INDUKSION TIZIM ASBOBLARI
Reja:
Elektrodinamik tizim asboblari
O‘lchash vositalari va ularning turlari
O‘lchash vositalari va ularning turlari
Elektrodinamik tizim asboblarida tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siridan foydalaniladi. Ma’lumki, bir xil yo‘nalishdagi tokli o‘tkazgichlar bir-biridan itariladi. Bunday asboblarda aylantiruvchi moment qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amidagi tokning magnit maydoni bilan uning ichiga joylashtirilgan tokliqo‘zg‘aluvchan g‘altakning o‘zaro ta’siridan xosil bo‘ladi.
Rasm. Elektrodinamik mexanizmining sxemasi
Elektrodinamik tizim asboblarning ferromagnit o‘zakli va ferromagnit o‘zaksiz xillari bo‘ladi. FMO‘ asboblar ferrodinamik asboblar deb ataladi.
Ferromagnit o‘zaksiz asboblarning o‘lchash mexanizmi qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas g‘altakdan iborat bo‘lib, qo‘zg‘aluvchi g‘altak qo‘zg‘almas g‘altak ichida erkin aylana oladigan qilib
joylashtirilgan bo‘ladi. +o‘zg‘almas g‘altakning chulg‘ami 5 A va undan yuqori toklarga mo‘ljallangan, izalyasiyalangan mis simdan o‘raladi.
+o‘zg‘aluvchi g‘altakning chulg‘amlari esa 50 mA dan past toklarga mo‘ljallanib, izolyasiyalangan mis simdan ko‘p o‘ramli qilib tayyorlanadi.
/altaklardan biridagi tokning yo‘nalishi o‘zgarsa, qo‘zg‘aluvchi g‘altak qarama- qarshi tamonga buriladi. Agar tokning yo‘nalishi ikkala g‘altakda xam bir vaqtning o‘zida o‘zgarsa aylantiruchi momentning yo‘nalishi o‘zgarmaydi. SHuning uchun elektrodinamik tizim asboblari xam o‘zgaruvchan xam o‘zgarmas tok zanjirlaridagi o‘lchashlarda ishlatiladi.
Bu tizim asboblarida aylantiruvchi momentning o‘rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:
M 1
T
M dt VS2I2cos
T
0
-burchak, agar VK1I1 bo‘lsa, unda
MK1S22I1I2cos
O‘lchash mexanizmlarining muvozanat shartiga ko‘ra MMT yoki
K1I1I2 cos
Elektrodinamik tizimidagi milli-ampermetr va voltmetrlarda qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas g‘altaklar ketma-ket ulanadi. Voltmetrlarda g‘ataklarning ketma- ket ulangan zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulanadi. 0,5 A dan katta toklarga mo‘ljallangan ampermetrlarda qo‘zg‘aluvchi g‘altak chulg‘amlari qo‘zg‘almas chulg‘amlariga paralel ulanadi.
Ferrodinamik o‘lchash asboblarining tuzilishi magnitoelektrik tizim asboblarining o‘lchash mexanizmini eslatadi, faqat bunda o‘zgarmas magnit elektromagnit bilan almashtiriladi.
Elektrodinamik tizim asboblarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi;
katta aniqlikda gradirovka qilinishi;
vaqt bo‘yicha turg‘unligi.
Elektrodinamik tizim asboblarining kamchiliklari quyidagilardan iborat:
sezgirligining yuqori emasligi;
katta quvvat iste’mol qilishi;
o‘ta yuklamalarga sezgirligi.
Aniqlik sinfi 0,5; 0,2; 0,1 qilib ishlab chiqariladi. CHastota diapazoni esa 10 Gs dan 10 kGs gacha bo‘ladi.
Ferrodinamik tizim asboblarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
tashqi magnit maydanning ta’sirini kamligi;
kam quvvat iste’mol qilishi;
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi.
Ferrodinamik tizim asboblarining kamchilliklari quyidagilardan iborat:
aniqlik sinfining pastligi;
chastota daapazonining kichikligi.
Elektrodinamik va ferrodinamik lagometrli mexanizmlar yordamida fazometrlar, chastotamerlar, farodametrlar, induktivlikni o‘lchagichlar va boshqa o‘lchov asboblari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |