Industrial iqtisodiyot


-BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

4-BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI 
 
Tayanch atamalar va iboralar
: boshqaruv, menejment, boshqaruv 
subyekti, boshqaruv obyekti, boshqaruvchi, boshqaruv maqsadi, boshqaruv 
vazifalari, tashkilotchilik, boshqaruv tamoyillari. 
Reja: 
4.1. Boshqaruv obyektiv zarurat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon 
sifatida
4.2. Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari
4.3. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
4.4. Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
 
4.1. Boshqaruv obyektiv zarurat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon 
sifatida 
Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona 
harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. Shu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti 
asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
Boshqaruv
tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy taraqqiyotga ega. Uning 
yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri 
hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va 
tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-
sekinlik bilan texnika-texnolo-giyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish 
sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida 
faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni 
anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish “Boshqaruv fani“ning vujudga 
kelishiga olib keldi.
16
Boshqaruvning 
bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U.Teylor 
tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga “Nima qilish kerakligini, uni 
eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati“, - deb ta’rif 
bergan. 
Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, 
tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar 
juda ko‘p fikr aytgan va yozib qoldirishganlar. 
Boshqaruv – bu alohida funksiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat 
va uning hududlari milliy iqtisod va uning tarmoqlari, korxona va uning 
bo‘limlari)da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir. 
16
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.52. 


84 
Boshqaruv – bu tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish 
uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg‘otish 
(motivatsiya) va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat turi jarayonidir. 
Boshqaruv – bu shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan 
jamoa (xaloyiq yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli 
(barakali) guruhga aylantiriladi. 
Boshqaruv – bu ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli 
ta’sir ko‘rsatishni o‘zida ifoda etgan ijtimoiy faoliyatning bir turidir. 
Boshqaruv – bu muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga 
muvofiq obyektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir. 
Shuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga 
quyidagicha ta’rif beradi: “Boshqaruv – bu korxona ixtiyoridagi barcha 
resurslardan maksimal foyda olgan holda uni maqsad sari yetaklash 
faoliyatidir“. Demak, boshqaruv obyektiv zarurat va maqsadga yo‘naltirilgan 
jarayon hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy 
sohaning 
yetakchi 
tarmog‘i 
bo‘lgan 
sanoatni 
boshqarish zarurati to‘g‘risida gapirilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada 
kengaytirish va mazmunan boyitish zarurati yuzaga keladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va yetakchi 
sohasi bo‘lgan sanoatni boshqarishning obyektiv zaruratini izohlab shuni 
aytish kerakki, yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qilinayotgan mehnat, ishlab chiqarish 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish