Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot man faatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xiz matlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyotning istiqbolini aniq lash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqi mining ham aniq manzili bo‘lishini talab qiladi.
Markazlashtirilgan rejalashtirishdagi yalpi-qiymatli yondashuv pul va
ayniqsa, tovar masalasini hech qanday boshqarmaydi, aksincha, uni ma’nosiz o‘rtacha xaridor deb ataluvchi xaridorga yo‘naltiradi. Faqat ishlab chiqarish rejasini bajarish va oshirib bajarish kerak bo‘ladi. Keyin bozorning o‘zi unga kelib tushgan tovarni yutib ketadi. Biz ning iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan doimiy taqchillilik qonuni shundan iborat edi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan tovarning biron-bir qismi bozorda o‘ziga xaridor topa olmasa, korxona hech qanday zarar ko‘rmas va u hech
qanday moddiy javobgarlikka tortilmas edi. Bunaqa «ish»dan kelib tushadi gan zarar jamiyat «yelkasiga» og‘ir yuk bo‘lib tushar edi, xolos arketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qa dar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivoj lanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday hol sodir bo‘ladi? Chunki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul al mashinuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekviva lentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va to‘liq bo‘lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri sikli boshlanishi o‘z o‘zidan mumkin emas. Eng kam xomashyo, materiallar, mehnat va moliya resurslar sarfi bilan talabni ko‘proq, to‘laroq qondirishga imkon beradigan marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda. Marketing faoliyatida iste’molchilar asosiy o‘rinni egallaydilar. Marketingning mohiyati deganda, tadbirkorlik faoliyatini olib boorish jarayonida ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni iste’molchilarga ularning iqtisodiy-ijtimoiy darajasiga qarab va sotib olish im koniyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish tushuniladi.
Tadbirkor o‘z faoliyati davomida marketing tadqiqotlarni olib borishni yaxshi anglashi kerak va ushbu sohani yaxshi bilishi lozim. Kichik tad birkorlik faoliyatlarida faqatgina marketing bo‘limini olib borayotgan mar keting tadqiqotlari qoniqtirmasligi kerak.
Marketing tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, buni nafaqat kichik tad birkorlik faoliyatlaridagi marketing bo‘limi yoki xodimining ish olib bori shi, balki hamma soha vakillari o‘z bilimi va vakolati doirasida olib brogan faoliyatlari yig‘indisigina bozorda ishonchli natijani kutish mumkin.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
talabni o‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.