mehnat
109
unumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki
daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan
foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish,
mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg‘i va elektr energiya, ko‘p
mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan
texnologik jarayonlarni qo‘llash shular jumlasidandir.
Ko‘rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko‘p ishlatiladigan,
belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat
ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Natura ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini,
mahsulotni tayyorlovchi va iste’mol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab,
unda mahsulotning turlari yoki ish hajmining o‘lchov birliklari (dona, metr,
tonna va hokazolar) ifodalanadi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko‘rsatkichlari alohida o‘rin
egallaydi. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va
moliyaviy natijalarini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini
ta’minlash yo‘llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishdir.
Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish
lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Bir
tomondan, qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini
ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning o‘zining shart-sharoitlarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarga
asoslanib sanoatning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari
aniqlanadi.
Sanoat taraqqiyotini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar sanoat tarmoqlarining
korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural
yoki kompleks o‘lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan
ko‘rsatkichlaridir.
Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan kompleks
natural birliklar bo‘lib kilovatt-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, dekalitr,
dona va boshqalar hisoblanadi.
Bu o‘lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan sanoat
mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, O‘zbekistonda 2001
yilda 47,9 mlrd. kilovatt-soat elektr energiya, 7,3 mln. tonna neft, 57,4 mlrd.
kubmetr gaz, 428,3 mln. kvadrat metr gazlama va 38,2 mln. dona trikotaj
kiyimlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan edi.
Sanoat mahsulotlarining natural yoki kompleks o‘lchov birliklari orqali
barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishini qiyoslab bo‘lmaydi, chunki bir
tarmoqning mahsuloti kilovatt-soatda o‘lchansa, ikkinchisiniki tonnada,
uchinchisiniki esa kubmetrda o‘lchanadi va h.k. Shuning uchun barcha sanoat
110
tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini
hisoblashda yagona o‘lchov birligi bo‘lishi lozim. Bu o‘lchov birligi har
tomonlama bo‘lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko‘rsatkichlari
bajaradi. Qiymat ko‘rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy
rivojlanishini, o‘sish sur’atlari va uning tarkibini aniqlashga imkoniyat
yaratadi.
Qiymat ko‘rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu
har xil tarmoqlar ish faoliyatini bir-biriga taqqoslash imkoniyatini yaratib
beradi.
Hozirgi davrda sanoat rejasini tuzishda qo‘llaniladigan qiymat
ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti,
realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot.
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta
guruhga bo‘linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq iste’mol
mollari.
Mehnat buyumlariga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya
va boshqa ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan buyumlar kiradi. Bu buyumlar
sanoatni yuqori sur’atlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko‘p miqdorda
talab qilinadi.
Rejalashtirish qanchalik mukammal bo‘lsa, taraqqiyot shunchalik
muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |