Ilmiy rahbar: Shukurov Halima Annotatsiya


Jumladan o'quv qurollariga



Download 63 Kb.
bet2/2
Sana20.04.2022
Hajmi63 Kb.
#566039
1   2
Bog'liq
Yozuv qurollari

Jumladan o'quv qurollariga: daftarlar, ruchka, akvarel bo'yoqlar, qalamdon, rangli qog'oz, plastilin, yelim, o'chirg'ich, qalamtarosh, qaychi, chizg'ich, bosma qog‘oz, bo‘r, doska kabilar kiradi.
Har bir o‘qituvchi 1-sinfga kelgan har bir o'quvchilarni maktabga kelgan kunlaridan boshlab ,avvalo, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga hamda ozoda saqlashga o‘rgatib, muntazam tekshirib borishlari lozim. Negaki, yozuv qurollari dars jarayonida eng muhim vositalari hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarning har biri yozuv qurollari bilan to‘liq ta'minlangan holda bo‘lishlari kerak. O'quvchilarning yozuv malakasini hosil qilish uchun yozuv qurollaridan dastlab ruchkalardan foydalanamiz. Boshlang'ich sinflarda yangi dast talabi bo'yicha o'quvchilarga ikki xil avtoruchkalarda yozish talab etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan avtoruchkaning yo'g'onligi ularning barmoqlari orasiga mos bo'lib, haddan tashqari yo'g'on yoki ingichka bo'lmasligi kerak. O‘quvchilar yozadigan avtoruchka uchun faqat binafsha yoki to'q havo rangdagi sayohat tavsiya tiladi. Shuningdek, o‘quvchilar sharikli avtoruchkalardan foydalanishlari mumkin. Sharikli ruchkalar yozish uchun qulay, ingichka, yangiliklar va barmoqlar orasida tutishga mos. Ular ruchkani barmoqlari orasiga tutganidan, ruchka uchi bilan barmog'ini oralig'i 1,5-2 sm teng bo‘lishlari shart. Negaki, o'quvchilar barmoqlarini ruchka ichidan uzoq ushlasalar, yozuvning sifatini buzilishida olib keladi. Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to'ldirilgan sterjenning bo‘lishi undagi uzoq vaqt foydalanish imkonini yaratadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilariga ikki turdagi avtoruchkalardan foydalanish qoidalarini o'rgatishi zarur. Bundan tashqari har bir o'quvchi uchun asosiy yozuv quroli bo‘lgan daftarlar ham muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ilk maktabga kelganlarida bo'yi 5mm,eni 5 mm bo‘lgan matematika daftaridan foydalanish eng muvofiq ish hisoblanadi. Chunki, ular yozuvning ilk amallari: nuqtalar, vertikal chiziqlar chizish kabilarni o‘rganishilari lozim.Shuningdek,o‘quvchilarning yozuv malakasini hosil qilishda ona tili daftarlarning o'rni katta. Bunday daftarlarning turi ko‘p hamda ularning chiziqlari hajmi esa o'quvchilarining sinfiga qarab ajratiladi. Masalan: 2-sinf o‘quvchilari uchun ikki chiziqli katta yo'l daftar tavsiya etiladi. Daftarlar ,asosan, sifatli qog‘ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko'rinib turadigan bo‘lishi kerak. 1-sinf o'quvchilarining husnixat darslarida davlat tomonidan chiqarilgan maxsus husnixat daftarlari va yozuv daftarlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, bu daftarlar bolalarga yo‘llanma berishda hamda harflarni namuna sifatida ko'rsatishda qulay vosita hisoblanadi. 1-sinf o'quvchilari 12 varaqli yozuv daftari, ya'ni ikki chiziqli kichik yo'l daftaridan foydalanishlari kerak va ularni qay tarzda foydalanishni o‘qituvchi o‘quvchilarga tushuntirib, muntazam tekshirib borishlari lozim. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilariga bosma qog'ozdan foydalanishni ham o'rgatishlari lozim. Bosma qog‘ozdan o'quvchilar daftarining ikkinchi betiga o'tayotganida va harflarning shaklini endigina o‘rganayotganida foydalanadi. Boshlang'ich sinflarda o‘qituvchi o'quvchilariga asosiy yozuv qurollarimizdan bo‘lgan doskadan hamda bo‘rdan foydalanish borasida ham tushuntirishlar olib borishi lozim. Doskalarning turlari ko‘p,jumladan: orgalit doskalar, magnitli doskalar, harakatlanuvchi doskalar, elektron doskalar va hokazo. Maktab uchun chiqarilgan sinf doskasi qora va to'q yashil rangda bo‘lishi kerak. Shuningdek, sinf doskasining yuzi tekis bo'lib, juda silliq ham bo‘lmasligi lozim, chunki bo‘r toyib ketib yozuvning sifatini buzilishi mumkin. Sinf doskasi qoida bo'yicha eniga 1,200 mm, uzunligi 3000 mm bo‘lishi lozim. 1-sinf o'quvchilari uchun doska poldan 85 sm yuqoriga o'rnatilgan bo‘lishi kerak. Doska balandroqqa o'rnatsa yanada yaxshi bo'ladi, chunki yozuvlari o'quvchilarga yanada yaqqol ko'rinadi. Lekin bunda o‘quvchilarning bo'ylarining pastligini hisobga olgan holda doskaning tagiga balandligi 16 sm, eni 1 m va uzunligi sinf doskasi uzunligiga teng taxta qo'yilishi maqsadga muvofiqdir. O'quvchilar doskada yozishda juda qiynalmasliklari uchun doskani ularga moslashtirib berilishi kerak. Hozirgi kunda maktablarda uch tabaqali doskalardan keng foydalanmoqdamiz. Bunday sharoitdan foydalangan holda o'zimiz o'quvchilar uchun mo'ljallab, biriga matematika kataklarini, ikkinchisini husnixat kichik yo'l chizig'ini chizib olishimiz juda qulay. Shuningdek, biz o'quvchilarimizga bo'rdan foydalanishni o'rgatar ekanmiz,avvalo, ularni to'g'ri tanlashimiz lozim. Bo‘rning qalinligi 15×15 mm li kvadrat shaklida bo'lib,uzunligi 50 mm dan oshmasligi yoki 30 mm dan kam bo'lmasligi kerak. Har qanday o'quvchi o‘quv qurollaridan rangli qalamlarni yoqtirsalar kerak, negaki ular qalam bilan bog'chaga borgan paytlarda tanishib bo'lishadilar.Boshlang'ich 1-sinf o'qituvchilari uchun yog'och rangli va qora qalamlar tavsiya etiladi. Qalamlarda qanday bo'yashni va qay holatda foydalanishni o'quvchilarga tanishtirish har bir o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. O‘quvchilar qalamlarining uchi sinib qolganida qalamtaroshdan chiqarib, toza ozoda tutishlari hamda qalamdonlariga saqlashlari haqidagi ilk vazifalarini bilishlari juda muhim sanaladi. Hurmatli o'quvchilar yozuv qurollaridan to'g'ri va ozoda foydalaning!
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish