Ilmiy pedagogik ish



Download 31,55 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2022
Hajmi31,55 Kb.
#433281
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avliyoqulov Azizbek. KIDT. Ilmiy pedagogik ish


O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti


REFERAT

Bajardi: Avliyoqulov Azizbek


Ilmiy pedagogik ish


Reja

  1. Ta’lim standarti haqida umumiy tushuncha


  2. Yo’nalishlar va mutaxassislik malaka talablari
  3. O’quv reja


  4. Fan dasturi
  5. Ishchi fan dasturi


  6. Ishchi o’quv reja

Ta’lim standarti haqida umumiy tushuncha


Davlat standarti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek YUNESKO (UNESCO) tomonidan joriy qilingan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) va “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari”ga (TXSK-S 2013) muvofiq ishlab chiqilgan.
Davlat ta’lim standartlari oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunuv va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi):
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
o‘quv yuklamasining hajmini;
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda mexanizmini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni joriy etishning ilmiy-nazariy asosi bo’lgan “Ta’lim to’g’risida” gi qonunning 7-moddasida “Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir” deb belgilab qo’yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan ta’lim muassalari uchun Davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi Qaroriga binoan amaliyotga joriy e’tildi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Ta’limning Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi prinsiplar asos qilib olingan:

  • davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojlariga mosligi;

  • o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;

  • davlat ta’limning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;

  • davlat ta’lim mazmunining insonparvarligi;

  • ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

  • ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish;

  • o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan “Ta’lim to’g’risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

Davlat ta'lim standarti – 1) bu davlatning ta’lim darajasiga qo’ygan meyori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo’lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; 2) ta’limning zarur, yetarli darajasi va o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir.
Ta’limni standartlashtirishning obektlari quyidagilar:

    • talablar, meyorlar, qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vostalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar, kategoriyalar;

-ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qo’yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va ilmiy-pedagog xodimlar sifatini baholash

    • ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o’quv yuklamasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;

Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori 8 ta bilim sohasidan iborat. Bular ta’lim, gumanitar fanlar va san’at, ijtimoiy fanlar, biznes va huquq, fan, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlar, qishloq xo’jaligi, sog'liqni saqlash, xizmatlar. Oliy ta'lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori O'zbekiston Respublikasida
texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo’yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va vazirlar mahkamasining “Uzluksiz ta‟lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida” gi 1998 yil 5 yanvar 5- son qarori asosida tayyorlangan.
Davlat ta'lim standartlari ta'lim tizimining eng zarur va yetarli darajasi hamda o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi.
Ta’lim mazmunining zaruriy o’zagi hisoblanmish ta'lim standarti vositasida mamlakat xududidagi turli o’quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta‟minlash sharti
amalga oshiriladi. O’quv yuklamalari meyoriga keltiriladi, ta’lim oluvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Ta’lim oluvchi davlat belgilagan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya’ni kengroq, chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali to’plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki ta‟lim oluvchi xush ko’rmaydigan predmetni o'rganishda unga standartda belgilangan meyor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda ta’lim oluvchi o’zining qiziqishi, xohishi, qobiliyatini va intilishlarini ro’yobga chiqarishga, o'zi uchun eng maqbul yo’lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Download 31,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish