MDP – tranzistor asosli kalitlar. Uch turdagi MDP tranzistorli kalitlar keng ommaga tarqalgan bo’lib, ulardan: rezistiv yuklamali, dinamik (tranzistorli) yuklamali va komplementar (qarama-qarshi o'tkazuvchanlik turiga ega kanalli tranzistorlar). Berilgan bo'limda kalitlarning faqatgina birinchi turi ko'rib chiqilgan. Kalitlarning boshqa ikki turi asosan integral sxemalarda ishlatiladi. Rezistiv yulkamali MDP – tranzistorli kalitning sxemasi 1.9.-rasmda ko'rsatilgan.
1.9-rasm. Rezistiv yulkamali MDP turli tranzistorli kalit
Kalitni yopish uchun zatvorga Ez.yop < U0 kuchlanishi uzatiladi, bu yerda U0 - chegaraviy kuchlanish; kalitni ochish uchun Ez.och. > 0 kuchlanishi beriladi (odatda mantiqiy sxemalarda Ez.yop = U0, Ez. och. =Es). Kalitning chiqish volt – amper xarakteristikasi 1.10. - rasmda keltirilgan. Punktir chizigining chapida Usi=Uzi-U0 tavsiflarning keskin o’zgarish sohasi joylashgan, o'ngda esa ko’tariluvchi soha joylashgan, bu yerda (Usi - stok va istok orasidagi kuchlanish, Uzi-zatvor va istok orasidagi kuchlanish). Keskin o’zgarish sohasidagi stok toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Is=b[(Uzi - U0) Usi - U2si]. (1.9)
Ko’tariluvchi sohada esa stok toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Is= (Uzi- U0) 2.
Bu erda b = µS0 - solishtirma qiyalik darajasi, µ - zaryad tashuvchilarning kanaldagi harakatchanligi, S0 - zatvor osti dielektrikning solishtirma sig’imi, w - kanalning kengligi, L - kanal uzunligi.
O'chirilgan holatda (1.10-rasmda A nuqta) kalit qoldiq tok Iqol bilan tavsiflanadi, yoqilgan holatda esa (B nuqta) qoldiq kuchlanish Uqol bilan tavsiflanadi.
O'chirilgan holatda Iqol tipik qiymati 10-9 - 10-10A tashkil etadi. Kalitning yoqilgan holatida esa, to'yinish stok toki Ic.t sxemaning tashqi elementlari bilan aniqlanadi:
Is.t = .
1.10-rasm. Maydonli tranzistor asosidagi kalitning chiqish volt – amper tavsiflari
Kuchlanishning Usi kichik qiymatlarida, (1.9) formuladagi ikkinchi hadni Usi2 hisobga olmaymiz. Bu ifodani differensiallab, quyidagini topamiz:
Gk = = (1.10)
Uzi=Eyo’q deb faraz qilgan holda, topamiz:
(1.11)
MDP - tranzistorli kalitlarning tezkorligi asosan parazit sig'imlarning qayta zaryadlanish vaqti bilan shartlanadi.
MDP - tranzistorli kalitlning parazit sig'imlari 1.11-rasmda ko'rsatilgan bo’lib, bu yerda VT1 tranzistor asosli kalit sxemasi, u bilan bir hil bo’lgan VT2 kalitiga yuklangan bo’lib, bitta yigindili sig'imga ega ekvivalent sxema bilan almashtiriladi:
Cchiq=Cst + Cm + Czk + Czi + CzsKu.
Bu yerda Cct – stok-taglikning p-n o’tishdagi sigimi; Cm - o'tkazgichlarning montaj sig'imlari; Czk – zatvor-kanal sig'imi; Czi - zatvor-istok sig'imi; Czs - zatvor-stok sig'imi; Ku - ikkinchi kalitning aktiv rejimda ishlash mobaynidagi kuchaytirish koeffitsiyenti.
Rezistiv yuklamali kalitning yoqilish vaqt muddatini tyoq. Quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Tyoq.= 1,5 ,
bu yerda
Is(0)= (Ez.yoq. - U0)2.
O’chirilish vaqt muddati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
to’ch = 2,2 RsSchiq.
Kalitning tezkorligini oshirishning asosiy yo'li bo’lib, Cchiq sig'imni kamaytirilishi hisoblanadi. Sig'im oldindan berilgan bo’lsa, uning tezkorligiga Ic(0) ishchi tokni oshirish hisobiga erishish mumkin, U0 kuchlanishni kamaytirish yo'li bilan ham amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |