Industrial iqtisodiyot


 Sifat tushunchasi va sifatni oshirish zaruriyati



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   259
Bog'liq
Индустриал

13.1. Sifat tushunchasi va sifatni oshirish zaruriyati.
 
 
Har bir davlatni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatli bo’lishi xamda 
jaxon andozalariga javob bergan xolda raqobat kila olishi ustuvor yo’nalishlaridan 
xisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi oldida jaxon iqtisodiyotiga integrallashuv, jaxon 
xamjamiyatida munosib o’rin yegallash, jaxon savdosida keng ishtirok etish kabi 
masalalar, ayniqsa yengil sanoat korxonalarining raqobatbardoshliligini ta’minlash 
dolzarb masalo xisoblanadi. 
Raqobatbardoshlik – mohiyatiga ko’ra millat iqtisodiy qudratining jamlangan 
ifodasi, uning ilmiy texnikaviy, ishlab chikarish, tashkiliy – boshqaruv 
saloxiyatining yig’indisidir. Iqtisodiy raqobatbardoshligi ko’p bosqichli shakl 
ko’rinishiga ega: tovar raqobatbardoshliligi, ishlab chiqaruvchining ya’ni 
korxonaning raqobatbardoshligi, mamlakat raqobatbardoshliligi. 
Ushbu shakllar ichida mahsulot raqobatbardoshligi muhum ahamiyat kasb 
etadi. Mahsulot raqobatbardoshligi ikki ko’rsatkich orqali namoyon bo’ladi – baho 
darajasi va mahsulot sifati.
Raqobatbardoshlik nisbiy o’lchov bo’lib, uning xususiyati shundan iboratki, 
uni raqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo’llash 
mumkin. 
Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlarini 
qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun 
sarflanadigan xarajatlar darajalari bo’yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday 
tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig’indisi tushuniladi.
Mahsulotning raqobatbardoshligi - u biror bir firma tomonidan ishlab 
chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda 
yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo’lgan 
tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir. 
Raqobatbardoshlik aynan bozorda ko’zatiladi va tovarlarning iste’molchi 
ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko’riladi. Ana shunda tovarning 
raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik
darajasini ko’rsatadi.
Zamonaviy sharoitlarda sifat omili oldingi o’ringa chiqdi. Mahsulot sifati 
korxona faoliyatida muxum ko’rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot sifatining 
yaxshilanishi erkin iqtisodiyot sharoitida korxonalar yashovchanligini, texnik 
taraqqiyot sur’atlarini, inovatsiyalarini joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, korxonada foydalaniladigan barcha turdagi resurslar iqtisodini 
ta’minlashni belgilaydi. Ya’ni, xar qanday mahsulot yeng yuqori texnikaviy – 


iqtisodiy va estetik xamda boshqa bir qator talablarga muvofiqligini qobiliyatiga ega 
bo’lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va 
axolining tovarlarga extiyojlarini qondirib bo’lmaydi. 
Sanoat mahsuloti tarmoqning, korxonaning faoliyatini rejalashtirishda 
qullaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unga mexnatni tashkil 
qilish, uning jixozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni 
boshqarishning holati ifodalanadi. 
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mexnat unumdorligini va 
shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlovchi iqtisodiy 
kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni 
rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishning, xalq farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri xisoblanadi.
Mahsulot sifatini oshirishni muammosining dolzarbligi quyidagi xolatlar 
bilan asoslanadi:
Birinchidan, ilmiy texnika taraqqiyotining ob’ektiv talablari bilan tabiiy 
resurslarning cheklanganligi bilan;
Ikkinchidan, axolining hayot darajasi oshirish vazifasi amalga oshirish bilan. 
Bozorni tovar bilan to’ldirish, uning sifati va assortimentiga talabni kuchaytiradi; 
Uchinchidan, moddiy raqobatbardoshlikni ahamiyatining oshganligi. 
Daromadlarning oshishi yuqori sifatli mahsulotga talabning o’sishiga, aksincha, 
defitsit. Ushbu tamoilning ta’sirchanligini pasaytiradi; 
To’rtinchidan, tashqi savdo samaradorligini oshirish vazifasi bilan.
Rivojlangan davlatlarning rivojlanishi amaliyoti. Sifat muammosi milliy 
g’oyaga aylanishi umumiy xarakterga ega bo’lishi lozimligini tasdiqlamoqda. 
Mahsulot sifati mehnat buyumlar va vositalaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Mehnat buyumlari va vositalaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Mehnat buyumlari sifatining yaxshilanishi ularning sarfining 
kamayishida, hom – ashyo va materiallarni qayta ishlash va mehnat sig’imining 
qisqarishida , yakuniy mahsulot sifatining yaxshilanishida o’z aksini topadi. 
Mehnat vositalari sifatining yaxshilanishi ularning unumdorligining, 
foydalanish muddatini oshishiga olib keladi. Buning natijasida qo’shimcha mashina 
va jixozlarga talab kamayadi, ta’mirlash ishlari xajmi pasayadi va natijada kapital 
holda ekspluatatsion xarajatlarning iqtisodiga erishiladi. Mahsulot sifatining 
yaxshilanishi, ishlab chiqarish to’zilmasini takomillashtirish vazifasini hal etishda 
ham muhim ahamiyatga ega. Xalq iste’moli mollari sifati talab to’zilmasiga, 
shuningdek ularni qondirish imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot sifati 
nafaqat texniq balki muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya 


sifatida iste’mol qiymati bilan bog’langan. Agar iste’mol qiymati tovorning 
foydalilik darajasini ifodalasa, mahsulot sifati – ulardan foydalanganligining aniq 
sharoitlarida iste’mol qiymatining shakllanishi darajasini ifodalaydi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida mahsulot sifati korxona faoliyatining tannarh 
baho, foyda va rentabellik kabi iqtisodiy ko’rsatkichlarini shakllantiradi. Mahslot 
sifatini oshirishning ahamiyatining ham makro, ham mikrodarajada ko’rib chiqish 
lozim. 
Makrodarajada sifatni oshirishni quyidagilarni ko’zda tutadi: 
-
Tovar va xizmatlar eksportini oshirish; 
-
Eksport to’zilmasini yaxshilash; 
-
FTTni jadallashtirishni amalga oshirish; 
-
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 
-
Xalqning yashash sharoitini yaxshilash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatli mahsulot ishlab chiqarish korxonalar 
uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu eng avvalo korxona imidjini shakllantirishidir. 
Yuqori darajadagi imidj – bu taniqli bo’lish, xaridorlarning firmaga nisbatan 
barqaror munosabatidir.

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish