Loyihalashtirishning meyorlari tizimi
Amaldagi qurilish meyorlari va qoidalari (SNiP) – loyihalashtirishning hamma tomonlarini o’z ichiga oladi, bular muhandislik qidiruv ishlari, loyihalash va qurilish ishlari, yangitdan qurilgan korxonalarni foydalanishga qabul qilish, texnikaviy asoslash, smeta qiymatini va materiallar sarfini aniqlash, qurilish muddati, mehnat sarfi, ish haqi va boshqalar.
SNiP- quyidagi 4 ta qismdan iborat:
Qurilish materiallari, jihozlar, moslamalar va uskunalar. Sarflar va ishlatish meyorlari.
Bino va inshoatlarni loyihalashtirish bo’yicha qurilish hajmini rejalashtirish va konstruktivlik yechimlarini hal qilish usullari.
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish va texnologiyasi meyorlari.
Smeta meyrlari va qoidalari
Loyiha smeta ishlarini tashkil qilish.
Bu ishlarni tashkil qilish quyidagi bosqichlardan (etaplardan) iborat:
Тexnika – iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish (ТEO);
Тexnikaviy loyiha (loyihalashning mazkur bosqichida qurilishning va keyinchalik bu ob’ektlardan foydalanishning hamma asosiy masalalari hal qilinadi);
Ob’ektning har bir bo’laklari bo’yicha ishchi chizmlari tayyorlanadi.
Texnikaviy ishchi loyihalar (bunday loyihalar bir xil usulda (tipovoy) loyihalardan foydalanib quriladigan ob’ektlarni qurishda yoki murakkab bo’lmagan ob’ektlarni qurishda ishlatiladi).
6. 3. Loyiha yechimlarning samaradorligini aniqlash usullari
Loyiha yechimlari smaradorligini aniqlashda qo’lllaniladigan ko’rsatkichlar tizimi qurilish va ekspluatatsiya jarayonida ishlatiladigan ko’rsatkichlarga bo’linadi:
qurilish ko’rsatkichlariga taaluqli:
Qurilishning smeta qiymati so’m.
Keltirilgan xarajatlar yil/so’m.
Kapital qo’yilmalarning o’zini o’zi qoplash muddati (yilda).
Yillik bajarilgan ishlarni hajmi (so’mda)
Qurilish montaj ishlarini yuqori mehnat sig’imliligi.
Qurilishning davomiyligi (muddati cho’zilishi).
Asosiy qurilish materiallarining sarfi.
Yig’malik koeffitsiyenti %.
Qurilish montaj ishlaridagi ishchilarning asosiy ish haqi (so’mda).
Qurilishda mashina va mehanizmlardan foydalanish xarajatlari (so’mda).
Materiallarni qurilish maydonchasiga tashish xarajatlari (so’mda).
Muhandislik kommunikatsiyalarning uzunligi.
Ekspluatatsiyaga taaluqli ko’rsatkichlar.
Mahsulot birligining tannarxi (so’mda).
Inshoatlarni saqlashga bog’liq bo’lgan yillik ekspluatatsiya xarajatlari.
1 ta ishchi hisobiga bajarilgan ish (so’mda).
Inshoatlarni xizmat muddatlari (yil).
Joriy ta’mirlash qiymati. (so’mda).
Kapital ta’mirlash qiymati (so’mda).
Inshoatlarni to’liq tiklashga sarf qilinadigan xarajatlar (so’mda).
Loyiha yechimlarining samaradorligini aniqlashda mazkur davrga mo’ljallangan texnikaviy iqtisodiy ko’rsatgichlarnigina emas, balki ularni o’zgarib, rivojlanib borishini ham hisobga olish zarur, texnikaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarning taqqoslanishiga rioya qilish kerak. Buning uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo’lishi kerak:
Qurilishda bir xil shart – sharoitlar mavjud bo’lishi (iqlimi, yerlarning tekisligi, tuproqning holati va boshqalar).
Тaqqoslanadigan ob’ektlarning foydalanishdagi yo’nalishning bir xilligi, kapital sig’imi, hajm sig’imi, quvvati, ishlash va faoliyat ko’rsatish sharoiti va boshqalar.
Loyihalash darajasining bir xilda borishi va loyiha sifatining darajasi.
Smeta qiymati ko’rsatkichini hisoblash uchun bir xildagi boshlang’ich bazasining mavjudligi.
Bir xildagi meyoriy hujjatlardan foydalanishlik.
Тexnikaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlashda bir xil uslubdan foydalanish.
Bir xil foydalanish ekspluatatsiya sifatiga ega bo’lgan inshoatlarni variantlari bo’yicha loyiha yechimlari nisbiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |