MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
“Akt sohasida Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
INDIVIDUAL LOYIHA-2
Mavzu: Marketingning turlari, tovarni sotish va marketing kommunikatsiyalari
Guruh: 114-19
Bajardi: Jumaqulov Xudayberdi
Qabul qildi: Mirzaraximova Aziza
Toshkent 2022
Mundarija
Kirish 4
1-bob. 6
1.1. Marketing tushunchasining mazmuni va mohiyati 6
1.2. Marketing turlari 15
2-bob. 20
2.1. Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlarini va ularning tuzilishi 20
2.2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar 23
3-bob. 29
3.1. Kommunikatsiya siyosati 29
3.2. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi va unda reklamaning o’rni 32
Xulosa 36
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 39
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |