4-rasm. Tarbiyachilarning malum bir extiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikmalari haqida foizda
Javoblardan ma’lumki ko‘pchlik tarbiyachilar malum bir nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ish olib bormaganligi sababli ular bilan ishlash malakalariga ega emaslar.
Tadqioqotimiz natijasidan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki.tarbiyachi pedagoglar uchun AEMB bilan ishlash ko‘nikmasini shakillantirish uchun tarbiyachilar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish lozim hamda tarbiyachi pedagolarning malakasini oshirish uchun har 3 oyda malaka oshirish kurslariga jalb qilinish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5-rasm. MTT larga inklyuziv ta’limning joriy etilishi va yurtimizga kirib kelishining afzalligi xaqida
MTTlarga ham inklyuziv ta’limning joriy etilish foydali usul xisoblanadi. Sababi malum bir extiyojga ega bo‘lgan bolalarning jamiyatga qo‘shilishi yoshlikdan shakllanadi va osonlashadi. So‘rovnomada ishtirok etgan ko‘pchilik tarbiyachilarning fikrlari ham bu borada ijobiy taraflarga o‘zgardi.Tarbiyachi pedagolarning inkluziv ta’lim bo‘yicha tasavvurlari rivojlanishi uchun chet el malakasi bilan ularni tanishtirib kerak bo‘lsa ularni chet davlatlarga (inkluziv ta’lim rivojlangan ) malaka almashish uchun yuborish kerak.
6-rasm. Tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi haqida.
So‘rovnomadan ma’lumki hamma tarbiyachilar kasbiy kompetensiyani o‘zlaridan kelib chiqgan holda tushunishdi va bularning barchasi to‘g‘ri ma’lumotga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Tajriba-sinovlarimiz bo‘yicha xulosalar shundan iboratki, MTTlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilarning ko‘pchiligi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.
Yana bir muhum tarafi shundaki tarbiyachilarning 37 nafari, yani 69.8 % maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlamagan va ular bilan qanday ish olib borish haqidagi ko‘nikma va malakalarga ega emas. Eng achinarli tarafi shundaki so‘rovnomadagi “Sog‘lom bolalar bilan ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning birgalikda bilim olishiga qanday munosabat bildirasiz?” degan savolga, tarbiyachilarning 20 yafari, ya’ni 37,7 % qismi qarshiman deb javob berganlar. Bundan ko‘rinadiki tarbiyachilar va tashkilot direktorlari uchun alohida seminar-treyninglar tashkil etish, malaka oshirish kurslarida o‘qitib, ularga inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlar berish, hamda inklyuziv kompetensiyasini takomillashtirish zarur.
Biz so‘rovnoma o‘tkazgan DMTT pedagog-tarbiyachilariga MTTlarda inklyuziv ta’limning joriy etilishi insonparvarlikning muhim ko‘rinishi ekanligi, alohida ehtiyojga ega bolalar ham sog‘lom tengdoshlari qatorida ta’lim-tarbiya olish huquqiga egaligini tushuntirib, guruhlarda inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yishga doir mahorat darslarini tashkil qilib, bu yo‘nalishga doir dasturlarni taqdim etganimizdan keyin ularning inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qarashlari ijobiy tomonga o‘zgardi. Shundan keyin o‘tkazgan so‘rovnomamiz natijalari quyidagicha bo‘ldi: tarbiyachilarning qariyib 87% MTTlarda inklyuziv ta’limni joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdi. (7-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |