Sanoat mahsuloti sifati tarmoqning, korxona (firma)ning faoliyatini
rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri
hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi,
mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi.
Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish
darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja
topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo’yicha korxonaning
davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati korxonalar
o’rtasidagi sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish buyycha munosabatlarni
ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va
shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy
kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni
rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xalq farovonligini o’stirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli
mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq
darajada qondirishga qodir. Demaq mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish
hajmini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirish, demakdir. Ishlab chiqarilayotgan
mahsulot sifati va miqdorining o’zaro bog’liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat
ehtiyojlarini to’la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi
kuchlari o’sishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o’z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab
qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin. Bu esa, o’z
navbatida, mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko’paytirish orqali
yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish,
samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga
va uni sotishga erishgan korxona o’z ishlab chiqarish salohiyatini yanada
yuksaltirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday sub’ektlarning ko’payishi esa
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa, uning aholisini daromadlari va demaq
turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va
yuqori darajada ko’rsatilgan xizmatlarga talab ko’payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot
(taklif) o’zining sifatli iste’molchisi (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda
Do'stlaringiz bilan baham: