Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
loyihani yaratish quyidagi bosqichlardan iborat:
1.“loyiha” muammosi mavzusini aniqlash.
2.“loyiha” yaratish uchun dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish.
3. “loyiha”ni yaratish.
4. Qismlarini ta’riflash, tavsiflash.
5. “loyiha”ni amalga oshirish jarayonini takomillashtirish.
7. “loyiha”ni himoya qilish.
8. “loyiha”ni sinab ko‘rish.
loyihani yaratishda o‘qituvchi faoliyati quyidagilardan iborat:
– o‘qituvchi o‘quvchilarga “Milliy  naqshlarni quroqda tasvirlash”ni topshiriq (“mu-
ammo”) qilib beradi;  
–  quroq  qiyqimlarini  ulash  usullari  haqidagi  tarqatma  materialni  tarqatadi  va 
uyga vazifa tariqasida shu usullardan biridan foydalanib “muammo”ning yechimlarini 
topishni so‘raydi;
– topshiriqlarni bajarish jarayonini kuzatadi;
– o‘quvchilarga  to‘g‘ri  mo‘ljal olishlarida ko‘mak (konsultatsiya) berishi, masa-
lan, o‘quvchilar qaysi usulga o‘zgartirish kiritish mumkinligini aniqlashga qiynalsa-
lar, “kvadrat ichida kvadrat” usuliga o‘zgartirish kiritish orqali “muammo”ni hal qilish 
mumkinligi haqidagi ko‘rsatmalarni beradi (o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikla-
gi faoliyati);
– o‘zgartirishni gazlama qiyqimlarining rangi orqali kiritish mumkinligi haqidagi 
ko‘rsatmalarni beradi (o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorliklagi faoliyati);
– o‘quvchilarning  ishtiyoqlarini yanada rivojlantirish uchun ularni qiziqtirish, rag‘-
bat lantirish  yo‘li  bilan  yaratilgan  “loyiha”ning    chizmasi  asosida  quroq  buyumni  ti-
kib ko‘rish orqali (nazariya va amaliyot birligi) yaratilgan “loyiha”ni sinab ko‘rishlarini 
maslahat beradi.
loyiha jarayonida  o‘quvchilar  quyidagilarni bajaradilar:
– diqqat bilan tinglab,  kerakli, muhim joylarni qayd qilib oladilar;
– berilgan tarqatmali materiallar asosida qiyqimlarni ulash usullarini puxta o‘z-
lashtirib, ulardan birining asosida yangi  usul –  (“loyiha”) yaratishni kelishib oladilar 
(o‘quvchilarning bir-birlari bilan birgalikdagi faoliyati);
–  “loyiha”ni  yaratishda  kerak  bo‘ladigan  dastlabki  ma’lumotlar,    ya’ni  quroq 
 uchun gazlama qiyqimlarini tanlash va ularni biriktirish usullari bilan tanishadilar;
– agar o‘zgartirish kiritishni nimadan boshlashni bilmasalar, tarqatilgan manba-
lardan, tavsiya etilgan adabiyotlardan, internet sahifalaridan  yoki o‘qituvchidan yor-
dam oladilar;  
–  qismlarga  qanaqa  o‘zgartirish  kiritish  mumkinligini  muhokama  qilib,  ushbu 
bosqichni yoki uning qismlarini mustaqil ravishda uddalay olmasalar yana o‘qituvchi-
dan ko‘mak so‘raydilar;
–  o‘z tasavvurlarini va fantaziyalarini ishga solgan holda, gazlama qiyqimlari-
ning ranglari yordamida qanday qilib “kvadrat ichida kvadrat” usuliga o‘zgartirish kirit-
sa, natijada quroqda milliy naqsh tasvirlari hosil bo‘lishi mumkinligini o‘ylab topadilar, 
ya’ni ijod qiladilar.  Aynan mana shu bosqichda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari 
namoyon  bo‘ladi. Agarda  ularda  bu  qobiliyat  mavjud  bo‘lmasa,  “loyiha”ni  yaratish 
davomida mazkur qobiliyat shakllanadi, agar mavjud bo‘lsa u holda rivojlanadi;


83
– “Muammo”ning yechimi topib bo‘lishgach, ya’ni “loyiha”ni yaratib bo‘lganlari-
dan keyin, navbatdagi darslar  (o‘quv rejasidagi 51-56-mashg‘ulotlardan biri)da  “lo-
yiha”ni muhokamaga qo‘yadilar va himoya qiladilar;
– o‘zlari yaratgan yangi usulni tikib ko‘rib, uning yutuq va kamchiliklarini aniq-
laydilar.
yaratilgan yangi “loyiha”ning  chizmasi gazlama qiyqimlarining ranglarini adash-
masdan, to‘g‘ri joylashtirishda ko‘rgazmali qurol bo‘lib xizmat qiladi. 
“Kvadrat ichida kvadrat” usuli yordamida milliy naqsh tasvirini hosil qilish mum-
kin. Bu naqsh tasviri asosan, o‘zbek milliy gilamchilik va kashtachilik san’atidagi ho-
shiya naqshlar turkumiga kiradi. “loyiha”ni himoya qilish paytida o‘qituvchi o‘quv-
chilarga bu naqshlarning qayerda uchrashini so‘rab, savol berishi mumkin.  Mabo-
do ular bu savolga javob bera olmasalar, o‘qituvchi ularning ma’ruzasini to‘ldirishi, 
qo‘shimchalar  kiritishi  mumkin. Asosiysi,  qo‘yilgan  “muammo”ning  yechimi  topildi, 
ya’ni quroq texnikasida milliy an’analarimiz aks etgan naqsh tasvirini hosil qilish “lo-
yiha”si yaratildi. 
texnologiya darslarida loyihalash metodini qo‘llash orqali o‘quvchilarda:
– atroflicha, keng va chuqur fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, asoslash va 
himoya qilish;
–  voqea-hodisalarni,  narsa-buyumlarning  xususiyatlarini  anglash  va  tasavvur 
eta olish;
– bilimlarning uzluksizligini ta’minlash;
– nazariy materiallarni amalda qo‘llay olish, harakatli amaliy faoliyatga kirishib 
keta olish;
– guruhlarda va jamoa ichida ishlay olish, o‘zaro hurmat;
– mustaqil va ijodiy ishlash kabi ko‘nikmalarni hosil qilish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirish va rivojlantirishda dizayn, ya’ni texnik estetika yoki badiiy konstruktorlik 
elementlaridan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Chunki did bilan, chiroyli va 
bejirim qilib ishlangan buyum o‘quvchini zavqlantiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mus-
tahkamlaydi. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish