Ilmiy tadqiqot markazi



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

Furqatov Farrux
“NEW LIFE Sug`urta kompaniyasi” AJ
 
Zamonaviy dunyoni axborot va raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi, turli 
inson faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan texnologiyalar bugungi kunda 
qimmatli qog'ozlar bozorida savdo qilishda ham keng foydalaniladi. Zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanishga olib kelgan muhim faktorlar bo`lib, mehnat yuklamasini 
kamaytirish, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, vaqtni qisqartirish o'zgaruvchan 
bozor talablariga javob berish hisoblanadi. 
Raqamli texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida moliyaviy va texnologik 
xizmatlarning xalqaro integratsiyasi, moliyaviy xizmatlar nomenklaturasi va ularning yangi 
soha va tarmoqlarni qamrab olishining kengayib borayotganlik tendentsiya kuzatilmoqda. Bu 
tendentsiya 1990-
yillarning oʻrtalaridan boshlangan bo`lib, hozirgi kunda esa moliyaviy 
institutlar faoliyatining axborotga bog'liqligi ortib borishi sharoitida raqamli texnologiyalar 
keskin rivojlanayotganligi kuzatilmoqda.
Axborot texnologiyalari sanoatining rivojlanish istiqbollarini quyidagi ma'lumotlarda 
ko'rish mumkin. “Rossiya Federatsiyasi axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish 
strategiyasi”ga ma'lumotlar
iga ko'ra, hozirgi vaqtda IT sohasining YaIMdagi ulushi 1,06% ni 
tashkil qiladi. Shu bilan birga, 2025 yilda bu ulushni 1,45 foizgacha, 2036 yilda esa 4 foizga 
oshirish rejalashtirilgan
199

Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi qimmatli qog'ozlar bozori infratuzilmasida aniq 
belgilangan rivojlanish tendentsiyalari mavjud bo`lib, raqamli texnologiyalardan foydalanish 
investorlar uchun yangi istiqbollar paydo qilmoqda zero, xususiy investorlar xorijiy qimmatli 
qog'ozlarni sotib olish va sotish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek ko'plab mahalliy 
kompaniyalar o'zlarining qimmatli qog'ozlarini g'arb moliya bozorlarida joylashtirish orqali 
arzon kapital jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. 
Kompaniyalar uchun bu istiqbollar bir qator vazifalarni yuklaydi, bunda ularga turli xil 
raqamli texnologiyalar yordam beradi. Rossiya Fond bozorida kompaniyalar tomonidan 
foydalaniladigan raqamli texnologiyalarni uch guruhga ajratish mumkin. 
1.
Aniq bir korxona uchun yaratilgan raqamli texnologiyalar 
2.
Regulyativ yordam ko`rinishidagi texnologiyalar 
3.
Aniq biror maqsadga yo`naltirilmagan texnologiyalar 
Raqamli texnologiyalar moliyaviy bozor ishtirokchilarini faoliyatining samaradorligini 
yaxshilashga, mijozlar tarmog'ini kengaytirishga yordam beradi. Bunday vazifalar uchun 
ma'lum bir kompaniya uchun moslashtirilgan turli xil dasturiy ta'minot tizimlari yaratilgan. 
Ushbu texnologiyalar moliyaviy modellarni shakllantirish, risk parametrlarni hisoblash, 
shuningdek, mijozlar fond bozori terminallarda savdo qilish uchun yaratilgan turli xil 
vositalarni o'z ichiga oladi. 
Qimmatli qog'ozlar bozorini raqamlashtirish uning ishtirokchilarining faoliyati 
jarayonida vujudga keladigan ko'plab muammolarni shu jumladan, internetning rivojlanishi 
bilan birga tobora kengayib borayotgan turli xil firibgarliklarni va boshqa muammolarni 
yechishda foydalanilishi mumkin. Hozirda Rossiya qimmatli qo`g`ozlar bozorida bozor 
barqarorligi va uning faoliyatini optimallashtirish oshirishi mumkin bo'lgan ko'plab 
texnologiyalar va dasturiy ta'minotlar mavjud. Bu guruh texnologiyalar RegTech, SupTech, 
bulutli texnologiyalar, tizimli masofaviy identifikatsiya va autentifikatsiya dasturiy 
yechimlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, hozirgi kunda hech bir kompaniya ichki va tashqi 
199
Стратегия развития отрасли информационных технологий в России.. URL: https://www.tadviser.ru/index.php (дата 
обращения: 28.11.2022)


329 
faoliyatida ixtisoslashgan holda elektron hujjat aylanishini yo'lga qo'yishga yordam beruvchi 
dasturiy komponentlardan foydalanmasdan o`z faoliyatini yo`lga qo`ya olmaydi. 
Rossiya Federaatsiyasidagi eng yirik birjalardan biri hisoblanadigan Moskva Fond 
Birjasida aniq bir foydalanuvchi uchun ishlab chiqilgan elektron hujjat aylanishi tizimidan 
foydalaniladi. 
Elektron hujjat aylanish tizimlari bitimlar va boshqa yuridik ahamiyatga ega 
harakatlarni amalga oshirishda elektron hujjatlardan foydalanishni ta'minlaydi. An'anaviy 
qog'ozdan foydalanish bilan bog'liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ish jarayonida qog'ozsiz 
texnologiyalarga o'tish, elektron hujjatlar bilan bog'liq xavflarni kamaytirishga yordam 
beradi. Axborot alamshinuvini ta`minlovchi tizim tomonidan, elektron axborot 
alamashuvchilarning huquqlari buzilmasligi ta`minlanadi.
Moskva birjasi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarish uchun raqamli texnologiyalarsiz faqat inson mehnati orqali amalga 
oshirish imkonsiz bo`lgan ko'plab jarayonlarni nazorat qilishi talab etiladi. Keng mashtabdagi 
bunday muammolarning hal qilish uchun dasturiy ta'minotlardan foydalaniladi. Ushbu 
jarayonda foydalaniladigan dastlabki raqamli texnologiyalar “regtech” yoki Regulatory 
technologies deb nomlanadi.
RegTech 

moliya bozorida faoliyat yuritadigan tashkilotlar tomonidan tartibga solish 
va nazorat talablarini bajarishbilan bog'liq jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. 
Xalqaro tajribaga muvofiq, RegTech texnologiyalarining qo'llanilishi eng keng tarqalgan 
sohalariquyidagilardan iborat: 
• regulyator talablariga muvofiqligini tekshirish yoki muvofiqlikni nazorat qilish;
• mijozni identifikatsiya qilish;
• operatsiyalarni monitoring qilish;
• axborot xavfsizligi, tizim auditi;
• korporativ boshqaruv;
• risk
larni boshqarish; 
• hisobot berish
RegTech texnologiyalari Moskva fond birjasiga regulyatorning talablariga rioya qilish, 
shu jumladan zarur hisobotlarni tayyorlash jarayonni optimallashtirish, mijozlarni 
identifikatsiya qilish tartib-qoidalarining ishonchliligini va tezligini oshirish, tranzaksiyalarni 
amalga oshirish, shuningdek, risklar darajasini nazorat qilishni va kiber tahdidlarga qarshi 
turish imkonini beradi. Ushbu raqamli texnologiyalarda limitlarga rioya etilishini avtomatik 
nazorat qilish tizimlarining mavjudligi, belgilangan chegaralarning ko'p darajali tuzilishi va 
real vaqt rejimida foydalanuvchini belgilangan ko'rsatkichlar bo'yicha risk darajasiga erishish 
haqida xabardor qilish imkonini beradi. Zamonaviy yechimlar tabaqalashtirilgan yondashuvni 
ta'minlaydi va barcha turdagi bozor risklarini kuzatib borish imkon beradi. 
Identifikatsiya texnologiyalari - mijozlar va ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni 
tekshirish bilan bog'liq pul operatsiyalarida, shu jumladan xizmatlar uchun dastlabki 
to`lovlarni qabul qilishda, shuningdek jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirish, 
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish maqsadida ushbu operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida shaxsni 
identifikatsiyalashga yordam beradi; 
Tranzaksiyalarni monitoring qilish texnologiyalari-pul o'tkazmalari, valyuta 
operatsiyalari, shuningdek moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar bilan bog'liq jarayonlardagi 
xatoliklarni aniqlashga qaratilgan; 
Risklarni boshqarish texnologiyalari - risklarni boshqarishni avtomatlashtirishga 
qaratilgan texnologiyalar bo`lib, bozor xatarlariga nisbatan moliyaviy vositalarni, pul 
mablag'lari bilan operatsiyalarni baholashni, belgilangan chegaralarni nazorat qilishni va 
boshqa xatarlarni aniqlash tizimlarni avtomatlashtirishni o'z ichiga oladi va operatsion 


330 
xatarlarga nisbatan ular ichki protseduralar samaradorligini oshirishga, firibgarlikdan himoya 
qilishni ta'minlashga imkon beradi. 
Hisobot berish bilan bog'liq texnologiyalar - hisobotlarni avtomatik ravishda 
shakllantirish va taqdim etishga, shu bilan axborot tizimlarining ishlash xarajatlarini 
kamaytirishga imkon beradi. 
Regulyativ texnologiyalar bir tomondan xarajatlarni kamaytirishga imkon bersa 
(axborot tizimlarini boshqarish xarajatlarini kamaytirish, xodimlarni qisqartirish, shuningdek 
nazorat tartib - qoidalarini tezlashtirish orqali) va boshqa tomondan-davlat va boshqa nazorat 
qiliuvchi organlar tomonidan o`rnatilgan tartib 

qoidalar talablariga muvofiq faoliyat 
yuritishni ta'minlashga xizmat qiladi. Shunga asoslanib, RegTech rivojlanishining 
harakatlantiruvchi kuchi bozorning barcha ishtirokchilari degan xulosaga kelish mumkin. 
Rossiya moliya bozorida foydalaniladigan raqamli texnologiyalar bir qanchani tashkil 
etib, ulardan biri Sup Tech (Supervisory technology) hisoblanadi.
SupTech

ushbu texnologiyalar faoliyat samaradorligini oshirish uchun moliya 
bozorlarida tartibga solish va nazorat organlari amaliyotiga joriy etilmoqda. Bunday 
texnologiyalar moliya bozori sub'ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni va boshqa 
ma'lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash, bozor va operatsion xatarlarni monitoring 
qilish va tahlil qilish, tartibga solish talablarini raqamlashtirish, moliya bozori sub'ektlariga 
ushbu talablardagi o'zgarishlarni tezda aniqlash va ularni o'z amaliyotida qo'llash imkonini 
beradigan xizmatlarni ishlab chiqish va boshqalar bilan bog'liq xizmatlarni taqdim qilish bilan 
shug`ullanadi. Suptechning rivojlanishi, Rossiya banki ta'kidlaganidek, "tartibga solish va 
nazorat sohasidagi yondashuvlarni modernizatsiya qilish uchun regulyatorlarning diqqat 
markaziga to'liq bog'liq". 
Sup Tech texnologiya ma'muriy jarayonlarni osonroq amalga oshirish va 
avtomatlashtirish, hisobotlarning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi shuningdek, qimmatli 
qog'ozlar bozorini raqamli formatga transformatsiyasiga katta xizmat qiladi. 
Moskva birjasiga uning faoliyati samaradorligini oshirishga bevosita yordam berish, 
dasturiy ta'minot tizimlaridan biri bo`lib "Garovni hisoblash moduli" hisoblanadi.
Ushbu texnologiyalarda fyuchers va opsionlarning kafolat tizimining o'zagini hisoblash 
algoritmi tashkil etib, marjinal savdo ishtirokchilari uchun ochiq pozitsiyalariga yetarli garov 
mavjudligini hisoblashdan iborat. Ushbu texnologiyalar defolt xavfini kamaytirish va har bir 
kliring firmasi pozitsiyalarining bozor xavfi darajasini doimiy ravishda baholash uchun 
maksimal darajada imkon beradi. 
Garovlarni hisoblash moduli butun algoritmi alohida dasturiy modul sifatida amalga 
oshiriladi. Ushbu modul hozirda birjalar tomonidan savdo sessiyalari vaqtida savdo 
ishtirokchilari va ularning mijozlari buyurtmalarni joylashtirishda mablag'larning yetarliligini 
nazorat qilish uchun qo'llaniladi. 
Garovni hisoblash moduli - bu xotiradagi ma'lumotlar bazasi va u bilan ishlash uchun 
protseduralar to'plamidan iborat bo`lib, modul 4 turdagi ma'lumotlarni saqlaydi: 
1.
Savdo amalga oshirilishi rejalashtirilgan instrumentlardagi pozitsiyalar bo`yicha 
xatarlarni tahlil qilish; 
2.
Garovni hisoblash modulida hisoblab chiqiladigan xavflarni baholash parametrlari; 
3.
Ishtirokchilarning pozitsiyalarini hisobga olgan holda kliring bo`limlari ro`yxati, (savdo 
bo'limlari ierarxiyasi fyuchers bozorida ishlaydigan ierarxiyani takrorlaydi: hisob-
kitob markazi bo'limi > sub-broker darajasi bo'limi > mijoz bo'limi); 
4.
Savdo ma'lumotlari (har bir bo'limdagi ochiq pozitsiyalar soni va har bir instrument 
bo`yicha faol buyurtmalar soni, shuningdek ularning narxlari). 
Shuningdek, modul bilan o'zaro ishlashning barcha protseduralarini ham bir necha turga 
bo'lish mumkin; 
-Modulni ishga tushirish tartibi; 


331 
-Fyuchers bozorida sotiladigan instrumentlar bo'yicha risklarni baholash uchun birja 
parametrlarini olish tartibi; 
-Modulda saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash tartiblari (qo'shish, yangilash yoki 
foydalanish); 
-Har bir sub-broker-mijoz darajasida garovlar hajmini hisoblash tartiblari; 
Barcha yuqorida ko'rib chiqilgan dasturiy ta'minot tizimlari Moskva birjasi faoliyatga 
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, ushbu dasturiy yechimlar kompaniyalarga fond 
birjalari rivojlanishining oldingi bosqichlarda imkonsiz bo'lgan dunyoning turli 
burchaklaridan faoliyat yuritish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalarning eng muhim 
afzalliklari ko'proq fuqarolar uchun moliyaviy xizmatlar bozoriga imkoniyatlar ochishida 
namoyon bo`ladi. Biroq, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, tartibga soluvchi va 
nazorat organlari faoliyatida keng samara beradi. Ushbu texnologiyalar yordamida qimmatli 
qog`ozlar bozorini tartibga solish bo`yicha amalga oshiriladigan harakatlar aniq belgilangan 
holda, turli xil rsiklarni samarali kamaytirish imkonini beradi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish