Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
va ta’lim samaradorligini oshirishga intilishi, kasbiy hamjamiyatlardagi ishtiroki, stipendi-
ya va  grantlar olganligi, fan va texnika sohasida unvonlar berilgani va h.k. 
5. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlik. ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijasida bitiruvchi:
− o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish davrida olgan bilimlarini qo‘llay olish qobiliyati;
− tajriba-sinovni rejalashtirish va o‘tkazish, ma’lumotlarni qayd qilish va talqin qilish 
malakasi;
− fanlararo mavzular bo‘yicha jamoada ishlashga tayyorlik;
−  o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib, sohasida muammolarni shakllantirish va hal 
qilish malakasi;
− kasbiy va axloqiy majburiyatlarni anglash qobiliyati;
− jamoada samarali o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalari;
− sohasini rivojlantirish bo‘yicha muammolar yechimlarining global va ijtimoiy oqi-
batlarini tushunish uchun zarur darajadagi ko’nikma;
− doimiy o‘qish kerakligini tushunish va o‘qish malakasi;
−zamonaviy ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-texnikaviy muammolarni bilish;
− ko‘nikmalar va o‘zlashtirilgan metodlarni o‘z mehnat amaliyotida qo‘llash malaka-
siga ega bo‘lishi lozim.
6.  Moddiy-texnik  baza. Auditoriya,  laboratoriya  va  ularning  jihozlanishi  zamona-
viy  va  dasturiy  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  kerak.  talabalarga  mustaqil  o‘qishi 
va izlanishi uchun yetarli imkoniyatlar taqdim qilinishi zarur. otM moddiy-texnik bazani 
 litsenzion ko‘rsatkichlardan past bo‘lmagan darajada doimiy yangilab, takomillashtirib va 
kengaytirib borishi lozim.
7.  Axborot  ta’minoti  dastur  talablarga  javob  berishi  kerak.  talabalar  va  profes-
sor-o‘qituvchilar o‘qitish uchun zarur materiallar: o‘quv, texnik ma’lumotnoma va umumiy 
adabiyotlar, turli davriy nashrlar va h.k. bilan ta’minlangan kutubxona, axborot resurs-
lari  (lokal  tarmoq,  internet)ga  kirish  imkoni  bo‘lgan  kompyuter  sinflaridan  foydalanish 
imkoniga ega bo‘lishi zarur. otM axborot bazasini doimiy yangilab, takomillashtirib va 
kengaytirib borish lozim.
9. Bitiruvchilar. otMda ishga joylashtirish, mutaxassislar bilim va malakalari sifati 
hamda ularga talabni o‘rganish, ularning kasbiy o‘sishi (karyerasi)ni kuzatib borish, otM 
bitiruvchilarining doimiy o‘qishi va malaka oshirish tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Bu tizim 
yordamida olinadigan ma’lumotlar ta’lim dasturlarini yanada takomillashtirish uchun qo‘l-
lanishi lozim.
ta’lim sifatini ta’minlashning otM ichki o‘zini o‘zi boshqarish tartibida faoliyat ko‘r-
satadigan tizimlarini yaratishning tashqi baholash nuqtayi nazaridan asosiy prinsiplari 
quyidagilardan iborat:
– ta’lim dasturlari faoliyati va mazmunining ta’lim muassasasining asosiy maqsad 
va vazifalariga muvofiqligini muntazam tekshirib borish;
– ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va rivojlanishini rejalashtirish uchun mas’ul 
shaxs yoki tuzilmaning mavjudligi;
– o‘zini o‘zi tekshirish tiplarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng va samarali axborot 
tizimining mavjudligi;
– (boshqaruv xizmatlari, dasturlarning) faoliyatini muntazam o‘zida o‘zi baholash va 
universitetning o‘zini o‘zi tekshirish natijalarini tekshirish uchun ekspert baholash.
Pedagog  kadrlar  tayyorlash  jarayoni  va  sifatni  baholash  mexanizmlari  tashkiliy-
bosh qaruv faoliyat va ta’lim sifati indikatorlarini optimallashtirish hamda prognozlash-
tirish ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida doimiy ravishda ta’lim sifatini oshirish 
mexanizmlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash metodikasi 


73
ta’lim sifati indikatorlari (ilmiy faoliyat, o‘qitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, 
moddiy-texnik ta’minot, AKtni qo‘llash va boshqa ko‘rsatkichlar) ta’lim jarayoni ishtirok-
chilarini pedagogik izlanuvchanlik faoliyati, bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobat-
bardoshligini ta’minlanganligi ko‘rsatkichlarini doimiy tahlil qilib borish, professor-o‘qituv-
chilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar bo‘yicha faoliyatini baholash, o‘zgarish dinamikasini taqqoslashning elektron mo-
dulli tizimi kasbiy faoliyatga aloqador parametr hamda indikatorlarni aniqlashtirish funk-
siyalariga ustuvorlik berish asosida amalga oshirish kerakligi bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda respublikamizda ta’lim sifatini baholashning 
tizimi mavjud bo‘lib, biroq ta’lim sifatini ijtimoiy mustaqil baholash muammosi to‘liq hal qi-
linmagan. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassalarida ta’lim sifatini baholash, monitoring 
ko‘rsatkichlarini  belgilovchi  indikatorlarni  takomillashtirish  va  uni  xalqaro  ilmiy-ta’limiy 
muhitga integratsiyalash uchun yevropa mamlakatlari va AQShda to‘plangan oliy ta’lim 
sifatini ijtimoiy akkreditatsiyalash va baholash tizimlarini yaratish bo‘yicha tajribalaridan 
mamlakatimizda  ta’lim  sifatini  baholash  tizimiga  tegishlicha  moslashtirish  maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish