“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-
chilarini ongli va mustaqil ravishda kasb-hunar tanlashga tayyorlash, kelgusi ta’limning
yo‘nalishi hamda kasb-hunar egallashning usullarini aniqlashdan iborat.
Shu jihatdan maktabdagi har bir pedagog kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha qan-
day ishlarni amalga oshirishini bilishi lozim. Chunki kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini
amalga oshirishda nafaqat maktab pedagoglari yoki amaliyotchi psixologi, balki butun
maktab jamoasi mas’ul hisoblanadi.
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish uzluksiz ta’lim tizimining muhim bosqichi
bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tizimida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarga o‘quv va
maxsus fanlar doirasida ishlab chiqarish sohalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, meh-
nat turlari, kasbiy faoliyat borasidagi ma’lumotlar beriladi. Natijada o‘quvchilarda muay-
yan turdagi faoliyat yo‘nalishiga qiziqish va hayotiy ehtiyoj yuzaga keladi.
Mazkur ehtiyojni qoplash va malakali mutaxassislarni tayyorlash ta’limning keyin-
gi bosqichi, kasb-hunar ta’limi tizimida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, umu-
miy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab
chiqish va joriy qilishni talab qilmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining shaxsiy imkoniyatlari, psixologik, in-
tellektual va fiziologik xususiyatlariga tayangan holda ularni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘nal-
tirishda muayyan yondashuvlar asosida ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir. o‘quvchilar
shaxsi xususida umumiy ma’lumotlarni berish imkoniga ega bo‘lgan tavsifnomani yara-
tish ana ashunday yondashuvlardan biri sifatida ko‘zga tashlanadi. tavsifnoma o‘quv-
chilarning yosh psixologik, intellektual va fiziologik imkoniyatlariga tayangan holda ularni
kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltiribgina qolmay, ayni paytda ular tomonidan kelgusida kasbiy
faoliyatning samarali yo‘lga qo‘yilishi uchun zamin hozirlovchi omil sifatida ham amaliy
ahamiyatga egadir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining shaxsiy imkoniyatlarini inobatga ol-
gan holda ular o‘rtasida kasbiy ma’rifatni tashkil etishda samarali shakl, metod va vosi-
talardan foydalanish, mazkur jarayonda texnologik yondashuv asosida ish yuritish mu-
ammoning ijobiy yechimini topishni kafolatlaydi.
Kasbga yo‘naltirishning asosiy nazariy va shu bilan birga natijaviy vazifasi shundan
iboratki, u o‘sib kelayotgan kelajak avlod, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-
chilarda kasb tushunchasini shakllantirib, ulardagi moyillik va qiziqishni yuzaga chiqarib,
imkoniyatlari qay darajadaligi, bajarayotgan ishi yoki tanlagan kasbi bilan uning tayyor-
garlik va tayyorlanganlik darajasi o‘rtasida uzilish hamda noratsional uzviylik davom et-
mayotganini aniqlashdan iborat.
Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat samaradorligini oshirishning ta’sirchan vosita
va usullarini amalga tatbiq etish, mutaxassislarni tizimda olib borilayotgan yangiliklar,
yangi psixologik texnologiyalar bilan tanishtirish, xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat
samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining qarori bilan har oyning ik-
kinchi chorshanba kuni tuman (shahar) XtBlarida “Maktab amaliyotchi psixologlari o‘qu-
vi kuni” deb belgilandi.
Har bir o‘quv reja belgilangan mavzular asosida o‘tkazilib, o‘quv kunlarida amali-
yotchi psixologlar ish rejalarining bajarilishi, ish hujjatlarining yuritilishi, sinf rahbarlari,
fan o‘qituvchilari, ota-onalar, mahalla vakillari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komis-
siyasi bilan hamkorlikda bajargan ishlari muhokama etiladi.
Bulardan tashqari, shaxslararo munosabatlarda yakkalanib qolgan, past o‘zlash-
tiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash, suitsid hollari va uni bartaraf etish choralari hamda
boshqa shu singari masalalar muhokama etiladi.
77
Respublikamizda joriy etilgan psixologik xizmat samaradorligini oshirish uchun
maktablarni mutaxassis amaliyotchi psixologlar, jumladan, “psixologiya” ixtisosligi bo‘yi-
cha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o‘tib, “amaliyot chi
psixolog” malakasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagoglar bilan ta’minlash, ular uchun
ilmiy-uslubiy metodikalar ishlab chiqish, buning uchun xizmat tizimining boshqa bo‘g‘in-
lari faoliyatini maqsadga yo‘naltirish, boshqarish va boshqa shu kabi dolzarb vazifalar-
dan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo‘yicha
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o‘tib, “amaliyotchi psixo-
log” malakasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliyotchi psixologlarning funksional vazifalari:
– bolalarni maktabga qabul qilishda ularning psixologik-pedagogik tayyorgarlik da-
rajasini o‘rganishi;
– ota-onalarga bolalarini maktabga tayyorlashi bo‘yicha tavsiya va maslahatlar be-
rib, o‘quvlar tashkil etishi;
– aqliy rivojlanish davri o‘zaytirilgan bolalar uchun moslashtiruvchi, korreksion-rivoj-
lantiruvchi, yuqori darajada individuallashtirilgan guruhlar tashkil etadi, bu guruhlarda
maxsus dasturlar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi;
– bolalarning psixik taraqqiyoti, shaxs va aqliy rivojlanishini muntazam ravishda ku-
zatish, salbiy burilishlar oldini olish, nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish choralarini ko‘rib,
ular haqida tegishli ma’lumotlar to‘plab, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil etib,
maxsus o‘quv muassasalariga yo‘llanmalar berilishi;
– boshlang‘ich sinflardan o‘rta sinf (5-sinf)larga o‘tish davrida o‘quvchilarning yangi
muhitga moslashuv ishlarini tashkil etilishi.
– har bir bolaga individual yondashuvni va uning psixologik-pedagogik o‘rganili shini
ta’minlanishi;
– o‘quvchilar uchun o‘qish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, hayot yo‘lini tanlash va boshqa
muammolari bo‘yicha individual, guruhiy maslahatlar o‘tkazilishi;
– ta’lim-tarbiya, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga oid psixologik muammolar bo‘yi-
cha maktab ma’muriyati, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarga maslahatlar berilishi;
– bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi
mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni, deviant (xulqi og‘ishgan)likning profilaktikasi (oldini
olish) va uni korreksiyalash ishlarini tashkil etilishi;
– o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari, bilish psixik jarayonlarini ta’lim
olish davomida (1-sinfdan 9-sinfgacha) “Psixologik-pedagogik tashxis daftari”da qayd
etib boradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil etish va amalga
oshirishda psixologik xizmat mazmuni ta’lim-tarbiya jarayonini bolalarning imkoniyat, eh-
tiyoj, qiziqish va qobiliyatlari bilan muvofiqlashtirish asosida, ularning ruhan sog‘lom, har
tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarini ta’minlash maqsadi bilan ifodalanadi.
Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini
diagnostika qilish, ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga
qaratilmasdan, balki bunday buzilishlar oldini olish va yo‘qotishga qaratiladi.
Psixologik xizmat tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan bola tarbiyasida
yordam ko‘rsatuvchi jamoatchilik vakillari hamkorligida tashkil etiladi. Amaliyotchi psixo-
log o‘z faoliyatini pedagogik jamoa, o‘quvchilar va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga
oshiradi.
Psixologik xizmatning vazifalarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
78
Do'stlaringiz bilan baham: |