“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
texnologiya darslarida ishlab chiqarishning turli sohalari mazmuniga taalluqli
dastlabki ma’lumotlarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va
texnologiyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, kasbiy faoliyatda qo‘llaniladigan asbob-usku-
nalar, jihozlar va moslamalardan foydalanishni, turli xil buyumlarni tayyorlash texno-
logiyalarini xalq hunarmandchiligi sohalari kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy
ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish, milliy qadriyatlar, xalq
hunarmandlarining boy merosini o‘rgatish va ulardan o‘quvchilarning o‘z amaliy fa-
oliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalar ham o‘rgatiladi.
5-7-sinflarda o‘qitiladigan xalq hunarmandchiligi turlaridan biri bo‘lgan quroqchilik
sohasi shular jumlasidandir.
Quroqchilik – milliy hunarmandchilikning noyob turi hisoblanib, matoning mayda
bo‘laklarini ulab, undan har xil hajmdagi katta-kichik buyumlar va kiyimlar tikishdir.
Bunda turli rang va shakldagi mato parchalaridan bezakli buyum hosil qilinadi. Qa-
dimdan momolarimiz uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan matolarning parchalari va qiyqimla-
rini bir-biriga ulab, yostiq, ko‘rpacha, dasturxon, ko‘rpa, chimildiq hamda turli kiyim-
lar: nimcha, do‘ppi kabilar tikib kelishgan.
Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini, kelajagini uning tarixi, o‘ziga xos
urf-odat va an’analari, milliy va hayotiy qadriyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mam-
lakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, yosh avlodga xalqimizning o‘tmishi, tarixi-
dan darak beradigan azaliy qadriyatlari, urf-odatlarini qayta tiklash va ularni zamona-
viy hayotga uyg‘unlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi.
Ma’lumki, o‘zbek amaliy san’ati ko‘p asrlik tarixga ega. Amaliy san’at durdonala-
ridan hisoblangan quroqchilikning qadimdan rivojlanib kelayotgan o‘z an’analari va
uslubi bor.
Quroqchilik san’ati tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning ildizlarini Sharqda
topish mumkin. Masalan, Misrda, ya’ni Qohira shahrining chekka qishloqlarida bu
usul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan edi. Quroq tikish texnikasi bilan yer
yuzining barcha burchaklarida ham shug‘ullanib kelishgan. Keyinchalik o‘rta ta’min-
langan oilalarda uylar bezatilib va ro‘zg‘orda mahsulotlar tayyorlanib, asta-sekin
dunyo bo‘ylab hamma xalqlar orasida tarqab ketgan va amaliy san’atga aylangan.
o‘rta osiyoda ham bu san’at keng rivojlangan bo‘lib, bu haqida hech bir kitoblarda
yozilmagan, lekin xalq orasida keng tarqalgan.
Mazkur soha mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash bilan
bir qatorda ularda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini
ham hal etish mumkin va bu jarayonda, albatta, interfaol metodlardan foydalanish
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi qaysi an’anaviy va yangi me-
todlardan foydalansa, darsga qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlari yuqori
bo‘lishini oldindan bilishi zarur. Demak, darslarni samarali tashkil etishda duch kel-
gan metodni emas, balki mashg‘ulot mavzusiga va xarakteriga, o‘quvchilarning aqliy
va ijodiy imkoniyatlariga mos keladiganini tanlash muhim ahamiyatga ega.
yuqorida tilga olingan mavzuni, umuman olganda texnologiya fanining aksariyat
mavzularini o‘qitishda loyihalash metodining samarasi ko‘proq. Chunki loyihalash
metodi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni aqliy, ijodiy, texnologik jihatdan o‘rganib
chiqib, avvaldan mavjud bo‘lgan texnologiyaga yangiliklar kiritish va shu yo‘l bilan
muammoni hal qilishga asoslanadi. loyihalash metodining mazkur jihatlari esa tex-
81
nologiya darslari oldiga qo‘yiladigan maqsadlarga erishishda ayniqsa yaxshi samara
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |