85
shi,
voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va ular bilan ishlashda
profilaktik mexanizmlarini yaratish za ruratining oshganligida namoyon bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda aynan mana shu muammolar o‘z yechimini kutayotgan masa-
lalar sirasiga kiradi hamda quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
– mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan buyuk ma’naviyatimizni
tiklash, sog‘lom turmush tarzini barcha fuqarolarga, eng avvalo, yoshlarga singdirish
davlatimiz siyosatida ustuvor yo‘nalish
qilib belgilanishi;
– tarbiyalanayotgan yoshlarda yuksak ma’naviy madaniyat, axloq va ma’rifat
fazilatlarini shakllantirish va singdirish muammolarining yechimini davr taqozo etishi;
– huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb
masalalari bo‘yicha chuqur ilmiy-tadqiqotlarga zarurat tug‘ilishi;
– voyaga yetmagan o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning ol-
dini olish masalalariga e’tibor qaratish dolzarblik kasb etishi, shu sababli, pedagogik
profilaktika va pedagogik korreksiya metodlariga murojaat etish tendensiyasining in-
tensivlashuvi;
– voyaga yetmagan, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining shaxs va sub-
yekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, ja-
miyat tomonidan belgilangan odob-axloq, xulq me’yorlariga mosligini, ular ning kela-
jakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratishga
bo‘lgan zaruratning paydo bo‘lishi va h.k.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib
ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlash-
gan holda kamolotga yetishishlari lozim. oilaning har bir a’zosi g‘amxo‘rlik, baxt,
mehr-muhabbat tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, teng-
lik va birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. ta’lim jarayoni subyektlari bo‘lmish bolalar
uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta’minlanishi, hurmat qilinishi zarur.
Bu borada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish borasida keng
ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini ta’kidlash joiz. Ushbu islohotlarning ko‘zlan-
gan maqsadlarga olib borishida yoshlar o‘rtasidagi nazoratsizlik, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikka barham berishning ahamiyati beqiyos. o‘zbekiston Respublikasining
“voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to‘g‘risida”gi Qonuni
1
2010-yil 29-sentyabrda aynan shu maqsadda qabul qilingan.
Bu borada mazkur Qonun ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilgan vakolatli organlar va
ularning bu boradagi faoliyati samaradorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta’kid-
lash lozim. Qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar-
ning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar hamda ularning
bu boradagi o‘rni va vakolatlari belgilangan.
Shuningdek, tarbiyasi qiyin bolalar bilan profilaktik ishlarni olib borishga yo‘nal-
tirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan
ishlarning darajasini yanada yuksaltirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish
tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, bunda
1
o‘zbekiston Respublikasining “voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzar-
liklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. o‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-
y., 39-son, 341-modda.