“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Bevosita masofaviy o‘qitishda ta’lim sifatini yaxshilash uchun “Dasturlashtirilgan
ta’lim” metodini qo‘llash haqida to‘xtalib o‘tish lozim.
o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik
texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim
texnologiyalari, ta’limning jamoaviy usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari
kabilar kiradi.
ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo‘lidagi
dastlabki qadam 1960-yillarda yaratilgan dasturlashtirilgan ta’lim bo‘lgan edi. Bunda
o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirishga erishguncha bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar
aniq ketma-ketlikda bayon etilgan, batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi. Bu dastur
ta’lim maqsadida ko‘zda tutilgan darajadagi bilim va ko‘nikmalarni har bir o‘quvchi
o‘zlashtirishini kafolatlashi lozim. o‘zlashtirish jarayonining borishi haqida o‘qituvchi
bilan birga o‘quvchining o‘ziga ham axborot yetib turadi. o‘quvchi mantiqiy bog‘lan-
gan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy
maqsadga yetib bora oladi
2
.
Bixeviorizmda (inglizcha behavior – xatti-harakat, xulq-atvor – inson va hayvon-
lar psixologiyasining yo‘nalishi; so‘zma-so‘z – xulq-atvori) ta’kidlanganidek, faoliyat
bu – faqat tashqaridan kuzatiladigan harakat bilangina tenglashtirish va uni nihoyat-
da soddalashtirib tasavvur etishdir. Murakkab bilish va hissiy jarayonlar (xususan,
ijodiy faoliyat tajribasi)ni kuzatiladigan alohida qismlarga ajratish mumkin emasligi
tufayli u bixevioristik yondashish doirasidan tashqarida qoladi. Bixeviorizmning qo‘l-
lanilishi reproduktiv o‘qitish darajasi (yodlash, takroran aytib, ko‘rsatib berish, namu-
na bo‘yicha harakat qilish va h. k.) bilangina chegaralanadi. lekin bixevioristlarning
o‘qitish sifatini alohida qismlar bo‘yicha nazorat qilish va tuzatishlar kiritib borish za-
rurligi to‘g‘risidagi xulosasi o‘qitish nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanli-
gini ta’kidlash lozim. Bu xulosa dasturlashtirilgan ta’lim uslubining yaratilishiga asos
bo‘ldi.
Dasturlashtirilgan ta’lim metodi 1954-yili bixevioristik olim namoyondalaridan biri
professor B. F. Skinner tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, ko‘pgina davlatlarning mu-
taxassislari ishlarida o‘z aksini topgan. Uning bixevioristik talqindagi o‘qitish qoidalari
quyidagilardan iborat:
– o‘quv materialini iloji boricha alohida qismlarga ajratish;
– o‘quv elementlarini faoliyatda namoyon bo‘lishining barcha ko‘rinishlarini e’ti-
borga olish;
– ijobiy reaksiyani tezkorlik bilan mustahkamlash (nazorat, tuzatish);
– mashq (xatti-harakat)larni ko‘p marta takrorlash natijasi 0,95 dan kam bo‘lma-
gan o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga erishish
3
.
Dasturlashtirilgan o‘qitish ta’limning yangi usullarini, pedagogik ta’sir va o‘zaro
ta’sirni o‘rganish, rivojlantirish va joriy etishning maxsus yo‘nalishi hisoblanadi. Das-
turlashtirilgan ta’lim texnologiyasining markazida Skinner ikkita asosiy talabni qo‘ydi:
Birinchidan, nazoratdan qochish va o‘z-o‘zini boshqarish uchun harakat qilish;
ikkinchidan, pedagogik tizimni o‘quvchilarning o‘zini o‘zi o‘rganishga aylantirish.
2
yo‘ldoshev J. G‘., Usmanov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari: Qo‘llanma. – t.: o‘qituvchi,
2004. 14-15-b.
3
Скиннер б.Ф. Школа в будущем. Глава 8 сборника, 1989. – С. 1.
121
Konsepsiyaning maqsadi – kibernetik yondashuv asosida o‘qitishning boshqaruv
samaradorligini oshirishdir. Dasturlashtirilgan o‘qitishda ko‘rsatmaga asosan tinglov-
chining ma’lum bir dastur bo‘yicha ishlashi talab qilinadi. Natijada uni amalga oshi-
rish jarayonida ushbu ma’lumotni to‘liq o‘rganadi. o‘qituvchining roli tinglovchining
psixologik holatini va uning ta’lim materiallarini asta-sekin egallash samaradorligini
hamda zarurat tug‘ilganda dasturiy faoliyatni tartibga solish uchungina qisqartiriladi.
Shu asosda kompyuter yordamida dasturlashtirilgan darsliklar va uslubiy materiallar
yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan dasturlashtirilgan ta’lim uchun turli xil
sxemalar va algoritmlar ishlab chiqilgan. Bular chiziqli, tarmoqlangan, aralash va
boshqalar.
Dasturlashtirilgan ta’limning didaktik prinsiplari bu:
– muvofiqlik;
– mavjudlik;
– tizimlilik;
– mustaqillik.
Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi, birinchi navbatda, ta’limning umumiy
maqsadi va bosqichlari ketma-ketligini shakllantirishni o‘z ichiga oladi va bu orqali
muvaffaqiyatga erishish mumkin. Har bir bosqichda o‘rta maqsadni tashkil etadigan
ta’lim materiallarining muayyan “qismlari” shakllantiriladi. Bundan tashqari, har bir
bosqich uchun savollar, mashqlar va nazorat qilish vazifalari ishlab chiqilgan bo‘lib,
ular yordamida o‘quvchilar ushbu bosqichning maqsadiga erishish darajasini obyek-
tiv baholashadi.
Boshqarish dasturlarini amalga oshirish uchun maxsus dasturlashtirilgan dars-
liklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv darsliklar ishlab chiqilmoqda. Dasturlashtirilgan
o‘qitish texnologiyasining eng muhim qismi quyidagilarni qat’iy tartibga soluvchi
ta’lim dasturidir:
– o‘quv materialining o‘zi;
– talabaning uni egallashga qaratilgan harakatlari;
– assimilyatsiya qilishni nazorat qilish shakllari.
Moodle dasturida yuqorida ko‘zda tutilgan ta’lim maqsadlarini amalga oshirish
qulaydir. Jumladan, ushbu dasturda ta’lim kurslarini haftalik va mavzular formati
ko‘rinishida yaratish imkoniyati mavjud.
Moodle dasturida kurs yaratilgandan so‘ng uni kursga oid turli xil elementlar bilan
to‘ldirish kerak bo‘ladi. Dasturda kursga dars (leksiya) elementini qo‘shish B.F.Skin-
nerning chiziqli algoritm metodi asosida o‘qitish muhiti yaratib beriladi. Chunki dars
– juda moslashuvchan, foydali va juda qiyin faol element hisoblanadi.
Bu element yordamida dasturlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirish mumkin.
o‘quv materialini qismlarga bo‘lib berish kerak, har bir bo‘lim oxirida savollar berish
va javobning turiga qarab o‘qitilayotgan materialni u yoki bu qismga yuborish mum-
kin.
Dastlab o‘quv materiallari kichik o‘lchamlarga bo‘linadi. Har bir kichik mantiqiy
tugallangan qismni o‘zlashtirganidan so‘ng talaba bir qator oldindan tayyorlangan sa-
vollarga to‘g‘ri javobni tanlab, yoki berilgan belgilarni, harflarni va raqamlarni ishlatib,
javobni o‘z-o‘zidan tuzadi va nazorat qilish masalalariga javob beradi. Agar talaba
to‘g‘ri javob bersa, u boshqa trening kursini taklif qiladi. Noto‘g‘ri javob berish esa har
122
Do'stlaringiz bilan baham: |