jihatdan mamlakatdagi milliy tartib, jamiyatdagi totuvlik darajasi, ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasini belgilab beradi.
«Ijtimoiy muhofaza» kategoriyasi – bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar ilmiy
apparatining atributi bo‘lib, mehnat iqtisodiyotida xodim va uning oila a’zolarini
ijtimoiy muhofazalash va ularning turmushini moddiy vositalar bilan ta’minlash,
hamda ishchi kuchining qattiq yemirilishini oldini olish nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqadi.
Nazariy-amaliy
nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy muhofaza sohasi davlat
yuritadigan ijtimoiy siyosat va mehnat munosabatlarining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biridir. «Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlari va normalari
to‘g‘risida»gi XMT 117-Konvensiyasining 25-moddasiga muvofiq, kishi o‘z va
oilasining sihat-salomatligi va farovon hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan turmush darajasi, shu jumladan,
oziq-ovqat, kiyim, uy-joy, tibbiy yordam
va ijtimoiy xizmatga ega bo‘lish huquqi, shuningdek ishsizliq nogironlik yoki o‘ziga
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tirikchilik vositalarini yo‘qotgan boshqa hollarda
ta’minot olish huquqiga ega.
Agar yollanma ishchi kasalliq baxtsiz hodisa, keksalik
yoki mehnatga talab
yo‘qolishi oqibatida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotsa, uning uchun moddiy
ta’minlanmaslik muammolari tug‘iladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy
muhofaza jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy hayotini tashkil etishning o’zviy qismi
bo‘ladi, uning tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayoni va ishchi kuchini
takror ishlab chiqarish jarayoni o’zluksiz davom etishini ta’minlashi kerak.
Shunday qilib, ijtimoiy muhofaza kishilarning turmush darajasi bilan o’zviy
bog‘langan bo‘lib, u BMT tavsiyasiga muvofiq bir necha unsurni: salomatliq
demografiya sharoitlari, oziq-ovqat, kiyim-kechaq iste’mol va jamg‘arish
fondlarini; mehnat qilish sharoitlari, ish bilan bandliq mehnatni tashkil etish; ta’lim
olish, savodxonliq uy-joy, shu jumladan obodonlashtirish; ijtimoiy ta’minot, inson
erkinliklarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, korxonalar va tashkilotlar personalini
texnogen va tabiiy, iqtisodiy va biologik omillarning murakkab kompleksi ta’siridan
muhofazalash bilan bog‘liq ijtimoiy mehnat munosabatlari xodim bilan ish beruvchi,
xodim bilan davlat, ish beruvchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tarzida
namoyon bo‘ladi. Xodimlarni ijtimoiy muhofazalash masalalari bo‘yicha ijtimoiy-
mehnat munosabatlari, korxona va tashkilot, tarmog‘ va mintaqa darajasida amalga
oshiriladi. Ularning har biri uchun o‘z munosabatlar va o‘zaro aloqalar predmeti xos
bo‘lib, bu predmetlar xodimning ijtimoiy ahvoli hamda mehnat bilan o‘tadigan
hayotining darajasi va sifatini bildiruvchi ko‘rsatkichlarni belgilab beradi.
Xodimning ijtimoiy ahvoli va mehnat faoliyatining sifati o‘z navbatida kishilar,
jamoalar hamda ijtimoiy guruhlar hayoti va faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
bo‘ladi hamda ikkita yashash shakliga ega bo‘ladi.
Birinchisi – muayyan kishilar, oilalar, ijtimoiy guruhlar ijtimoiy ahvolining
amaldagi holati.
Ikkinchisi – ijtimoiy kafolatlar
tarzidagi ijtimoiy ahvol; bu shakl amaldagi
ijtimoiy-mehnat
munosabatlarining
normativ-qonunchilik
va
institusional
darajadagi proyeksiyasini (refleksiyasini) aks ettiradi.
Bunda «ijtimoiy xatar» kategoriyasi bog‘lovchi unsur bo‘lib xizmat qiladi. Bu
unsur obyektiv, ijtimoiy ahamiyatli sabablarga ko‘ra ish haqidan yoki boshqa
mehnat daromadidan mahrum bo‘lish natijasida, shuningdek bolalar va tibbiy
yordamga hamda ijtimoiy (qayta tiklash va rekreatsiya) xizmatlarga muhtoj boshqa
oila a’zolarini boqish uchun qo‘shimcha xarajat qilish
munosabati bilan moddiy
ta’minlanmaganlik holati vujudga kelish ehtimoli sifatida ta’riflanadi.
Ijtimoiy muhofaza tizimi quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:
- ijtimoiy muhofaza subyektlari– yollanma xodim va uning oila a’zolari, ish
beruvchi, davlat, ommaviy-huquqiy maqomga ega sug‘urta tashkilotlari;
- ijtimoiy muhofaza darajalari – individual daraja (xodim - ish beruvchi) va
guruh darajasi (yollanma xodimlarning kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning
birlashmalari);
- ijtimoiy muhofaza predmetlari va ularning tarkibi – personalni ishga yollash
va ishdan bo‘shatish, professional tayyorlash, mehnat sharoitlari, uni tashkil etish va
normalash, mehnat qobiliyatini yo‘qotishni kompensatsiyalash, tibbiy va ijtimoiy-
maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mexanizmlari;
- ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy adolat va o‘zaro yordamni amalga oshirish
prinsiplari va turlari – ijtimoiy sherikchilik (yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar
o‘zaro hamkorlik qilishining xilma-xil usullari bilan birga) yoki mehnat
munosabatlarini qat’iy reglamentlab, ijtimoiy muhofazada paternalistik
munosabatlar bilan bog‘lash, shuningdek ijtimoiy muhofazaning ushbu prinsip va
turlarini aralash hamda bog‘lab olib borish;
- ijtimoiy muhofazani baholash mezonlari – ijtimoiy
kafolatlar hamda hayot
sifatining tan olingan milliy ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish sohasining ahvoli,
mehnat muhofazasi va uning xavfsizligi; mehnatning psixofiziologik normativlari;
mehnat sharoitlari (mehnat qilish va dam olish, moddiy haq to‘lash tartiblari);
xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatliligi; professional tayyorgarlikning
malaka ko‘rsatkichlari; oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish normalari; uy-joy
bilan ta’minlanganlik.
«Ijtimoiy muhofaza» atamasi birinchi marta 1935 yilda AQShning ijtimoiy
muhofaza to‘g‘risidagi qonunida ishlatilgan edi. Bu qonun keksaliq o‘lim,
nogironlik va ishsizlikdan majburiy sug‘urtalash institutini qonunan belgilab berdi.
U mazkur mamlakat uchun yangilik bo‘lgan edi.
Aholini ijtimoiy muhofazalash ijtimoiy yordamning
quyidagi turlari bilan
ta’minlanadi:
pensiyalar;
nafaqalar;
imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
bir yo‘la (nomuntazam)beriladigan moddiy yordam.
Quyidagilar ijtimoiy muhofaza obyektlari hisoblanadi:
pensiya yoshiga yetganlar;
nogironlar;
boquvchisini yo‘qotgan bolalar;
kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
ishsizlar;
homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo‘lgan
ishlamayotgan ayollar;
kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;
voyaga yetmaganlar va o‘quvchi yoshlar;
mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo‘lgan ishlamayotgan
mehnatga layoqatli fuqarolar.
Pensionerlar pensiya yoshiga yetganligi yoki nogironlik natijada mehnat
qobiliyatini yo‘qotgan
shaxslar, shuningdek boquvchisini yo‘qotgan bolalar
(yetimlar)dir. Shaxslarning bu doirasini ijtimoiy muhofazalash pensiya ta’minoti
tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ishsizlar turli sabablar tufayli ishini yo‘qotgan va ishga joylashish ishtiyoqi
bo‘lgan 16 yoshdan boshlab to pensiya yoshigacha mehnatga yaroqli shaxslardir.
Bunday shaxslarni ijtimoiy muhofazalash ishsizlik bo‘yicha nafaqalar tizimi orqali
amalga oshiriladi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari oilaning har bir a’zosining o‘rtacha
daromadi rasmiy belgilangan tirikchilik minimumidan kam bo‘lgan oilalardagi
voyaga yetmagan bolalardir. Ularni ijtimoiy muhofazalash nafaqa tizimi orqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: