Industrial iqtisodiyot


-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

10-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI 
VA ISHHAB ChIQARISH QUVVATLARI 
 
Tayanch atamalar va iboralar
: asosiy ishlab chiqarish fondlari, aktiv 
asosiy ishlab chiqarish fondlari, passiv asosiy ishlab chiqarish fondlari, 
asosiy fondlar tuzilmasi, jismoniy eskirish, ma’naviy eskirish, amortizatsiya, 
amortizatsiya ajratmalari, amortizatsiya fondi, fond qaytimi, fond sig‘imi, 
ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti, intensiv foydalanish koeffitsiyenti, 
ishlab chiqarish quvvati. 
Reja: 
10.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va 
tuzilishi
10.2. Asosiy fondlarni baholash
10.3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
10.4. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
10.5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash 
yo‘llari 
 
10.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati,
tarkibi va tuzilishi 
Mamlakatning 
qudrati, 
iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanishi, 
jamiyat 
a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu 
mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va 
sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, 
korxona (firma)lari qanchalik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik 
qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan to‘la-to‘kis, 
oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni 
bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot 
ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish 
jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson 
mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi 
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash 
uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va 
mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, 
kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. 
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida 
ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashish roliga ko‘ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. 
Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni 
tashkil etadi. 


173 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq 
davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda 
ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o‘z qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o‘tkazib boradigan mehnat 
vositalariga aytiladi
44
. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va mahsulot 
ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish 
uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash 
va ularni bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun 
xizmat qiladilar. 
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlab chiqarishda 
bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi. 
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy 
boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda 
qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. 
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim 
qismini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib 
bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta 
o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish 
fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. 
9- jadval 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish