Kuraga tayyorlash texnologiyasi. Kuraga ikkiga yorib quritilgan o’rikdir. U yirik mevalardan tayyorlanadi. O’rikni terish, tashish, saq-lash, navlarga ajratish va yuvish turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Yaxshilab yuvilgan o’rik chizig’idan ikkiga ajratilib danagi olinadi. Bu ish qo’lda bajariladi.
Meva pallachalari qaynoq suvda 45-60 daqiqa tutiladi, ichi tomo-nini ustga qaratib podnoslarga teriladi va oltingugurt bilan dudlanadi. Har bir kilogramm mevaga 1.5-2 gramm oltingugurt ishlatiladi, dudlash 45-60 minut davom etadi. Dudlangan meva podnosi bilan birga so’kchak-larga olib quritiladi. Namning 1/2—2/3 qismi qochgandan so’ng o’rik pallachalari ag’darib, taxminan namning 3/4 qismi qochgandan so’ng podnoslar shtabelga taxlab qo’yiladi. Kuraga oftobda taxminan 24-30 soat quritilishi lozim. Shu davrda u asosan qurib bo’ladi. Soyada esa bir tekis qu-riydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |