7-rasm. MTTlarda inklyuziv ta’limni joriy etishni qo‘llab quvvatlashga doir so‘rovnoma, maxorat darsliklaridan so‘ng
Bundan ko‘rinadiki, MTT pedagog-tarbiyachilarida inklyuziv kompetensiyani shakllanishi ularda inklyuziv ta’limga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirgan. Biz buni MTT pedagog-tarbiyachilari faoliyatining quyidagi ko‘rinishlarda kuzatdik:
MTT pedagog-tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasini takomillashtirish barqaror motivatsiya va ta'minlaydigan muayyan shaxsiy fazilatlarni shakllantirish (mehr-muhabbat, toleratnlik, ta’lim-tarbiya jarayoniga diferensial yondashuv) bilan o‘zaro integratsiya asosida rivojlantirilgan va kamol toptirilgan; alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari (jismoniy, ijtimoiy hissiy, nutq, muloqot, o‘qish, yozish, bilish jarayonlarining rivojlanishi, ijtimoiy rivojlanish) bo‘yicha tayanch kompetentsiyalarni (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish) shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslanganda tarbiyachi faoliyatining inklyuziv kompetetsiyasi kognetivlik asosida takomillashtirildi.
Alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari (jismoniy, ijtimoiy hissiy, nutq, muloqot, o‘qish, yozish, bilish jarayonlarining rivojlanishi, ijtimoiy rivojlanish) bo’yicha tayanch kompetentsiyalarni (kommunikativ, o’yin, ijtimoiy, bilish) shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslanganda tarbiyachi faoliyatining inklyuziv kompetetsiyasi kognetivlik asosida takomillashtirildi;
MTT tarbiyachilarining inklyuziv kompetentlik darajasini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari menejerlik, refleksivlik, kreativlik, kognetivlik, insonparvarlikka asoslangan innovatsion faoliyatga yo’nalganlik kabi talablar asosida takomillashtirilgan;
Shu tarzda, MTT tarbiyachilarining inklyuziv komprtetsiyasi quyidagi tamoyillarga asosan rivojlanib va takomillashib borishi mumkinligining guvohi bo‘dik. Bunda quyidagilar kuzatildi:
1) barqaror motivatsiya va ta'minlaydigan muayyan shaxsiy fazilatlarni shakllantirish,
2) pedagog-tarbiyachining ijodiy faoliyati va shaxsiy fazilatlarini aks ettirishi;
3) yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishga, shuningdek, nogiron o'quvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
4) umumiy pedagogik: insonparvarlik, individuallashtirish, izchillik, hamkorlik, muvaffaqiyat, hodisalar, madaniy muvofiqlik;
5) maxsus ta'limning korreksion-kompensator yo'nalishi;
6) ta'lim va tarbiyaga faol yondashish, zamonaviy ta'lim tizimida inklyuzim ta'limiga e’tiborning oshishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |