Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
– ta’lim samaradorligini baholash mezonlari va prinsiplarini ishlab chiqish hisobiga 
oliy ta’lim rivojini ta’minlash;
– ta’lim muassasalari rivojlanishini rag‘batlantirish va muntazam o‘z-o‘zini tekshirish 
hamda rejalashtirish asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirib borish;
–  jamiyatga  ta’lim  muassasasi  yoki  muayyan  ta’lim  dasturi  to‘g‘ri  shakllantirilgan 
maqsad va ularga erishish shartlariga ega ekanini kafolatlash;
– otMlari rivojlanishi hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash.
ixtisoslashtirilgan akkreditatsiya vaqtida diqqat markazida, odatda, ta’lim jarayoni-
ning faqat mazmun tomoni:  fundamental bilimlar, maxsus bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, 
loyihalashtirish ko‘nikmalari, kompyuterlardan foydalanish turadi. ta’kidlash kerakki, ins-
titutsional akkreditatsiyada ta’lim muassasasi faoliyatining ayrim kamchiliklarini boshqa 
afzalliklar hisobiga kompensatsiyalash mumkin bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan akkreditatsiya 
“uning kuchsiz bo‘g‘ini qanchalik kuchli bo‘lsa, ta’lim dasturi ham shunchalik kuchli” de-
gan prinsipga amal qiladi. Dastur, uning hamma blok mezonlariga mos kelgan holdagina 
akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. 
ixtisoslashtirilgan akkreditatsiyaning asosiy vazifalari abiturientlarga ta’lim muassa-
sasini tanlashda yordam ko‘rsatishdan iborat. 
yevropada bugungi kunda ta’lim muassasalarining faoliyatini institutsional baholash-
ning AQShdagi  akkreditatsiya  tizimiga  o‘xshash  yagona  tizimi  mavjud  emas.  Har  bir 
mamlakatda oliy ta’lim sifatini ta’minlash va baholashga o‘zgacha yondashuv mavjud. 
Biroq umumiy hisoblangan tendensiya – oliy ta’lim sifatini tashqi baholash yevropada 
tobora ommalashib borayotganini ta’kidlash o‘rinli. 
Xorijda oliy ta’lim sifatini ta’minlash va baholash metodlari tahlili turli mamlakatlarda 
turlicha yondashuv va an’analar mavjudligidan dalolat beradi. Biroq turlicha yondashuv-
lar va baholash tizimlarida maqsadlar, mezonlar, resurslar, jarayonlar va natijalarga u 
yoki bu darajada e’tibor qaratiladi. tafovutlar nimaga ko‘proq va qay darajada e’tibor 
qaratilishi bilan bog‘liq. Amerikacha tizim doirasida baholashning asosiy usullari otM-
larning professional ekspertlar tomonidan baholanishi, ixtisoslashtirilgan akkreditatsiya 
orqali baholash va o‘zini o‘zi baholashdan iborat bo‘lsa, yevropa mamlakatlarida ko‘proq 
davlat agentliklari tomonidan baholash va akkreditatsiya ko‘proq qo‘llanadi. 
ta’lim  sifatini  mustaqil  baholash  bo‘yicha  Rossiya  ishtirokidagi  xalqaro  loyihalar 
ham  mavjud.  iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotining  (AHElo-Assessment  of 
Higher Education learning outcomes) loyihasi ta’lim sohasidagi ustuvor va innovatsi-
on loyihalaridan biri  sanaladi. loyihaning pirovard maqsadi – oliy ta’lim tizimida o‘qi-
tish natijalarini baholashga kompleks, obyektiv va ilmiy asoslangan yondashuvni ish-
lab chiqish, otM, fakultet, ta’lim dasturlari darajasida ta’lim natijalari to‘g‘risida xalqaro 
qiyoslash imkoni bo‘lgan axborotlarni olish. loyiha doirasida turli filologik, madaniy va 
institutsional kontekstlarda ta’lim olayotgan talabalarning bilimlari, shuningdek, amaliy 
ko‘nikmalari darajasini xalqaro o‘lchashning prinsipial imkoniyatlarini baholash; umumiy 
bilim  va  kompetensiyalar  fanlar  bo‘yicha  bilim  va  kompetensiyalarni  baholash  uchun 
tegishli o‘lchash instrumentlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.   
Hozirgi kunda  AHElo loyihasi doirasida talabalarning tanqidiy fikrlash, axborotni 
tahlil qilish, qarorlar qabul qilish va fikrini yozma ifoda qilish kabi umumiy ko‘nikmalarini 
baholash  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib  borilmoqda.  Shuningdek,  ta’lim  konteksti  –  talaba-
ning shaxsiy ma’lumotlari, uning boshlang‘ich bilim va malakalari, o‘qituvchilar tarkibi va 
o‘quv dasturi inobatga olinadi.  
oliy ta’lim tizimida standartlar va samaradorlik ko‘rsatkichlariga yo‘naltirilgan sifatni 
tashqi baholash ko‘proq rivojlangan. Bu tizimning asosiy elementlari standartlashtirish 


71
va litsenziyalash, attestatsiya va akkreditatsiya, shuningdek, ta’lim muassasalarini umu-
man va alohida mutaxassisliklarni reyting tizimi asosida kompleks baholash kabilar hi-
soblanadi. Bu protseduralarning hammasi ichki tekshirishni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. 
ta’lim sifatini obyektiv baholash asosini davlat ta’lim standartlari, malakaviy talablari va 
ularning bajarilish sifat ko‘rsatkichlari tashkil qiladi. 
yuqorida aks ettirilgan oliy ta’lim sifatini baholashning nodavlat tizimiga qo‘shim-
cha ravishda Rossiya ta’lim va fan vazirligining o‘rta maxsus ta’lim va otM talabala-
ridan  ta’lim  muassasasi  diplomini  olganidan  keyin  bitiruvchilarning  kasbiy  malakasini 
baholash maqsadida ish beruvchilar bilan birgalikda imtihon oladigan sertifikatlash va 
kasbiy malaka markazlari konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat tashabbusi tahlil qilin-
di. Baholash nafaqat imtihon formatida o‘tkaziladi, balki ta’lim davomida olingan amaliy 
ko‘nikmalarni tekshirishni o‘z  ichiga oladi. Baholashning mustaqilligi shu bilan belgila-
nadi. Boshqacha aytganda, ta’lim va fan vazirligi ta’limni rivojlantirishning barcha ta’lim 
muassasalari ko‘p jihatdan yetakchi ish beruvchi tashkilotlarga yo‘nalganligini ta’minlay-
digan maqsadli dasturini amalga oshirish va mustahkamlashni nazarda tutadi.
Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish, takomillashtirish bo‘yicha o‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “o‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-
yil 20-apreldagi “oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 
2909-sonli qarori,  2017-yil 27-iyuldagi “oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifati-
ni oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish cho-
ra-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori, vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyul-
dagi  “o‘zbekiston  Respublikasi  vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  ta’lim  sifatini  nazorat 
qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarori oliy ta’lim 
tizimida ta’lim sifatini oshirish va monitoringini yuritishning hozirgi kundagi asosi hisob-
lanadi. 
ta’lim  sifatini  baholash  va  uning  monitoringini  yuritish  uchun  quyidagi  mezonlar 
asosida ko‘rib chiqiladi: 
1. oliy ta’lim muasasasini akkreditatsiya va attestatsiyaga taqdim qilinadigan har 
bir ta’lim dasturi.
– otM missiyasiga va mazkur dasturning potensial iste’molchilari talablariga muvo-
fiq keladigan aniq shakllantirilgan va hujjatlashtirilgan maqsadlar, shuningdek, maqsad-
larga erishishni baholash va korreksiyalash mexanizmi;
– vazifalari shakllantirilgan dasturiy maqsadlarga mos keladigan ishchi rejalar va 
o‘quv fanlari ishchi dasturlari.
2. o‘quv rejasining bajarilishi va qo‘yilgan vazifalarning hal qilinishini uzluksiz na-
zorat qilish, shuningdek, ta’lim dasturini takomillashtirish uchun aks aloqa mexanizmiga 
ega bo‘lishi lozim.
 ta’lim dasturi ta’lim sohasi DtSga, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari malaka 
talablariga mos kelishi va dastur nomlanishiga muvofiq mutaxassis tayyorlash kengli-
gi va belgilangan mutaxassislik sohasida tayyorgarlikning zarur darajadagi chuqurligini 
ta’minlashi lozim.
3. talabalar. ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalashda talabalarning tayyorgarlik dara-
jasi, o‘qish sifati va kasbiy faoliyatga tayyorligi muhim omil hisoblanadi.
4. Professor-o‘qituvchilar tarkibi ta’lim dasturlarida qamrab olingan barcha bilim so-
halari mutaxassislaridan iborat bo‘lishi kerak. Ularning malaka darajasi quyidagi kom-
ponentlar bilan tasdiqlanishi mumkin: bazaviy ma’lumoti, qo‘shimcha ma’lumoti (malaka 
oshirish, stajirovkalar), ilmiy va pedagogik tajribasi, ta’lim dasturlarini takomillashtirishga 


72

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish