MOLIYA BOZORI ELEKTRON SAVDO TIZIMLARI VA ULARNING FAOLIYATI
Sharofiddinov Nozimjon O‘ktam o‘g‘li,
GulDU, iqtisodiyot yo‘nalishi
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan,
borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega
munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanl
igi
aniq bo‘lmoqda.
Bunda moliya bozorlari na- faqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot
rivojini belgilamoqda.
Moliya bozori savdo tizimlari
–
moliyaviy instrumentlarning (pul, kreditlar, valyuta,
qimmatli qo
g‘
ozlar) bozor muomalasi jarayonlarini tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va
normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy
me‘yoriy hujjatlar), traditsiyalar, tamoyillar hamda
ushbu jarayonlarni normal kechishiga xizmat ko‘rsatuvchi professional qatnashchilar
majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‘yicha quyidagicha
ajratish mumkin:
-
qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimlari;
-
pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli hillari) va valyuta (xorijiy EKV)
savdosi tizimlari;
-
kreditlar savdosi tizimlari;
-
sug‘urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;
-
moliyaviy (valyuta) qiymatga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari,
qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi
tizimlari.
Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning
mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‘lishi mumkin.
Valyutalar savdosi tizimi misolida
FOREX
xalqaro elektron tizimini va valyuta
almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit
tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.
322
Sug‘urta polislari sug‘urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar
yordamida sotiladi.
Valyuta qiymatiga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus auksionlarda
savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar maxsus auksionlarda savdo
qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi. Bunday
bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja bo
zorlari va birjadan
tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari orqali ham, mustaqil holda ham amalga
oshirishlari mumkin.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha
vakolatli
davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, qimmatli qog‘oz
kursini, qimmatli qog‘oz bo‘yicha talab va taklif narxini qayd qilish, narxlarning eng baland va
eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar.
Narxlarni emitentlarning o‘zlari kotirovkalashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo operatsiyalari to‘rt bosqichda
amalga oshirilishi mumkin:
-bitishuvni (Shartnomani) tuzish;
-tuzilgan bitishuv parametrlarini tekshirish (solishtirish);
-
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kliringni amalga oshirish;
-
bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli
qog‘ozlarni yangi
egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi tomonidan amalga
oshiriladi.
Savdo tizimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-har bir savdo qatnashchisiga bozordan alohida joy ajratib berish;
-narx-navoning muvozanat va obyektiv darajasini arbitraj asosida aniqlash;
savdo jarayonida taraflar tomonidan savdo ijrosini aniq, to‘liq, o‘z vaqtida va
kafolatli bajarilishini ta‘minlash;
-savdolarni ochiqlik va oshkoralik asosida tashkillashtirish;
-savdo qatnashchilari tomonidan normalarga va kodek
siga rioya qilinishini ta‘minlash.
Savdo tizimlarining funksiyasi
–
bu o‘zi orqali moliyaviy resurslarni samarali va obyektiv
narxlarda iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini
ta‘minlash.
Birja tovari
–
birja savdosi
obyekti bo‘lib, uning sifatida turli standartlangan va
sertifikatlangan tovarlar bo‘lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‘ozlar, homashyolar, mulk,
kredit, valyuta va h.k.
Savdo tizimlari tomonidan tovarlarga ma‘lum talablar qo‘yiladi: standartlilik, bir h
il sifat
(sertifikatlangan), bir tovarni boshqa partiyadagisi bilan almashuvchanligi, tovarning miqdor
o‘lchamliligi.
Savdo mexanizmi tovarning obyektiv narxini (bahosini, kotirovkasini) talab va taklifga
bog‘liq tarzda belgilaydi.
Umuman olganda, moliya bozori savdo tizimlari tovarlarning sifat darajasini bozor
savdosi qatnashchilari tomonidan savdo jarayonida barqarorligini ta‘minlanilishini
tartiblashtiradi.
Fond birjasida savdolar sessiyalar bilan o‘tkaziladi. Bu degani, bir vaqtning o‘zida
birjad
a har hil turdagi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo o‘tkazilmaydi. Masalan, banklar
323
aksiyalari uchun alohida sessiya belgilanadi, obligatsiyalar bo‘yicha esa boshqa sessiya
o‘tkaziladi va h.k.
Savdo boshlanishiga odatda qimmatli qog‘ozlar kurslari ma‘lum bo‘
lib, ularning strat
kursini kotirovka komissiyasi e‘lon qiladi. Keyin esa savdo boshlanadi.
Savdo turli usullarda o‘tkazilishi mumkin, masalan:
-
guruhli, ya‘ni kun davomida sotish va sotib olish uchun talablar jamlanib, bir kunda bir
yoki ikki marotaba
birja savdosiga qo‘yiladi;
-
uzluksiz, ya‘ni sotish va sotib olishga bo‘lgan talablar uzluksiz solishtirib boriladi, agar
ular mos kelsa, unda savdo sessiyaning istalgan vaqtida sodir etilishi mumkin.
Birja zalida savdo odatda auksion shaklida amalga oshiriladi. Talab va taklifning kichik
miqdorida oddiy auksion sotuvchi (sotuvchi auksioni) yoki sotib oluvchi (haridor auksioni)
tomonidan tashkillashtiriladi. Oddiy auksion ingliz turi bo‘yicha tashkillashtirilishi mumkin,
agar sotuvchilarsavdo bo
shlanishiga qadar qimmatli qog‘ozlarini boshlang‘ich narxda sotuvga
qo‘ysa. Auksion jarayonida raqobat asosida berilgan eng yuqori narxda sotuv amalga
oshiriladi.
Gollandcha auksionda boshlang‘ich narx yetarlicha yuqori miqdorda qo‘yilib, auksion
savdosi jarayonida ketma-ket pasaytirilib boriladi toki, haridorlardan biri taklif qilingan
ohirgi narxga rozilik bildirmagunicha davom etadi.
Elektron savdo tizimi
–
bu tovarlarning (savdo obyektlarining) birjadan tashqari
savdosini tashkiliy vositalar va ahborot texnologik kommunikatsiyalar majmuasi yordamida
bir butun informatsion fazoda tashkillashtiruvchi tashkiliy huquqiy shaklda (yuridik shaxs
maqomida) tuzilgan murakkab tarmoqlangan savdo tizimi bo‘lib, o‘z qatnashchilariga
shartnoma tuzish, tuzilgan shartnoma parametrlarini tekshirish, kliringni (hisob-kitobni)
amalga oshirish, bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va
qimmatli qog‘ozlarni yangi egasiga berish) bo‘yicha qulay va yetarli imkoniyatlarini beruvchi
tashkillashgan bozor mexanizmi.
Bunda savdo qatnashchilari bir-birlari bilan virtual informatsion, uzluksiz savdo
rejimida real tovarlar savdosi muomalasiga kiradilar. Ushbu tizimda turli hil tovar (jumladan
qimmatli qog‘ozlar) muomalada bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog
‘ozlar bo‘yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining faoliyati
deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini
beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan
foydalanishning
belgilangan qoidalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish
faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari listing -
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni
birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‘yishdir.
Bir
jadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda
o‘tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Elektoron savdo tizimi faoliyati o‘ziga quyidagi bosqichlarni kiritadi:
-tizimga kirish va uni himoyasi;
-
savdo obyekti to‘g‘risidagi bozor informatsiyasini ko‘rib chiqish (kuzatish);
-tizimga bitishuvlarni sodir qilishga talablarni (buyruqlarni) kiritish;
-uzluksiz savdo rejimija bitishuvlarni tuzish;
-buyruqlar hisobi kitobini yuritish;
-
tizimdan foydalanuvchilarga bitishuvlar to‘g‘risidagi informatsiyani tarqatish;
-
har bir bitishuv bo‘yicha tizimning faoliyatini nazorat qilish.
Elektron savdo tizimlarining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-savdo operatsiyalarini kunning istalgan vaqtida amalga oshirish imkoniyati;
-jahon fond bozorlariga turli regionlardan brokerlarning maksimal kirishi;
-nisbatan kichik miqdordagi operatsion harajatlar;
-
savdoda qatnashchilari to‘g‘risidagi informatsiyani yuqori darajada
324
mahfiyligi (konfidentsialligi);
-traditsion birja savdosidan farqli (odatda haridorning birgina qulay narxi va
sotuvchining narxi), bir vaqtning o‘zida bir necha qulay narxlarni ko‘rish imkoni mavjud.
Elektron savdo tizimlarining keltirilgan ijobiy tomonlariga qaramasdan ular hozircha
to‘laligicha amalga oshirila olinmayapti, natijada elektron bozorlarning likvidlilik darajasi
nisbatan pastroq bo‘lib qolmoqda. Bunda quyidagilarni to‘siq sifatida ko‘rsatish mumkin:
-
elektron savdo dilerlarning o‘z operatsiyala
rida kontragentlari bilan ish yuzasidan
mulohaza qilishiga asoslangan professional intuitsiyasini to‘liq ishlatishiga qiyinchilik
tug‘dirmoqda;
-
buyruqlarning qo‘shimcha shartlarini hisobga olish imkoni yo‘qligi, ba‘zan esa bitishuv
ijrosiga buyruqlarni t
o‘htatish mumkin emasligi.
-
tizimda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning risklilik darajasini nisbatan yuqoriligi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan, elektron savdo tizimlari jadal rivojlanib
bormoqda.
Hozirda, jahon savdo amaliyotida ellikdan ziyod turli hil elektron savdo tizimlari mavjud
bo‘lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |