A hrori Xo’jaahrori, Mayskiy deb ham ataladi. Ertapishar nav bo’lib, O’zbekistonning barcha viloyatlarida o’stirish uchun tumanlashtirilgan. Mevasi may oyi oxirida pishadi, yirik (45—50 g). Daraxti katta, keng piramidasimon, shox-shabbasi qalin. Uyzasi yumaloq, zarg’aldoq to’q sariq, tukli, eti sariq, shirin-hushxo’r. Danagi etidan ajralmaydi, mag’zi achchiq.
O qpayvandi xo’raki nav bo’lib, daraxti katta, shox-shabbasi gumbazsimon. Mevasi iyunda pishadi, tuxumsimon, bir oz do’mboq, qizgish, oq sariq, eti ko’kish-sariq, mayin, pordon-chuchuk, xushxo’r; danagi etidan oson ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |