Industrial iqtisodiyot


 Aylanma fondlarning tarkibi va to’zilmasi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   259
Bog'liq
Индустриал

12.2. Aylanma fondlarning tarkibi va to’zilmasi 
Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma 
mablag’lar bilan o’zviy bog’liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Muomaladaga
ishlab chiqarish fondlarining yig’indisi aylanma mablag’larni ifodalaydi. Aylanma 
mablag’lar 2ta fondni o’z ichiga oladi: 
-aylanma fondlar; 
- muomala fondlari. 
Aylanma fondlar, o’z navbatida ishlab chiqarish jamg’armasi, tugallanmagan 
ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahmulotlardan 
iborat bo’ladi. 
Muomala fondlariga jo’natishga yuklangan mahsulotlar va banklardagi pul 
mablag’lari kiritiladi. 
Korxonaning aylanma mablag’lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonida muhim rol o’ynaydi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayoning 
o’zluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Agarda sanoat korxonalarining aylanma 
mablag’lari kamayib ketsa, ular bankrotlikka yo’z tutadilar 
Aylanma to’zilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi 
amaliyotida ushbu mablag’larning tarkibi va to’zilmasini baholash va tahlil qilishga, 
shuningdeq ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma 
ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining eng faol qismi bo’lsa, 
muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi 
iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu erda umumiy qoida shundayki, aylanma 


mablag’lar doimo aylanishda bo’lishi zarur - ularning samaradorligi va korxona 
iqtisodiyotiga ta’siri aynan shunda ko’zga tashlanadi. 
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining asosiy va 
salmoqli qismi sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: 

ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab 
chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi 
materiallar, yoqilg’i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, 
qadoqlash va o’rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, 
yoqilg’i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari; 

tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor 
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda 
ishlov berish va yig’uv jarayonida bo’lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to’liq 
tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo’lgan 
mehnat predmetlari; 

kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin 
kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash 
va o’zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, 
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi 
xarajatlar va boshqalar). 
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari 
o’rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o’zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish 
fondlarining to’zilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va 
muomala fondlari o’rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona 
aylanma mablag’larining to’zilmasi deb ataladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab 
chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. 
Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, 
ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar 
bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar to’zilmasining tarmoqlar bo’yicha 
farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin. 
Aylanma fondlar to’zilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir 
tarmoq va bir korxonaning o’zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi 
xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, 
korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat 
taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo’lishi mumkin. 
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo’jalik yuritish 
qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko’rsatadi. 
Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning 
ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning 
guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo’lishiga va sun’iy tanqislikning 


yo’zaga kelishiga sabab bo’ladi. SHu sababli xom ashyo va materiallarni 
sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to’g’ri yo’lga 
qo’yish, chiqitlar va yo’qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan 
foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish 
doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi 
muhit, birinchi o’rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, 
umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog’liq bo’ladi. 
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan 
tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli 
bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko’rsatadi. Aylanma mablag’larning to’liq 
aylanishi uch bosqichdan iborat bo’lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va 
sotiladi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish