Ilmiy pedagogik ish



Download 31,55 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2022
Hajmi31,55 Kb.
#433281
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avliyoqulov Azizbek. KIDT. Ilmiy pedagogik ish

Fan dasturi


Fan dasturi me'yoriy hujjat sifatida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim faoliyatining asosi bo‘lib hisoblanadi. Unda o‘quv fanlari bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan asosiy bilim va zaruriy ko‘nikmalar nazarda tutiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzishda metodik ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalarning mavjud emasligi xozirgi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. “Fan dasturi nima”, “Fan dasturining qanday turlari mavjud”, ”Fan dasturining tuzilishi va mazmuni qanday bo‘lishi kerak”, “Fan dasturi kim tomonidan ishlab chiqiladi”, “Fan dasturi kim tomonidan tasdiqlanadi”, “Namunaviy o‘quv dasturi” va “Ishchi o‘quv dasturi”ning farqi nimalardan iborat degan o‘rinli savollar tug‘iladi.
Fan dasturi ikki turga bo‘linadi:

  • Namunaviy o‘quv dasturi

  • Ishchi o‘quv dasturi.

Namunaviy o‘quv dasturi - o‘quv rejadagi aniq fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch OTMlarining tegishli kafedralari tomonidan ishlab chiqiladigan, o‘quv materiallarni o‘zlashtirishga va o‘qitish mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, OTMlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etiladigan meyoriy hujjat hisoblanadi.
Namunaviy o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tayanch etib belgilangan oliy ta’lim muassasalari kafedralarida tegishli fan sohasidagi yetuk olimlar, mutaxassislar va tajribali professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan ijodiy guruh tomonidan tuziladi.
Namunaviy o‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Kirish

  • Asosiy qism

  • Amaliy mashg‘ulot mavzulari

  • Seminar mavzulari

  • Mustaqil ta’lim mavzulari

  • Tavsiya etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati.

Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ma’lum fanlardan chizma- hisob, kurs ishlari, loyihalari va ularning mavzu va yo‘nalishlari ham keltirilishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi tasdiqlangan o‘quv rejalariga kiritilgan muayyan fan uchun ajratilgan eng ko‘p vaqt budjetiga moslab, har 20-soatlik material uchun taxminan bir bet hajmda tuziladi.
Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘ngi yutuqlari, oliy ta’lim rivojlanishining jahon tendensiyasini hisobga olish Respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash, ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi va oliy ta’limda uzluksiz o‘qitiladigan fanlarda mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, oddiydan murakkablikka, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga amal qilishi shart. Dasturda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim izlash va uni o‘zlashtirish, o‘qitish jarayonini interaktiv pedagogika asosida tashkil etishga mavzularning bir xil talqinida takrorlanmasligiga e’tibor berilishi zarur.
Namunaviy o‘quv dasturi tayanch oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi, fakultet yoki OTM uslubiy (ilmiy) kengashida muhokama qilinadi.
Namunaviy o‘quv dasturiga kamida 2 ta tashqi taqriz olinadi
Ijtimoiy, gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv dasturlari maxsus metodologik komissiyasiga muhokama qilish uchun topshiriladi.
Barcha fanlar bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurtlari aro ilmiy- uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash ekspertizadan o‘tishi shart va uning tavsiyasi bilan vazirlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va amalga kiritiladi.
Namunaviy o‘quv dasturlari vazirlikning tegishli boshqarmasi tomonidan tasdiqga tavsiya etiladi va ro‘yxatga olinadi. Bu haqda o‘quv dasturning bosh varog‘iga belgi qo‘yiladi.
Namunaviy o‘quv dasturning etalon nusxasi vazirlikda saqlanadi. O‘quv dasturi tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan kundan boshlab amalga kiritiladi. Namunaviy o‘quv dastur davlat ta’lim standartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o‘zga xollarda 5 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va ushbu tartibga asosan qayta ekspertiza va tasdiqdan o‘tishi zarur.
Namunaviy o‘quv dasturlarini ko‘paytirish va tarqatish huquqi tayanch oliy ta’lim muassasalari va OO‘MTV huzuridagi rivojlantirish markaziga beriladi. Nashr etish yoki ko‘paytirish bilan bog‘liq xarajatlarni inobatga olib dasturga narx belgilanishi mumkin.
Ishchi o‘quv dasturi - OTMning aniq bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv rejadagi aniq bir fan bo‘yicha o‘quv dasturiga asosan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan, fanning mazmuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o‘qitish ketma-ketligiga rioya qilingan holda fanga ajratilgan soatlar aniq ko‘rsatilgan meyoriy hujjat hisoblanadi.
Ishchi o‘quv dasturi tegishli ta’lim standartlarini konkretlashtiradi, o‘quv jarayonini uslubiy, informatsion va texnik jihatdan ta’minlanishini nazarda tutadi. OTMlarda talabalarni tayyorlash va o‘qitish xususiyatlarini aks ettiradi. Ishchi o‘quv dasturi oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturini asosiy qismi sifatida talabalar tomonidan maxalliy shart sharoitlarni xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat ta'lim standartiga asosan majburiy minimum talablarni olinishini kafolatlaydi. O‘quv dasturi asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturida aniq mavzular, ularga ajratilgan soatlar, mavzular bo‘yicha qo‘llaniluvchi didaktik va texnik vositalar,
mavzular va bo‘limlar bo‘yicha bilimni nazorat qilish turlari hamda tegishli uslubiy tavsiyalar aniq ko‘rsatiladi shuning uchun uning hajmi cheklanmaydi.

Download 31,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish