Imkoniyati cheklangan maxsus maktab internatida ijtimoiy pedagogik faoliyat


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish



Download 139,5 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi139,5 Kb.
#246864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdurazzoqova U 202.1

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq 1—9 — sinflar hajmida o‘quvchilarga majburiy umumiy o‘rta ta’lim beruvchi sog‘lomlashtirish ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Davolanish, sog‘lomlashtirish va ta’lim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 1—9 — sinflariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi yo‘llanmalari asosida, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, shuningdek ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan qabul qilinadi.

Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bolalarning bo‘lishi muddati tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi kamida 25 nafarni, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi.

O‘quv yilining boshlanishi, darslar va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Ta’lim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida bo‘lishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi.

Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi — 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning II — IV sinflarida-40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa bo‘ladi.

Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi pedagogik va tibbiy xodimlarining tibbiy ko‘rsatmalari hamda tavsiyalariga ko‘ra ta’limni egallangan mehnat ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish asosida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun turli to‘garaklar, qiziqishlariga ko‘ra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar tavsiyalariga ko‘ra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan studiyalar tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining psixologik ta’minotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi.


Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish