Ilova ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish



Download 19,9 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi19,9 Kb.
#744839
Bog'liq
Informatika


O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-martdagi 14-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
4-§ Informatika o‘quv xonadagi jihozlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
245. Informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarda joylashtirish taqiqlanadi.
246. Informatika o‘quv xonasiga kirishda o‘quvchilarning ustki kiyimini osishga mo‘ljallangan shkaf bo‘lishi lozim.
247. Informatika o‘quv xonasi doskasining chap yoki o‘ng tomonida elektr ta’minotidan o‘chirib yoqish uchun qurilma bo‘lishi kerak.
248. Kompyuterning tizim bloki (protsessor) elektr quvvatining 220±20V dan oshmasligi lozim.
249. Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo‘lishi kerak.
250. Kompyuterning elektr quvvatini uzluksiz ta’minlovchi qurilma (UPS) bo‘lishi lozim.
251. Kompyuterning klaviaturasi va g‘ildirakli sichqonchasi bo‘lishi lozim.
8-§. Informatika o‘quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
157. Informatika o‘quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
xonaga qishki ustki kiyimda kirish;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish;
kompyuter ekraniga qo‘l va boshqa narsalarni tekkizish;
kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo‘yish;
nam qo‘l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;
kompyuter qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg‘ich va boshqa narsalarni tiqish;
kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;
kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
158. Kompyuter monitoriga tabiiy yorug‘likning asosiy oqimi chapdan tushishi kerak.
159. Informatika o‘quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo‘lgan xonalarni ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo‘lishi lozim.
160. Informatika o‘quv xonasida tabiiy yorug‘likning asosiy oqimi kompyuterda ishlovchining orqa va old tomonidan yo‘nalgan bo‘lishi mumkin emas.
161. Informatika o‘quv xonasining doskasi sun’iy yoritishda ikki tomondan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo‘llanilishi lozim. Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.
162. Informatika o‘quv xonalarida sun’iy yoritishda o‘quvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300 – 500 lk oralig‘ida bo‘lishi kerak.
163. Informatika o‘quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo sharoitida harorat va namlikning optimal holatda bo‘lishini ta’minlay oladigan havo haydovchi shamollatish vositalari bo‘lishi lozim.
164. Informatika o‘quv xonasining elektr ta’minoti elektrotexnika xavfsizligi talablari asosida bo‘lishi lozim.
165. Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo‘zg‘almaydigan va ko‘rinmaydigan bo‘lishi lozim.
166. Elektr manbaini ulash va o‘chirish qurilmasining joylashishi o‘qituvchiga elektr tokini zudlik bilan o‘chirish imkoniyatini berishi lozim. Uni sinf doskasining chap yoki o‘ng tomoniga o‘rnatish tavsiya etiladi.
167. Informatika o‘quv xonasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanish muddati ko‘rsatilgan va to‘ldirilgan o‘t o‘chirgich bo‘lishi lozim.
168. Devorlarni bo‘yashda ochiq rangli bo‘yoqlardan foydalanish lozim. Bo‘yoq tarkibida ohak kukunlari bo‘lmasligi lozim.
169. Informatika o‘quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur qaytarmaydigan bo‘lishi lozim.
170. Pol yuzasi tekis, sirpanmaydigan, tozalashga qulay va tok o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
171. Informatika o‘quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori havo atmosferasining sutkalik konsentratsiyasidan oshmasligi lozim.
Download 19,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish