Imlo tamoyillari taraqqiyoti



Download 345 Kb.
bet3/33
Sana03.04.2022
Hajmi345 Kb.
#526486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
IMLO TAMOYILLARI TARAQQIYOTI

Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra, so‘zlar va ularning tarkibiy qismlari jonli so‘zlashuvdagi talaffuziga qarab emas, balki asl shakllariga muvofiq yoziladi. Masalan, uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht so‘zlari og‘zaki nutqda ushta, kep turipti, shamba, go‘sh shaklida aytiladi. Lekin morfologik tamoyilga asosan uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht tarzida yoziladi.
Morfologik tamoyil o‘zbek imlosining etakchi tamoyillaridan hisoblanadi. Imlo qoidalarining ko‘pchiligi morfologik tamoyilga asoslangan holda tuziladi. Bu tamoyil so‘z va morfemalarni yozishda bir xillikni ta’minlaydi.
Hozirgi o‘zbek imlosida morfologik tamoyil asosida yoziladigan so‘z va morfemalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Jarangli b tovushi bilan tugagan so‘zlarda bu tovush talaffuzda jarangsizlashib p tarzida aytiladi, ammo imloda asliga ko‘ra jarangli b tovushi bilan yoziladi: kitob, maktab, mirob, javob, g‘olib, kosib, tartib, laqab, azob, asab, targ‘ib, mansab, maktub, choyshab kabilar.
2. Jarangli d undoshi so‘z oxirida jarangsizlanib t tarzida talaffuz qilinadi, lekin asliga binoan har vaqt d bilan yoziladi:obod, ozod, savod, mard, dard, maqsud, dilshod, daromad, iqtisod, murod, harid, nobud, mavjud, madad, qand, zumrad, maqsad, tanqid va boshqalar.
3. O‘tgan zamon fe’lining III shaxs ko‘rsatkichi -di, o‘rin kelishigi qo‘shimchasi -da, chiqish kelishigi qo‘shimchasi -dan jarangsiz tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda progressiv assimilyasiyaga uchrab -ti, -ta, -tan shaklida aytiladi, shunga qaramay morfologik tamoyilga binoan har doim -di, -da, -dan tarzida yoziladi: o‘tti-o‘tdi, ketti-ketdi, tutti-tutdi, ichti-ichdi, bitti-bitdi, ishta-ishda, ko‘kta-ko‘kda, o‘tta-o‘tda, ottan-otdan, boshtan-boshdan, o‘qishtan-o‘qishdan singarilar.
4. Og‘zaki nutqda ba’zan so‘z oxirida yonma-yon kelgan qo‘sh undoshlardan keyingisi tushirilgan holda aytiladi, ammo yozuvda saqlanadi. Masalan do‘st, go‘sht, musht, g‘isht, juft, to‘rt, dasht, past, sust, rost, Toshkent kabi so‘zlarda so‘nggi t tovushi va xursand, bahramand, ixlosmand, davlatmand, garchand, Samarqand singari so‘zlarda so‘nggi d tovushi talaffuzda tushib qoladi. Lekin asliga muvofiq bunday so‘zlar oxirida t va d undoshlari yozilaveradi.
5. Ayrim so‘zlarning birinchi bug‘inida u unlisi kelsa, ikkinchi bo‘g‘inida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga ko‘ra u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turg‘un, mushkul, uzuk, uchqur, quzg‘un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.
6. So‘z o‘rtasida kelgan n undoshi o‘zidan keyingi b, m undoshlari ta’sirida m bo‘lib eshitiladi, ammo asli bo‘yicha doimo n bilan yoziladi: shamba, sumbula, tambal, mamba, aylamma, jomboz, yombosh, tambeh, yomma-yon (talaffuzda) –shanba, sunbula, tanbal, manba, aylanma, jonboz, yonbosh, tanbeh, yonma -yon (yozuvda) va boshqalar.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish