Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari Mavzu rejasi: - Sohaviy terminlarni qoʻllash xususiyatlari.
2.Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usullarda yasalishi. Ilmiy adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, ma‘lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qoʻllaniladigan va asosan oʻsha soha kishilari tushunadigan maxsus soʻzlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi. - Ilmiy adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, ma‘lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qoʻllaniladigan va asosan oʻsha soha kishilari tushunadigan maxsus soʻzlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
- Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Toʻnyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul boʻlgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qoʻshiqlarida ham mavjud boʻlgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish toʻgʻri boʻladi:
*
Umumiylik xususiyatiga ega boʻlgan atamalar.
*
Xususiylik xususiyatiga ega boʻlgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yoʻnalishlari uchun tushunarli boʻlgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, koʻrik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qoʻllash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin
E‘tirof etish kerakki, Oʻzbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy- texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga koʻra ularni quyidagi yoʻnalishlarda Oʻrganamiz:
1.Arabcha
- amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in‘ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma‘naviy, ma‘rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Fors-tojikcha
- bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
Ruscha-baynalmilal
- abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |