Ilon Mask Twitter kompaniyasining eng yirik aksiyadoriga aylandi - OAV
Aksiyalar paketi qiymati 2,8 milliard dollardan ortiroqroqni tashkil etadi.
Ilon Mask Twitter kompaniyasi ulushini sotib olgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi 20 foizdan ortiqroqqa o‘sdi, deb xabar berdi Reuters.
AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Mask kompaniyaning 73,5 million dona aksiyasiga yoki barcha aksiyalarning 9,2 foiziga egalik qilmoqda.
Aksiyalar paketi qiymati 2,8 milliard dollardan ortiroqroqni tashkil etadi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Ko‘chmas mulkini ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan shaxs ijara shartnomasini Davlat soliq qo‘mitasi orqali elektron hisobga qo‘yishi, ijaraga olgan shaxs ham platformaga kirib buni tasdiqlashi lozim.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining 2 aprel kuni imzolangan 150-sonli qarori bilan, ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
«Qumtor» oltin koni to‘laligicha Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi
Ma’lumot berilishicha, «Qumtor» koni uch milliard dollarga baholanmoqda.
Foto: Kumtor.kg
«Qumtor» oltin koni to‘laligicha Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tsenterra» kompaniyasi bilan nizoni muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
«Shunday qilib, biz yirik milliy boyligimiz - «Qumtor» koni to‘laligicha Qirg‘izistonga o‘tishini ta’minladik. Bu «Qumtor» to‘liq Qirg‘izistonga tegishliligini anglatadi. Bugungi kun burilish oni sifatida mamlakatimiz tarixiga kiradi», dedi Japarov.
UZEX birjasi mijozlarining soni deyarli to‘rt karra oshdi
Birja savdolari iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanadi va talabga mos taklif hamda sof raqobatni nazarda tutadi. Savdoning bu ko‘rinishini mamlakat ichki bozori erkinligini aks ettiruvchi mezon, deb atash mumkin.
2022 yil yanvar-mart oylarida davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdo tizimi xarid.uzex.uz’da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uch marotabaga oshib, qariyb 4,2 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘larining tejalishi ham uch marotabaga o‘sib, 879,2 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.
Muammoga aylangan imtiyozli kreditlar soliq to‘lovchilar yelkasiga yuklatilishi mumkin
2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan, lekin haligacha qaytarilmayotgan kreditlar mahalliy budjetlarning oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplanishi mumkin. Bu masala hukumatda ko‘rib chiqilmoqda. Birgina 2021 yilda 2,8 trln so‘m imtiyozli kredit muammoliga aylangan. Avvalroq Markaziy bank raisi imtiyozli kredit bor joyda korrupsiya ham bo‘lishini aytgandi.
Ma’lumot uchun, tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi oxirgi 1 yilda 2 barobarga oshgan. 2021 yilning 1 fevral holatida 2,7 foiz (7,48 trln so‘m) bo‘lgan muammoli kreditlar ulushi 2022 yilning 1 mart holatida 5,3 foizga (17,21 trln so‘m) yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |