Industrial iqtisodiyot


Sanoat tarmoqlari bo’yicha sanoat-ishlab chiqarish asosiy fondlarini eskirishi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   259
Bog'liq
Индустриал

Sanoat tarmoqlari bo’yicha sanoat-ishlab chiqarish asosiy fondlarini eskirishi 
(yil oxiriga fondlar umumiy qiymatidan
foiz hisobida) 
2005y 
2010y 
2014y 
2015y 
2016y 
Jami sanoat 
SHu jumladan: 
35,2 
49,8 
43,1 
43,3 
42,7 
- elektr-energetika 
28,5 
48,3 
47,5 
48,9 
46,6 
- yoqilg’i sanoati 
23.1 
31,4 
32,5 
32,7 
34,2 
- qora metallurgiya 
48,4 
56,2 
43,0 
44,0 
44,3 
-rangli metalurgiya
60,1 
62,1 
43,0 
51,7 
50,7 
-mashinasozlik va 
metalni qata ishlash 
30,4 
71,2 
59,6 
60,5 
44,7 
- kimyo va neftь-kimyo 
30,4 
63,1 
45,6 
45,8 
47,8 
- qurilish materiallari 
36,7 
56,7 
41,6 
41,8 
47,6 
- engil sanoat 
29,0 
30,7 
24,2 
28,0 
31,1 
- oziq-ovqat sanoati 
29,0 
59,3 
54,9 
55,9 
56,9 
h
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari
Korxonalarda faqat ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina emas, balki 
bekor turganlari ham to’ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy 
eskirish darajasi ularning xizmat muddati va to’zish (emirilish) darajasiga nisbatan 
aniqlanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligi o’sishi tufayli ishlab turgan 
mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi, nisbatan unumli va tejamli 
yangi mashinalarning va asbob-uskunalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi 
natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy eyilish muddati tugamasdan turib 
qadrsizlanishi - asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi, deb ataladi. Ma’naviy 
eskirish fondlarning bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqishni shart qilib 
qo’yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng 
kam mehnat va mablag’ sarf qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatining 
ma’lum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulot 
qiymatiga oz-ozdan ko’chirib boradi. 
Amortizatsiya - (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) 
amortizatsiyasi - asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, 


binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular 
qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulotga o’tib 
borishi.
12
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’nan eskiradi. Moddiy eskirish 
mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va ularning korxonada ishlatilgan 
muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida 
mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jixatdan mukammal bo’lgan 
yangi mexnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya 
me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga ko’ra tabaqalashtiriladi. 
Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. 
Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan 
jihozlar o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar so’mmasi 
tarzida jamg’ariladi. 
Amortizatsiya ajratmalari - mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar 
amortizatsiyasi so’mmasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mir va 
yangilash) va to’liq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. 
Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy fondlar qiymatiga mutanosib, ya’ni 
taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans 
usulida - jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda 
foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me’yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi 
yili qoldiq qiymatining 20 foizi miqdorida va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi 
va bu ish shu tarzda davom ettiriladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi 
ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya 
me’yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sekinlashtiradi, 
oshirilgan me’yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. SHu sababli 
amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya 
ajratmalari ta’minlanishi kerak bo’lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishining 
to’liq qoplashi va ularning takror yaratilishiga erishishdir. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab, 
jadallashtirilgan amortizatsiya orkali tadbirkorlarga solikka tortiladigan foyda 
so’mmasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar 
qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy 
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo’lgan zarar kurishdan saklaydi, yangi texnika va 
texnologiyani tezroq joriy etishga rag’batlantiradi. 
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o’zini yoki
 
uning ba’zi qismlarini 
yangilash vaqti kelguncha shu shaklda ma’lum fondda jamg’arilib turiladi va bu 
fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demaq amortizatsiya fondi - amortizatsiya 
ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir. 
Asosiy vositalar va ishlab chikarish ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy aktivlar 
amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud. 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
12
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1
-
жилд. Т.: Давлат илмий нашриёти. 2000, 288 б. 


- asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalarining so’mmasi (hisoblangan eskirish); 
- lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya 
so’mmasi. 
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirishi, har oyda 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali 
foydalanish muddatidan (biror xujalik faoliyati yurituvchi sub’ekt muddatidan ortiq 
emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli 
bo’ladi. Natijali foydalanish muxlatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy 
aktivlar bo’yicha eskirish me’yori 5 yilga hisoblanadi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish