Imkoniyati cheklangan maxsus maktab internatida ijtimoiy pedagogik faoliyat


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi



Download 139,5 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi139,5 Kb.
#246864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdurazzoqova U 202.1

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda o‘rganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I—VIII) turlarga bo‘linadi:

I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);

III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;

IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.

Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.

Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi (keyinchalik ko‘r bo‘lgan) bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yil muddatli, o‘z faoliyatini ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.


Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish